Andijon mashinasozlik instituti “Transport va logistika” fakulteti “MMvaTX” yo’nalishi 4-kurs K31-20-guruh talabasi Mahmudjonov Davronning “Muhandislik ekologiyasi” fanidan qayta o’zlashtirish
Energetika - bu energotashuvchilar quvvatidan foydalanib enegoresurslarni ishlab chiqarish, ularni o`zgarish, saqlash va ulardan foydalanish. Energoresurslarga sanoatda, transportda va elektr stansiyalarida hosil qilinayotgan barcha energiya turlari kiradi.
Elektr energiyasi ishlab chiqarish energetikaning salohiyatli qismi bo`lib, hozirgi kunda sanoat, transport, qishloq xo`jaligi va kundalik turmushimizni elektr quvvatisiz tasavvur qilib bo`lmaydi. Sivilizasiya yuqorilab borayotgan, sanoat va transport rivojlanayotgan, Er yuzida demografik o`sish davom etayotgan sharoitda elektr energiyasiga bo`lgan talab benihoya tez sur’atlar bilan oshib borayapti. Masalan, agar aholi soni 40-50 yilda ikki martaga oshayotgan bo`lsa, elektr energiyasini ishlab chiqarish va iste’mol qilishning ikki martaga oshishi uchun 12-15 yil kifoya. Bunday talabning kelajakda yanada oshib borishi shubhasiz. Bu esa o`z navbatida hozirgi zamonda asosiy energiya manbai hisoblangan toshko`mir, mazut, tabiiy gaz kabi organik yoqilg`ilarning sarfini yanada ko`paytirish, ularning zahiralarini kambag`allashtirish bilan birga ulardan muhitga chiqariladigan chiqindilar miqdorini oshiraboradi. Hozirgi paytda elektr quvvati ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan asosiy energotashuvchi organik yoqilg`ilar bo`lib, dunyo bo`yicha olinayotgan elektr energiyasining asosiy qismi (59%) shu yoqilg`ilarni issiqlik elektr stansiyalarida (IES) yondirishdan hosil qilinmoqda. Kamroq elektr quvvati (23%) suv oqimi hisobiga gidroelektrostansiyalarda (GES) va yadro zaryadi (17%) hisobiga atom elektr stansiyalarida (AES) olinmoqda.