Falsafa pedagogga, ilmiy tadqiqotchiga, biologga, muhandisga, umuman har bir insonga nima uchun kerak



Yüklə 65,61 Kb.
tarix04.05.2023
ölçüsü65,61 Kb.
#107256
FALSAFA PEDAGOGGA, ILMIY TADQIQOTCHIGA, BIOLOGGA, MUHANDISGA, UMUMAN HAR BIR INSONGA NIMA UCHUN KERAK 35

FALSAFA PEDAGOGGA, ILMIY TADQIQOTCHIGA, BIOLOGGA, MUHANDISGA, UMUMAN HAR BIR INSONGA NIMA UCHUN KERAK

  • F. Bekon va R. Dekart F.ni "tushunchalar shakliga burkangan yaxlit, yagona fan" deb hisoblashgan. X. Volf F.ni "barcha mumkin narsalar va ularning qay maʼnoda va nega mumkinligi haqidagi fan" desa, Kant F.ga "dunyoni qanday tushunish haqidagi, butun bilishning inson aqlining tub maqsadlariga munosabati haqidagi fan" sifatida yondashishni taklif etadi. Fixte F.ga "qalb maʼrifati, maʼnaviy maʼrifat" deb baho bergan boʻlsa, Shelling voqelikning butun kulami va teranligini oʻz tajribasiga kura bilib olishni F. deb hisoblangan. Gegel predmetlarni fikran qarab chiqishni F. deb atab, unga "oʻzoʻziga ergashuvchi aql xaqidagi fan" sifatida taʼrif bergan. Shopengauer dunyoning butun mohiyatini abstrakt, yalpi umumiy va ravon shakldagi tushunchalarda ifodalash F.ning asosiy vazifasi deb bildi.
  • F.ga haqiqatga eltuvchi taʼlimot sifatida yondashgan sokratchilar maktabi vakillari nuqtai nazaridan kurasak, "haqiqatga muhabbat", "haqiqatni sevish" degan maʼno kelib chiqadi. F. haqida fan tarixida turlicha, hatto birbiriga qaramaqarshi qarashlar mavjud. F.ga hamma fanlarning boshlanishi, olamning asl mohiyatini va universal qonunlarini ochuvchi fan deb yondashishdan tortib uni oʻz tadqiqot obʼyekti va predmetiga ega boʻlmagan mavhum va oʻta umumlashgan, inson uchun foydasiz bilimlar majmui deb hisoblovchilar ham uchraydi. Insoniyat foydalanayotgan barcha bilimlar F.dan boshlanib, falsafiy xulosa bilan yakunlanadi. F.ni fan darajasiga olib chiqqan Platon uni "mavjudlikni, mangulikni va doimiylikni bilish", Aristotel "narsalarning sabablari va asosiy tamoyillarini tadqiq etuvchi fan" deb bilgan, stoiklar uni nazariy va amaliy tafeilotlarga intilish deb, epikurchilar unga "aql vositasida baxtga erishish yoʻli" deb qaragan. Forobiy F.ni "hikmatni qadrlash" yoki fikrlash sanʼati deb bilgan. Oʻrta asrlar xristian F.sida u "tabiiy akl nuri vositasida erishiladigan dunyoviy donolik" (teologiya esa ilohiylik nuri vositasida erishiladigan ilohiy donolik) deb taʼriflangan.
  • Ilk falsafiy taʼlimotlar qad. Hindiston, Xitoy, Markaziy Osiyo va Yunonistonda paydo boʻlgan, keyin Gʻarb mamlakatlariga yoyilgan. Qad. Hindistondagi falsafiy maktablar 2 turga bulinib, biri vedalaraxm kelib chiqqan va ularga suyanuvchi maktablar (vedanta, yoga, vaysheshika, nyaya, sankxya), ikkinchisi vedalarni rad etuvchi maktablar (jaynizm, buddizm, lokoyata) x,isoblanadi. Qad. Xitoydagi dastlabki falsafiy taʼlimotlar miloddan avvalgi 7-asrda vujudga kelgan. U Qad. Xitoy yozma manbalarida uchrab, bu manbalarga "Qoʻshiqlar kitobi", "Bahor va kuz" kabi qad. yodgorliklar va Konfutsiynnng "Aforizm"larini, daosizmni kiritish mumkin.
  • F.ning tarkibiy qismlariga bilish nazariyasi (gnoseologiya), metafizika (ontologiya, kosmologiya, falsafiy antropologiya, mavjudlik F.si, teologiya), mantik, etika, estetika, huquq F.si, naturfalsafa, fan F.si, tarix va madaniyat F.si, siyosat F.si, din F.si, psixologiya va boshqa kiradi. Bulardan tashqari, hozirgi zamon F.sida tibbiyot, tilshunoslik, musika, kibernetika va boshqa anik, fanlarning umummetodologik jihatlarini oʻrganuvchi F. yoʻnalishlari vujudga kelmokda. F.ning dunyoqarashlik, gnoseologik, metodologik, sotsiologik, aksiologik, antropologik, mantiqiy, psixologik va mafkuraviy funksiyasi bor.
  • F. tarixi — inson tafakkuri tarakqiyoti tarixi
    Yüklə 65,61 Kb.

    Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin