Fan va innovatsiyalar vazirligi



Yüklə 425,95 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/5
tarix17.10.2023
ölçüsü425,95 Kb.
#156711
  1   2   3   4   5
M.T. Pedagogik mahorat



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, 
FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI 
FARG‘ONA DAVLAT UNIVERSITETI 
 
BOSHLANG‘ICHTA’LIM VA SPORT 
TARBIYAVIY ISH 
yo‘nalishi 19.94 guruh talabasi 
QURBONALIYEVA NODIRAXONNING 
Pedagogik mahorat fanidan 
Pedagogik muloqotda umuminsoniy 
qadriyatlarning ustivirligi 
mavzusida tayyorlagan 
MUSTAQIL TA’LIMI 
 
Farg‘ona – 2023 


Pedagogik 
muloqotda 
umuminsoniy 
qadriyatlarning ustivirligi. 
 
Reja: 
 
1.Pedagogoik muloqotda umuminsoniy qadriyatlar. 
2.Umuminsoniy qadriyatlar. 
3. Pedagogik muloqotda umuminsoniy qadriyatlarning 
ustivirligi. 


Odamlarning mehr
-
oqibati, bir-birlariga nisbatan o’zaro hurmat e’tiborda 
bo’lishlari muloqot jarayonida namoyon bo’ladi. Xalqimizda azaldan muloqot 
salomlashish madaniyatidan boshlanadi. Salomlashish turli xalqlarda har xil 
amalga oshiriladi. Xalqimizda salomlashish axloqlilikning yuksak namunasi 
sifatida e’tirof etilib, uning negizida umuminsoniy qadriyatlarning ustuvorligi, 
shu millatning ruhiy xususiyatlari, o’zaro munosabatlarining ma’naviy 
asoslari, bo’lajak muloqotning xarakteri, o’zaro hamkorligi aks etadi. 
“Qur’oni karim”da salomlashish odobi musulmon ahlining qat’iy majburiy 
burchi tarzida bayon etiladi: “Ey mo’minlar, o’z uylaringizdan boshqa uylarga 
to izn so’ramaguningizcha va egalariga salom bermaguningizcha kirmangiz. 
Mana shu sizlar uchun yaxshiroqdir. Shoyad ushbu eslatmadan ibrat 
olsangizlar”.
Ajdodlarimiz madaniy va ma’naviy merosi, ular yaratgan so’z, 
xalq tilining tuganmas boyligi yosh avlodni tarbiyalashda muhim ahamiyat 
kasb etadi. Bu o’rinda Abu Nasr Forobiy, Abu Abdulloh al-Xorazmiy, Yusuf 
Xos Hojib, Ahmad Yugnakiy, Xisrav Dehlaviy, Abu Hamid G’azzoliy, Kaykovus, 
Shayx Sa’diy, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur va boshqa Sharq va 
g’arb donishmandlarining boy meroslarida farzandlarni tarbiyalash va 
kamolotga etkazish asosiy muammo sifatida targ’ib qilingan.
Ular so’zni va nutqni ta’lim-tarbiyada ilohiy ne’mat va hikmat deb 
bilishgan hamda har bir so’zning o’z o’rni va ahamiyati borligini, tarbiyada 
so’zdan kuchliroq va qudratliroq narsa yo’qligini, tilga e’tibor – elga e’tibor 
ekanligini, so’z sehri mo’’jizalar yarata olishini ta’kidlab kelganlar. Bularning 
barchasi mudarris va shogirdlarning samimiy muloqoti jarayonida amalga 
oshirilgan. Mudarrislar barkamol va tarbiyalangan insonning o’nta nishonasi 
borligini alohida ta’kidlashgan: 

birinchisi: xalq to’g’ri deb topgan narsaga noto’g’ri deb qaramaslik; 

ikkinchisi: yoshlikdan o’z nafsiga erk bermaslik; 

uchinchisi: birovlardan aslo ayb qidirmaslik; 

to’rtinchisi: yomonlik va omadsizlikni yaxshilikka yo’yish; 



beshinchisi: agar gunohkor uzr so’rasa, uzrini qabul qilish va

kechirimli bo’lish; 

oltinchisi: muhojirlar hojatini chiqarish; 

ettinchisi: doimo el g’amini eyish; 

sakkizinchisi: aybini tan olish; 

to’qqizinchisi: el bilan ochiq chehrali bo’lish; 

o’ninchisi: odamlar bilan doimo shirin muomalada bo’lish. 
Muloqot Sharqona tarbiyada axloq qo’rki sanalgan. Muallim har bir 
o’quvchining qanday dunyoqarashga egaligi, tafakkuri, bilim saviyasi, hayotga 
nisbatan munosabati odamlar bilan o’zaro muloqotida namoyon bo’lishini 
uqtirgan. Sharq mutafakkirlari merosida muloqot – azaldan insonlar o’rtasidagi 
o’zaro aloqa vositasi bo’lgan. Muloqotning asosiy quroli til hisoblangan. Shuning 
uchun ham til – aloqa quroli sifatida ta’riflanadi.
Insonning tili shirin, muomala madaniyatiga ega bo’lsa, qisqa vaqt ichida xalq 
orasida obro’-e’tibor topadi. Ko’p gapirish hech qachon kishiga obro’ keltirmaydi. 
Shuning uchun ham o’tmishda yashab o’tgan mutafakkirlarimiz tilga, aytiladigan 
har bir so’zga hurmat bilan, o’ylab yondashish lozimligini uqtirib o’tganlar. 
O’qituvchi “so’z aytishdan avval, har daqiqada so’z ortidan keladigan oqibatlarni 
o’yla”shi 

Yüklə 425,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin