Faol harakatli kun tartibini to’g’ri tashkil etishda quyidagilarga e’tibor berish kerak. 1. Xar xil faoliyat turlarining ratsional tarzda almashinib turishi va muntazam ravshda aniq cheklangan vaqt davomida amalga oshishi.
2. Ochiq xavoda imkoni boricha kuprok bo’lish sharti bilan etarlicha dam olish.
3. Belgilangan vaqtda muntazam ravishda ovqatlanish.
4. Gigienik jixatdan talabga to’la javob beradigan uyqu.
5. Jismoniy mashqlar va sport bilan kundan kunga kuproq shug’ullana borishi orqali xarakat aktivligini oshirish.
Rejim to’g’ri tashkil qilingan sharoitda organizmning eng yaxshi faoliyat ko’rsatishga qisqa vaqtga xosil bo’ladigan muvaqqat reflekslar xam yordam beradi. Masalan belgilangan vaqtda ovkatlanish ishtaxaning yaxshilanishini, ovqatning narmal xazm bo’lishni taminlaydi. Uyqiga malum bir vaqtda yotib, tez xlashga, binobarin bolalarni va o’smirlarning to’yib uxlashiga, o’qish ishlari va mexnat faoliyatini ma’lum bir vaqtda boshlash organizmning ishga ung’ay kirishish va bilimlarni yaxshi o’zlashtirishga olib keladi. Xar xil talaba o’quvchilarning uzoq vaqt davomida ish qobiliyati va asab tizimi ko’zg’alishini yuqori darajada saqlashda kun davomida mexnat va dam olish vaqtlarining to’g’ri taqsimlanishini ta’minlovchi oqilona tashkil etilgan kun tartibi katta axamiyatga ega ekanligini nazarda tutgan xolda maktab o’quvchilaring xamda o’zlarining kun tartiblarini jadvallarda foydalanib tuzib chikadilar. Buning uchun quyidagilarga e’tibor berishlari kerak.
- Oquv maskani va uydagi o’quv, mashg’ulotlarni.
- Muntazam va to’laqonli ovqatlanishni.
- Ko’proq ochiq xavoda dam olishni.
- Gigienik jixatdan to’laqonli uyquni.
- Oz xoxishiga qarab tanlangan mashg’ulotlarga (badiiy kitob bo’qish,musiqabilanshug’ullanish, rasm solish va boshqalar) xam vaqt ajratishni bilish kerak.O’quvmashg’ulotlari maktab o’quv rejasi asosida tuziladi
Muloqot psixogigienasi.Inson hayotining muhim soxalari mehnat qilish, bilish muomala – muloqot psixogigienasi faoliyati bilan bog’liqdir.Har bir kishi mehnat faoliyatining shakl va uslublarini o’rganish uchun bir necha yillar vaqtini sarflaydi, sir asrorlarini, takomillashtirish yo’l yo’riqlarini izlaydi. Xuddi shunday dunyoni bilish, unda yuz berayotgan voqea va xodisalarning ilmiy nazariy asoslarini o’rganish uchun ham tizimli, rejali vaqt sarflanadi.Biroq insonlararo muomala, muloqot psixogigienasiga maxsus o’rgatiladigan maktablar bizda afsus yo’q.Albatta inson oilada, mehnat faoliyati jarayonida, bilish faoliyati davomida muomala-muloqot psixogigienasi malaka va ko’nikmalarini egallaydi. Lekin muloqot psixogigienasi – muomala murakkab nozik jarayon bo’lganligidan uning ilmiy nazariy asoslarini, muomala, muloqot psixogigienasi san’atini egallash sir asrorlarini o’rganish uchun bular albatta yetarli bo’lmaydi.Muomala – muloqat psixogigienasi insoniyatga in’om etilgan eng oliy ne’matdir. U har bir kasb egasi mehnat faoliyatining ajralmas qismi bo’lib xizmat qiladi.Lekin shunday kasblar borki ular uchun muomala muloqot psixogigienasi kasbiy zaruriyat sifatida namoyyon bo’ladi.Bunday kasb egalari mehnat faoliyatining muhim va asosiy jixatlari mazmun, moxiyati muomala – muloqot psixogigienasi asosiga quriladi, ular o’z faoliyatini muloqot psixogigienasisiz tasavvur ham qila olmaydilar.Ana shunday kasblardan biri o’qituvchilik, tarbiyachilik kasbidir.O’qituvchi uchun muomala – muloqot psixogigienasining ilmiy nazariy asoslarini egallash, shaxslararo hamkorlik munosabatlarini shakllantirish, o’quvchiga ta’sir o’tkaza olishning bilim, malaka va ko’nikmalarini egallash o’ta muhimdir. Pedagoglik kasbida muomala – muloqot psixogigienasi psixogigienasi shaxslararo munosabat vositasi sifatida emas, balki funktsional kategoriya sifatida karalmog’i lozim.Shaxslararo munosabatlarning ilmiy – nazariy asoslari, eng muhim mexanizmlari umumiy psixologiya fanining kategoriyalari orqali o’rganiladi. Muomala – muloqot psixogigienasi kategoriyasi ana shu kategoriyalardan biri bo’lib, u hamkorlik faolitining ichki aloqasini mujassamlashtirib, o’zaro ta’sir va o’zaro munosabatni aks ettirib, ijtimoiy protsessual jabxasini ifodalaydi.Muomala – muloqot psixogigienasi ko’p qirrali jarayon bo’lib, u hamkorlik faoliyatining extiyojlaridan yuzaga keladi.Muomala ijtimoiy psixologik jarayon sifatida bir tomonlama axborot uzatish, ikki tomonlama o’zaro ta’sir etish, o’zaro bir – birini idrok etish orqali amalga oshiriladi. Muomalaning bu asosiy uchta kommunikativ (bir tomonlama axborot uzatish,), iteraktiv (ikki tomonlama o’zaro ta’sir etish), o’zaro bir - birini idrok etish kabi) tarkibiy qismlari yaxlit birlikda hamkorlik faoliyatini tashkil qilishning usuli va unda ishtirok etuvchilarning munosabatlari tariqasida namoyon bo’ladi. Pedagogik muomala bu o’qituvchi bilan o’quvchi tarbiyachi bilan tarbiyalanuvchi orasidagi ta’lim – tarbiya tizimini amalga oshirish, yuzaga chiqarish extiyotlari natijasida tarkib topadigan munosabatlardir.Pedagogik muomala bu o’qituvchi, tarbiyachining ta’lim oluvchilar, tarbiyalanuvchilarga ta’sir utkazish usullarining muayyan tizimi bo’lib, muomalaga kirishuvchilarning o’zaro axborot almashuvi, turlicha kommunikativ vositalar yordamida o’zaro ta’sir va o’zaro munosabatlarni tashkil qilish, ta’lim – tarbiya jarayonining rejalashtirish, tashkil qilish va o’tkazish, shaxsni, o’z – o’zini anglash, hissiy holatlarni boshdan kechirish kabi bir qator funktsiyalarni bajaradi.
Pedagogik muomala ta’lim – tarbiya faoliyatini yakkahol bajarishning omil va vositasi, ta’lim – tarbiya jarayonini taminlash va uning samaradorligini oshirishning ijtimoiy – psixologik tizimi, o’qituvchi va o’quvchi, (talaba) orasidagi o’zaro hamkorlik faoliyatini, samarali munosabatlar tizimini tashkil qilish usuli, o’quvchi , talabaning iqtidori, qobiliyatini aniqlash, qaror toptirish, rivojlantirishga imkon beruvchi jarayon sifatida namoyon bo’ladi.Pedagogik muomala o’zaro axborot almashish, ta’lim – tarbiyaviy ta’sir o’tkazish, hamkorlik faoliyatini yuzaga chiqarish, o’qituvchi va o’quvchi o’rtasida o’zaro tushunishga erishishga yo’naltirilgandir.Pedagogik muloqot psixogigienasi – muomala masalalariga ko’pgina mualliflar diqqat e’tibor qaratganlar.Kandalik V.A. qayd qilishicha pedagogik muloqot psixogigienasini kuyidagi to’rtta tarkibiy qismda amalga oshirish mumkin bo’ladi.
O’quvchilar bilan bo’ladigan muloqot psixogigienasi jarayonini modellashtirish (oldindan rejalashtirish)
Amalga oshirilishi lozim bo’lgan muloqot psixogigienasida dastlabki o’zaro munosabatlarni o’rnatish.
Pedagogik jarayonda yuz berayotgan muloqot psixogigienasini boshqarib borish.
Amalga oshirilgan muloqot psixogigienasini har tomonlama tahlil qilish, xulosalar chiqarish va ular asosida navbatda ko’zda tutilgan muloqot psixogigienasiga zamin xozirlash.
Yuqorida qayd qilingan har bir bosqichda o’qituvchiga ma’lum bilim, malaka va ko’nikmalar zarur bo’ladi.
Modellashtirish bosqichida o’qituvchi auditoriyaning bilim darajasini, hususiyatlarini, auditoriya harakteri, o’quvchilarning qobiliyatlari va o’zlashti-rish darajalari, yuz berishi mumkin bo’lgan qiyinchilik va ularni bartaraf qilish imkoniyatlari inobatga olinishi maqsadga muvofikdir.O’qituvchi tomonidan muloqot psixogigienasi mavzusi mazmun va moxiyat jixatidan atroflicha o’rganilishi, fikran o’quvchilar bilan muloqot psixogigienasi o’rnatib ko’rilishi, o’quvchi misolida maskur mavzuning ular tamonidan o’zlashtirilishining extimolliklari va imkoniyatlarining turli variantlarini qilib ko’rish samarali natija beradi.Muloqot psixogigienasini muvaffaqiyatli amalga oshishida dastlabki munosabatlarni o’rnatish muhimdir . Bu bosqich ko’p hollarda «kommunikativ xujum» bosqichi deb ham yuritiladi. Bunda o’qituvchi auditoriya diqqatini birdaniga jalb eta olish, o’quvchi e’tiborini mavzu moxiyatiga qarata olish dinamik ta’sir o’tkaza olish malakalariga ega bo’lishi maqsadga muvofikdir.Muloqot psixogigienasini boshqarish bosqichida esa o’quvchi bilan o’qituvchi orasida psixologik aloqa o’rnatish lozim bo’ladi.O’zaro ishonch va o’zaro hurmat negizida ko’rilgan shaxslararo munosabatgina hamkorlik munosabtlarini keltirib chiqaradi. O’qituvchi o’quvchining ilg’or fikrlari, nuqtai nazarlarini inobatga olishi, qo’llab quvvatlashi, huquqlari, majburiyatlari, ularning maktabda jamoat joylarida, oilada bajaradigan vazifalari haqida unitmasligi lozim.O’qituvchining o’quvchiga ta’sir o’tkazishi, uning qattiqqo’lligi, printsipialigi, o’quvchilar orasida shaxsiy namunasi asosida tabiiy ravishda orttirgan obro’ e’tibori, nufuzi muhim omillardan hisoblanadi.O’zaro,samimiy, do’stona munosabatlar asosida muloqot psixogigienasi maqsadiga yondashish, initsiativani qo’llab quvvatlash, muloqot psixogigienasidan ko’zda tutilgan maqsadni shart – sharoitlarga maqsadli moslay olish malakalari o’qituvchining ta’sir doirasini oshirgan holda, muvaffaqiyat garovi bo’lib xizmat qiladi. To’rtinchi bosqichda pedagogik muloqot psixogigienasining kechuv jarayoni, uning amalga oshirilganlik holati, omil va vositalarning muloqot psixogigienasidan kutilgan natijaga ta’siri tahlil qilinadi, xulosalar yasaladi.Pedagogik muloqot psixogigienasi – o’qituvchi bilan o’quvchining dars va darsdan tashqari faoliyatini samarali, natijali, mazmunli tashkil qilish maqsadida yuzaga keladigan kasbiy muloqot psixogigienasidir.To’g’ri tashkil qilingan pedagogik muloqot psixogigienasi o’quvchi bilan o’qituvchi o’rtasida o’zaro hamkorlik, bir – birini tushunish uchun imkoniyatlar yaratadi. Noto’g’ri tashkil qilingan pedagogik muloqot psixogigienasi o’quvchida qo’rquv, ishonchsizlik, diqqatning pasayishi, o’qituvchi bilan o’quvchi orasidagi fikriy yaxlitlikning bo’lmasligi, faoliyat, muomala, xulq uyg’unligining buzilishi kabi salbiy holatlarni yuzaga keltiradi.Bular o’quvchida o’qituvchiga nisbatan salbiy, negotiv munosabatlarini shakllanishiga sharoit yaratadi, natijada o’quvchida fanga nisbatan qiziquvchanlik susayadi.
Ishonchli bilimlar, qarashlar va xatti – harakatlar yig’indisi (majmuasi) sifatida hamda ularni shakllantirish usuli sifatida ajratib ko’rsatmoq lozim. Ishonch yordamida yangicha nuqtai nazarlar, munosabatlar shakllantiriladi yoki noto’g’ri qarashlar, munosabatlar to’g’ri - haqiqiysiga o’zgartiriladi. Ishonch mazmuni va shakllari o’quvchilarning yoshiga (shaxsning yosh rivojlanish darajasiga) mos bo’lishi lozim. Masalan, katta bog’cha yoshi, kichik maktab yoshida ertaklar, rivoyatlar, afsonalar, fantastik xikoyalar orqali ...)-Ishonch hosil qilishda tarbiyalanuvchining individual hususiyatlarini hisobga olish boshqalarni ishontirishga undashdan oldin tarbiyalovchi o’zi ishontirayotgan narsaga qat’iy ishonishi shart.o’quvchilar tarbiyalovchi aytayotgan gaplarga ishonishlari uchun uni hurmat qilishlari, ya’ni o’qituvchiular oldida katta obro’ga ega bo’lishi kerak.Tarbiyalovchi ishontirishga intilayotgan insonng ruhiy holatini, nerv tizimining tipini bilishi va e’tiborga olishi kerak. Pedagog tarbiyalanuvchi chuqur hayajonlangan paytlarida uni biron nimaga ishontirishga urinmasligi lozim, chunki, bunda bola yanada ko’proq to’lqinlanadi, salbiy emotsiyalarga beriladi va natijada u qo’llagan pedagogik usul muvaffaqiyatsizlikka uchraydi.O’qituvchi o’zi ishontirmoqchi bo’lgan narsasiga o’quvchini ishontirishi uchun uni asoslay olishi, o’sha paytdagi his hayojonini, o’z so’zlarining to’g’riligiga shaxsan o’zining qat’iy ishonishi va o’z nuqtai nazarini himoya qila olishi katta ahamiyatga ega. Bunda uning jozibali, ilxomlantiruvchi, hayajonga keltiruvchi va inson o’ziga rom etib esda saqlanib qoluvchi nutqi ham katta rol o’ynaydi.SHuningdek, ishonuvchi va ishontiruvchilarning o’zaro faol harakatini ham ta’min etish lozim bo’ladi. Bolaga nisbatan ishontirish usulini qo’llaganda o’sha bolaning qiziqishlarini bilish va ularni hisobga olish, bola shaxsidagi ijobiy hislatlarga suyanish kerak. Ana shundagina bolaning ishonchiga umid qilsa bo’ladi. Muloqat jarayonida bolaning o’ziga ham «shubxali» bo’lib ko’ringan ba’zi bir soxta ishonchlarni aniqlab olish, keyin ularning soxtaligini asta – sekin, dalillar vositasida isbotlab berish va faqat shundan keyingina boshqa soxta ishonchlarni yo’qotishga kirishmok lozim bo’ladi. Tarbiyachi ishontirish usulini qo’llaganda bolani majbur qilmasligi, uning so’zlarini tarbiyalanuvchi erkin qabul qilmog’i kerak.Ishontirish samaradorligi o’qituvchining so’zi va ishining birligiga bog’lik.