Farg‘ona politexnika instituti Qurilish fakulteti 3-kurs talabalari uchun bibet fanidan i-oraliq nazorati savollari



Yüklə 35,39 Kb.
səhifə1/4
tarix17.04.2023
ölçüsü35,39 Kb.
#99493
  1   2   3   4
3-kurs talabalari uchun BIBET fanidan I-oraliq nazorati savollari


Farg‘ona politexnika instituti Qurilish fakulteti 3-kurs talabalari uchun BIBET fanidan I-oraliq nazorati savollari

  1. Qurilish jarayonlarini texnologik loyihalash haqida tushuncha bering.

Texnologik loyihalashning vazifasi, qurilish jarayonlarini, ishlarni, umuman bino va inshootlarni barpo etishda ma’qul texnologik yechimlarini va yetarli tashkiliy sharoitlarini aniqlashga qaratilgandir. Ishlarni loyihalashning maqsadi, qurilayotgan ob’ektning sifatini ta’minlagan holda muljallangan muddatda bajarilishini ta’minlovchi ishlarni bajarish texnologiyasini va tashkil etishini tanlashdir. Bunda namunaviy loyihalar bazasidan foydalanish, bino karkasini barpo etishda va barcha pardoz ishlari tsiklini bajarganda industrlashtirish usullarini qo’llash, majmuaviy mexanizatsiyalashtirish va ilg’or elektr, qo’l asboblaridan foydalanish hisobiga ma’qul yechimga erishish mumkin.
Qurilishni texnologik loyihalash quyidagilarni o’z ichiga oladi:
• qurilishni tashkil etish loyihasi (QTEL);
• ishlarni bajarish loyihasi (IBL);
• murakkab qurilish jarayonlari uchun texnologik xaritalar;
• mehnat jarayonlarining xaritalari;
• operatsiyalarni bajarishning texnologik sxemalari.

  1. Qurilishni tashkil etish loyihasi haqida tushuncha bering.

Qurilishni tashkil etish loyihasi (QTEL) inshoot loyihasining yoki texno-ishchi loyihasining asosiy tarkibiy qismidir. Ikki bosqichli loyihalashda ketma-ket, ya’ni “loyiha” va “ishchi hujjatlar” bosqichi bajariladi; ayrim alohida barpo etiladigan ob’ektlar uchun loyihalash “texno-ishchiloyiha” sifatida bir bosqichda ishlab chiqilishi mumkin. QTEL ob’ekt qurilishi davomiyligini, uning tannarxi, material va kerakli uskunalarga bo’lgan talablarini aniqlaydi.
QTELni bosh loyiha tashkiloti yoki uning buyurtmasi asosida loyihaning qurilish qismini loyihalovchi tashkilot bajaradi. Yirik va murakab yangi konstruktsiyali ob’ektlar uchun QTELning ayrim bo’limlarini ixtisoslashgan tashkilotlar ishlab chiqishi mumkin. QTEL ob’ektdagi barcha inshootlar majmuasini qamrashi kerak va majmua qurilishining to’liq davriga mos ravishda ishlab chiqilishi kerak. Agar yirik ob’ektni barpo etilishi qismlar yoki navbat bilan amalga oshirish nazarda tutilgan bo’lsa, u holatda QTEL butun ob’ekt uchun yoki majmuani ayrim navbatlari uchun mustaqil yanada aniqroq holda ishlab chiqilishi nazarda tutiladi.

  1. Ishlarni bajarish loyihasi haqida tushuncha bering.

Ishlarni bajarish loyihasi (IBL) binoning to’liq qismiga, binoni barpo etishning ayrim tsikllariga va murakkab qurilish ishlariga ishlab chiqiladi. IBL ishlar bajarilishini boshlanguniga qadar bosqichda yaratilishi kerak.
Har bir ob’ektni qurilishi faqat QTEL yoki IBL da qabul qilingan yechimlar asosida amalga oshirilishi kerak.
Ishlarni bajarish loyihasi (IBL). Ob’ektni jami ishlar majmuasiga va tayyorlov davridagi ishlariga ishlarni bajarish loyihasini QTEL asosida bosh pudratchi tashkilot ishlab chiqadi. Alohida murakkab yoki birinchi marta tadbiq etilayotgan ishlarga IBLni maxsus montaj yoki loyiha tashkilotlari ishlab chiqadi.
Ishlarni bajarish loyihasi ob’ekt qurilishini rejalashtirilgan muddati, hajmi va ayrim ishlar murakkabligiga qarab qurilish tashkilotining qarori asosida ishlab chiqilishi mumkin:
• butun bino va inshoot qurilishiga;
• binoni ayrim qismini barpo etishga, ya’ni yer osti yoki yer usti qismi, sektsiya, oraliq, qavat, yarus;
• texnik jihatdan murakkab ayrim qurilish ishlarini bajarish uchun;
• tayyorlov davri ishlari uchun.

  1. Alohida bino qurilishida IBLning tarkibi va mazmuni haqida tushuncha bering.

Alohida bino qurilishida IBL ning tarkibi va mazmuni
1. Ob’ekt bo’yicha ishlarni bajarish kalendarь plani yoki majmuali to’rli grafikda barcha ishlarni bajarish ketma-ketligi va ularni bajarish muddatlari imkon qadar ishlarni birgalikda bajarilishini e’tiborga olgan holda, qurilish mashinalarini me’eriy ishlash vaqti, mehnat resurslari va mexanizatsiya vositalariga bo’lgan talab, alohida brigada yoki jamoalar zimmasiga yuklatiladigan ishlar, ularning miqdoriy va kasbiy tarkibi o’rnatiladi.
2.Qurilish bosh plani (QBP), u o’z ichiga oladi:
• qurilish maydonining chegarasi va uni to’sish devorining turlari;
• doimiy va vaqtinchalik tarmoqlar va kommunikatsiyalar;
• doimiy va vaqtinchalik yo’llar;
•transport vositalarini va qurilish mexanizmlarini harakat sxemalari;
• qurilish mashinalari va yuk ko’tarish mexanizmlarining ularning harakat yo’llari va ta’sir zonasini ko’rsatish bilan o’rnatilish joylari, ;
• quriladigan hamda vaqtinchalik bino va inshootlar;
• avtotransportni yuvish zonasi;
• maishiy xonalar joylashuvi;
• ishchilarni harakat yo’li, bino va inshootga kirish yo’lkalari;
• qurilish maydonining elektr ta’minoti va yoritish manbaalari;
• material va konstruktsiyalarni joylashtirish maydonlari va asrash binolari;
• yong’inga qarshi joylashtirilgan suv quvurlari va gidrantlar;
• konstruktsiyalarni yiriklashtirib yig’ish maydonlari;
• qo’riqchilarni nazorat-o’tkazish punktlari.
3. Alohida ish va jarayonlarni bajarish texnologik xaritalari va sxemalari.
4. Konstruktsiyalar, buyumlar va materiallarni ob’ektga keltirish grafigi.
5.Ob’ektdagi ishchilarga bo’lgan talab grafigi.
6. Asosiy qurilish mashinalarining ishlash grafigi.
7. Geodezik ishlarni bajarish bo’yicha yechimlar.
8. Xavfsizlik texnikasi bo’yicha qarorlar.
9. Qurilish ishlarini bajarish uchun kerakli texnologik inventarь va uskunalar ro’yxati, yuklar va konstruktsiyalarni ildirish sxemalari.
10. Texnika-iqtisodiy ko’rsatkichlari bayon etilgan tushuntirish xati.
Juda murakkab konstruktsiyali yoki ishlarni bajarish usuli murakkab inshootlar qurilishi uchun IBLga qo’shimcha ravishda maxsus yordamchi inshootlar uchun , moslamalar, konstruktsiyalar va texnologik yechimlarga mos ishchi chizmalar ishlab chiqiladi.

  1. Binoning yer ustki qismini barpo etish uchun IBLning tarkibi haqida tushuncha bering.

Ishlarni bajarish loyihasini variantlash asosida ishlab chiqish kerak, ya’ni asosiy qarorlarning variantlarini samaradorligini solishtirgan holda. Qurilish texnologiyalarini loyihalaganda yechiladigan masalalar:
• ilg’or qurilish konstruktsiyalarini qo’llash;
• jihozlar va ishchilarni bir maromda yuklagan holda ishni oqim usulida tashkil etish;
• qurilishni tashkil etishning ilg’or usullarini ishlab chiqish;
• qurilish ishlarini bajarganda ilg’or texnologiya va usullarni qo’llash, bino karkasini barpo etishdagi ishlarni umumqurilish ishlari bilan bilan birgalikda qo’shib olib borish;
• ishlarni bajarishning samarali mexanizatsiya vositalari va qo’l mehnatini qisqartirish uchun majmuali mexanizatsiyalash;
• ob’ektlarni konstruktsiyalar bilan komplektlashning samarali sxemalari;
• konstruktsiyalarni keltirish va joylashtirishning oqilona yechimlari;
• konstruktsiyalarni yiriklashtirib yig’ish maydonchasini jihozlash;
• ishlarni bajarishda uzluksizlikni ta’minlash va behuda texnologik tanaffuslarga yo’l qo’ymaslik;
• ishlarni bajarishning barcha bosqichlarida inshootning mustahkamligi va turg’unligini ta’minlash;
• mashina va mexanizmlarni energoresurs va suv bilan ta’minlash;
• ratsional va universal montaj uskunalarini qo’llash;
• kichik mexanizatsiya vositalarini keng qo’llash;
• zamonaviy ko’chma, konteynerli va yig’ma turdagi xizmat xonalari kabi vaqtinchalik inshootlarini qo’llash;
• ob’ekt qoshidagi omborlar soni va yuzasini qisqartirish;
• transport vositalaridan montaj qilish;
• karkasni barpo etish va bir vaqtda bajariladigan ishlarni 2...3 smenada tashkil etish;
• ishchilarni xavfsiz mehnati va dam olish normal sharoitini ta’minlash;

  1. Binolarni ketma-ket usulda barpo etish haqida tushuncha bering.

Ketma-ket usulda alohida binoni barpo etishda ishchilar brigadasi har bir keyingi ishni oldingi ish to’gagandan so’ng boshlaydi. Demak, bino qurilishining umumiy davomiyligi alohida ishlar bajarilish davomiyliklarining yig’indisidan iborat, ya’ni bu holatda ob’ektdagi ishlarni bajarish uchun kam miqdordagi ishchilar yetarlidir. Bir tipdagi binolar ketma-ket qurilganda, ya’ni har bir keyingi bino oldingisi qurilgandan so’ng boshlansa, binolarni qurayotgan yagona brigada ketma-ket qurilgan binodan yangi qurilishi boshlangan binoga o’tadi. Bu usulda, binolar kompleksi (majmuasi)ning umumiy qurilish davomiyligi bir bino qurilishi davomiyligini binolar sonini ko’paytmasiga teng bo’ladi, ammo bu holatda, bir bino qurilishidagidek o’zoq vaqt bir yerda harakatda bo’lganiga nisbatan kam ishchilar soni kerak bo’ladi .

  1. Binoda bajariladigon ishlarni parallel usulda olib borish haqida tushuncha bering.

Parallel usulda bir paytning o’zida alohida binoda turli ishlar bajariladi yoki bir tipli binolar bir paytda barpo etiladi. Har bir ko’rilayotgan ob’ektda mustaqil ish yuritadigan brigada ishlaydi. Ideal holatda brigadalar bir paytda ishni boshlab va bir paytda binolarni barpo etishni to’gatadilar. Parallel usulda, alohida binoni barpo etish muddati jami ishlarni bajarish muddatiga teng, ammo bu usulda bir paytda ishlaydigan ishchilarga bo’lgan talab m martaga (shu turdagi ishlar va ishchilar brigadasi soni) oshadi. Bir xil tipdagi binolar kompleksini parallel usulda barpo etganda, inson resurslarini jalb etish va qurilish muddati yuqorida keltirilgan sxemaga o’xshash bo’ladi.

  1. Ishlarni oqim usulda bajarish haqida tushuncha bering.

Qurilishning oqim usuli o’zida ketma-ket va parallel usullarining yutuqlarini aks ettirib ularning kamchiliklarini bartaraf etadi. Bu usulda qurilishni umumiy davomiyligi ketma-ket usuldagidan ancha kam, shuningdek, ishchilardan foydalanish intensivligi parallel usuldagidan kamroq.


  1. Ishlarni bajarish va binoni barpo etish ketma-ketligi haqida tushuncha bering.

Ishlarni bajarish ketma-ketligi qo’yidagi asosiy omillar bilan belgilangan bo’lib va ularni bosqichma-bosqich o’zlashtirilishi, qurilish jarayonini amalga oshishiga olib keladi.
• qurilish territoriyasi;
• maydonni tayyorlash (tayyorlov davri ishlari)
• yer osti qismini barpo etish;
yer usti qismini barpo etish;
• to’sib turuvchi konstruktsiyalarni barpo etish;
• injener (muhandis) asbob-uskunalarini montaji;
• ichki pardozlash ishlari;
• texnologik asbob-uskunalarni montaji;
• tashqi pardozlash ishlari;
• obodonlashtirish.
10.Qurilishning qurilish bosh planlari haqida tushuncha bering.
Qurilish bosh planining vazifasi – qurilish maydonini tashkil etishning eng samarali modelini yaratish va amalga oshirish bo’lib, u ishlayotganlarning yuqori mehnat unumdorligiga erishishini ta’minlovchi sharoit yaratilishini, qurilish-montaj jarayonlarini eng qulay variantda mexanizatsiyalashtirilishini, qurilish-montaj mashinalaridan va transport vositalaridan samarali foydalanishni, mehnatni muhofaza qilish talablariga amal qilinishini e’tiborga oladi.

Qurilish bosh planini tuzilishi uchun quriladigan bino, inshoot yoki kompleksning bosh plani asos bo’ladi . Qurilish bosh planlari asosan ikki xil bo’ladi: butun qurilish maydonining territoriyasini qamrab oluvchi (mikrorayon, kompleks, qurilayotgan korxona) umummaydon bosh qurilish plani va alohida bino yoki kompleksga tegishli bir ob’ektni barpo etish territoriyasini o’z ichiga olgan alohida ob’ektning qurilish bosh plani


11. Qurilish maydoni yo‘llari haqida tushuncha bering.
Qurilish avtoyo’llari, qurilish maydonini umumiy avtomobilь yo’llarini tarmog’i bilan bog’lovchi shoxobcha yo’llar va qurilish maydoni ichra yuk tashiladigan qurilish maydon ichidagi yo’llardan iborat. Odatda, shoxobcha yo’llar doimiy, qurilish maydon ichidagi yo’llar vaqtinchalik quriladi. Bu yo’llar asosiy ob’ekt qurilishi boshlangunga qadar quriladi.
Qurilish maydonida yo’llar berk va halqasimon bo’lishi mumkin. Berk yo’llarni oxirida aylanish maydonchalari, o’rta qismida kerakli holatda raz’ezdlar bo’lishi kerak. Avtomobilni normativ gabaritlaridan kelib chiqqan holda (kengligi 2.5 va balandligi 3.8 m bo’lgan to’g’ri to’rtburchak) bir tomonlama harakatda avtomobil yo’lini kengligi 3.5 m dan, ikki tomonlama harakatda 6 m dan kam bo’lmasligi kerak. Agar yo’l bir tomonlamali qilib loyihalangan bo’lsa , yuklarni tushirish joylarda kengaytirilgan joylar bo’lishi nazarda tutilgan bo’lishi kerak va yo’lning umumiy kengligi 6 m dan kam bo’lmasligi kerak.
Yuk ko’taruvchanligi 25...30 t va undan ortiq bo’lgan og’ir mashinalar qo’llanilganda, yo’lning transport yuradigan qismining kengligi 8 m gacha kengaytiriladi. Agar qurilish maydoniga yirik gabaritli va uzun o’lchovli yuklar yetkaziladigan bo’lsa yo’llar kengligi qo’shimcha oshirilishi mumkin.
12.Material va elementlarni omborlarda joylashtirish haqida tushuncha bering.
MATERIAL ELEMENTLARNI JOYLASHTIRISH
Qurilish maydoniga keltirilgan material elementlar vaqtinchalik asrashga − zaxira yaratishga mo’ljallangan ob’ekt qoshidagi omborlarda joylashtiriladi.
Ishlab chiqarishga taalluqli zahirani ikki asosiy turi bor – joriy va ehtiyot tariqasidagi. Biri-biriga bog’liq ikki ta’minot orasida yetkazilgan material resurslar joriy zaxirani tashkil etadi. Ideal holatda joriy zaxira ishlab chiqarishni uzluksizligini ta’minlash uchun yetarli bo’lishi kerak. Ammo, material va konstruktsiyalarni yetkazishdagi bo’lishi mumkin bo’lgan o’zilishlarni e’tiborga olgan holda va joriy zahirani bir maromda to’lmasligini kompensatsiya qilish uchun ehtiyot tariqasidagi zaxira yaratiladi. Odatda, ombordagi yig’ma konstruktsiyalarning minimal zaxirasi 5 ish kuniga yetarli qilib qabul qilinadi.
Ishlab chiqarishga taalluqli zaxira darajasi qabul qilingan ishni tashkil etishga − montaj “transport vositalaridan”mi yoki ombordanmi, ob’ektni markaziy ta’minot bazalaridan o’zoqligi, transport turi va boshqa faktorlarga (omillar) bog’liq. Konstruktsiya va material zaxirasi miqdori ko’p bo’lgan omborlar mavjudligi, bir tomondan ishlab chiqarishni uzluksiz ta’minlasa, ikkinchi tomondan qurilishga bo’lgan investitsiyalarni “muzlashiga” ya’ni qurilishni qimmatlashuviga olib keladi. SHuning uchun bosh pudratchi ob’ekt qoshidagi omborlarni ma’qul hajmlarini topishi kerak
13. Ombor turlari haqida ma’lumotbering.
Ob’ekt qoshidagi omborlar yopiq, yarim yopiq va ochiq bo’ladi.

Yüklə 35,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin