Farmatsevtikada kadrlar boshqaruvi dorixona muassasalarida kadrlar boshqaruvi asoslari



Yüklə 469,63 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/40
tarix25.06.2023
ölçüsü469,63 Kb.
#135019
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40


1.1. MAVZU
FARMATSEVTIKADA KADRLAR BOSHQARUVI 
DORIXONA MUASSASALARIDA KADRLAR BOSHQARUVI ASOSLARI. 
 
Reja: 
1. 
Farmasevtik tashkilotlarda mehnat resurslarini 
boshqarish. 
2. 
Boshqaruv madaniyati va rahbarlik uslublarini mohiyati 
3. 
Boshqaruvchiga qo‘yiladigan talablar 
4. 
Farmasevtik tashkilotlar boshqaruvida liderlik 
5. 
Kadrlar boshqaruvi va xodimlarni boshqarish tizimi. 
6. 
Xodimlarni boshqarish tizimining ob’ekti sifatida 
farmasevtik tashkilotning xodimlari va ularning 
tasniflanishi. 
7. 
Boshqarish faoliyatida kadrlar bilan ishlash yo‘nalishlari. 
8. 
Xodimlarni rejalashtirish. 
9. 
Lavozimlarga yangi xodimlarni tanlash. 
10. 
Xodimlarni joy-joyiga qo‘yish. Kadrlar rezervini 
shakllantirish. 
11. 
Xodimlarni baholash. 
12. 
Farmasevt xodimlar attestatsiyasi. 
13. 
Xodimlarni o‘qitish, qayta tayyorlash va malakasini 
oshirish. 
14. 
Xodimlarni boshqarish samaradorligiga erishish yo‘llari. 
 
Tayanch iboralar: korxona falsafasi, inson resurslari, kadrlar rezervi, attestatsiya, oliy 
malakali toifa 
 
Farmasevtik tashkilotlarda mehnat resurslarini boshqarish. 
Farmatsevtika tashkilotida hodimlarni boshqarish asosi bo‘lgan kadrlar boshqaruvi umumiy 
boshqaruvning eng muhim tarkibiy kismlaridan biridir. “Kadrlar boshqaruvi” boshqaruv 
fanining tarkibiy bo‘limi bo‘lib, hozirgi paytda alohida mustaqil fan sifatida shakllandi.
Kadrlar boshqaruvi fani korxona faoliyatining samarali bo‘lishi uchun xodimlar bilan 
ishlash tizimini, bu ishni tashkil etish usullarini, xodimlarning motivatsiyasi kabi 
muammolarni o‘rganadi.
Zamonaviy boshqaruv amaliyotida xodim va uni boshqarish muammosiga ikki hil 
yondashuv mavjud:
• inson resurslarini boshqarish; 
• kadrlar boshqaruvi (xodimlarni boshqarish). 
“Inson resurslarini boshqarish” tushunchasi boshqarishning strategik jixatlarini
shuningdek, ijtimoiy rivojlanish masalalarini o‘z ichiga oladi va ularga ustuvorlik beriladi
1

“Kadrlar boshqaruvi” tushunchasi esa ko‘proq xodimlar boshqaruvi bilan bog‘liq operativ 
(tezkor) faoliyatni anglatadi. Agar birinchi yondashuv davlat miqyosida bandlik va uni 
1
“Shane P. Desselle, David P. Zgarrick. Pharmacy Management Essentials for All Practice Settings. – Mc Grow 
Hill Medical.- 2011. – P.652.” 


muvofiqlashtirish vazifalaridan kelib chiqsa, ikkinchi yondashuv bevosita korxona 
darajasidagi mehnat munosabatlari va ularni muvofiqlashtirish bilan bog‘liq. 
Inson resurslarini boshqarishdagi faoliyat turlari 
Faoliyat sohasi 
Nimaga ustuvorlik 
beriladi 
Qanday funksiyalar 
bajariladi 
Bajarilishi 
to‘g‘risida 
kimga 
ma’lumot 
beriladi 
Inson resurslarini 
boshqarish 
(strategik 
yondashuv) 
• mutlaq yangi 
vazifalarni 
yechishga 
• global, uzoq 
muddatli 
vazifalarni 
yechishga 
• Inson resurslarini 
rejalashtirish 
shaxsiy qobiliyat 
va malakani 
oshirish 
• korxonaning 
xodimla-riga 
sarflanadigan 
xarajatlarini 
rejalashtirish 
Korxona 
raxbari 
Kadrlar 
boshqaruvi(operativ 
faoliyat) 
• ma’muriy 
aralashuvga 
zaruriyat 
tug‘iladigan 
kundalik 
muammolarni 
yechishga 
• kadrlarni tanlash 
va joy-joyiga 
qo‘yish; 
mehnat 
motivatsiyasini 
boshqarish; 
• texnika 
xavfsizligini 
nazorat qilish; 
• nizolarni hal etish. 
Korxona 
rahbarining 
o‘rinbosari 
Iboralarning turlicha ma’no kasb etishi faoliyat turlari, yo‘nalishi va korxonadagi ish 
xajmiga bog‘liq. Masalan, “xodim” iborasi kichik korxonalarga, “inson resurslari” iborasi 
esa yirik korxonalarga nisbatan qo‘llanadi. 
Kadrlar boshqaruvining asosiy funksiyalariga quyidagilar kiradi: 
− tashkilotni kadrlar bilan ta’minlash; 
− mehnat munosabatlarini shakllantirish, muqobil va xavfsiz mehnat sharoitlarini 
yaratish; 
− tashkilot xodimlarining malakasini oshirish; 
− xodimlarni baholash va samarali faoliyatni motivatsiyalash; 
− jamoadagi ziddiyat va nizolarning oldini olish, uni aniqlash va bartaraf qilish. 
Mazkur funksiyalar tashkilotda shakllangan hodimlarni boshqarish tizimi asosida amalga 
oshiriladi. 

Yüklə 469,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin