Franchayzing inglicha (franchising) so‘zidan olingan bo‘lib”imtiyoz” degan manoni anglatadi yoki tijorat konsessiyai bozor subyektlari oʻrtasidagi munosabatlar turi; bir tomon (franchayzer) ikkinchi tomonga (franchayzi) tadbirkorlikning maʼlum bir turida ish yuritishning oʻzi tomonidan ishlab chiqilgan biznes modelidan: franchayzerning brendi, savdo belgisi, xom ashyosi va texnologiyalaridan foydalanib, uning nomidan ish yuritishga haq evaziga (akkord; bir yoki koʻp martalik toʻlov) ruxsat berishi.
Franchayzing (ingliz. franchising), yoki franshiza (gallits. franchise — imtiyoz), yoki tijorat konsessiyasi — bozor subyektlari oʻrtasidagi munosabatlar turi; bir tomon (franchayzer) ikkinchi tomonga (franchayzi) tadbirkorlikning maʼlum bir turida ish yuritishning oʻzi tomonidan ishlab chiqilgan biznes modelidan: franchayzerning brendi, savdo belgisi, xom ashyosi va texnologiyalaridan foydalanib, uning nomidan ish yuritishga haq evaziga (ruxsat berishi.
Franchayzing tushunchasi
Umumiy maʼnoda, franchayzing — bu savdo belgisi yoki kommersion belgini „ijaraga olishni“ bildiradi. Franchayzingdan foydalanish franchayzer (franshizani beruvchi) va franchayzi (uni oluvchi) oʻrtasidagi kelishuv bilan tartibga solinadi. Shartnoma mazmuni har xil, oddiydan to juda murakkabgacha boʻlishi, tovar belgisidan foydalanishning eng kichik tafsilotlarini ham oʻz ichiga olishi mumkin. Odatda, shartnomada franchayzingdan foydalanish uchun pul ajratmalar miqdori tartibga solinadi (bu maʼlum bir muddat uchun belgilangan bir martalik yoki sotishning foizidan kelib chiqadigan to'lov boʻlishi mumkin). Pul ajratmasi boʻyicha hech qanday talab boʻlmasligi ham mumkin, ammo bu holda franchayzi franchayzerdan maʼlum miqdordagi tovarlar/ishlar/xizmatlarni sotib olish majburiyatini oladi.
Tovar belgisi/brenddan foydalanish shartlari shartnomalarning alohida bandi boʻlib xizmat qilishi mumkin. Ushbu shartlar juda erkin boʻlishi ham mumkin (masalan, franchayzi maʼlum bir sohada brenddan foydalanish huquqiga ega) yoki qatʼiy ham boʻladi (masalan, franchayzi doʻkonning ichki interyerida javon va qatorlarning rangidan tortib, personalning ish kiyimlarigacha va uskunalardan foydalanishda franchayzerning talablariga qatʼiy rioya qilish majburiyatini oladi).
Filip Kotler franchayzingning quyidagi elementlarini alohida taʼkidlaydi[2]: