OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
GULISTON DAVLAT UNIVERSITETI
BIOLOGIYA KAFEDRASI
GENETIKA
FANIDAN AMALIY MASHG‘ULOT UCHUN
USLUBIY KO‘RSATMA
Guliston – 2023
Ushbu uslubiy ko‘rsatma 60510100-biologiya bakalavryat ta’lim yo‘nalishda ta’lim olayotgan talabalarga mo‘ljallangan. Genetika va genomika fanidan uslubiy ko‘rsatma O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan ________________ yil tasdiqlangan genetika va genomika fani namunaviy dasturi ______________________ talablari asosida tayyorlangan.
Oʻquv qo‘llanma Guliston davlat universiteti O‘quv metodik kengashi tomonidan koʻrib chiqilgan va oʻquv jarayonida qoʻllashga tavsiya etilgan.
20__ yil _______________dagi 1- sonli yig‘ilishida muhokama qilindi.
O‘quv-uslubiy majmua Guliston davlat universiteti Tabiiy fanlar fakulteti 20__ yil ___________ 1-sonli yig‘ilishida muhokama qilindi.
O‘quv-uslubiy majmua Guliston davlat universiteti Tabiiy fanlar fakulteti “Biologiya” kafedrasining
20__-yil ___________ 1-sonli yig‘ilishida muhokama qilindi
Tuzuvchi:
M.Ergashev GulDU Tabiiy fanlar fakulteti dekani, dotsent, PhD
A.Xoldarov GulDU Biologiya kafedrasi stajyor oʻqituvchisi
Taqrizchilar:
O.Yunusov GulDU Biologiya kafedrasi dotsent v/b, PhD.
S.Boboxo‘jayev O‘zMU Biologiya kafedrasi biologiya fanlari
falsafa doctor.
KIRISH
Genetika biologiya fanlari tarkibiga kirib, tirik organizmlarning ikki muhum xususiyati ya’ni irsiyat va oʻzgaruvchanlik qonuniyatlarini oʻrganadi va ularni boshqarish usullarini ishlab chiqadi. Genetika fan sifatida vujudga kelganiga bir asr boʻlmagan boʻlsada, uning iqtisodiyotdagi vazifalarining muhumligi bilan biologiyaning yetakchi sohalaridan biri boʻlib qolmoqda. Ma’lumki respublikamiz bozor iqtisodiyotiga oʻtish davrida qishloq xoʻjalik maxsulotlarini ishlab chiqarishni ishirishning yangi usullarini yaratish, xalqimizning turmush darajasini oshirish hozirgi davrimizning dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi.
Genetika fanida organizm belgilarining irsiylanishi, ulardagi oʻzgaruvchanlik qonuniyatlari, genlar ta’sirida belgilar rivojlanishi, koʻpayish jarayonida belgilar irsiylanishining genetik va sitologik mexanizmlari oʻrganiladi. Bu fan qishloq xoʻjalik oʻsimliklari seleksiyasining, shuningdek, odam genetikasi, tibbiyot genetikasi fanlarining (tibbiyot sohasining) nazariy asosi hisoblanadi. Seleksiyachi olimlar irsiyat qonunlarining nazariy asoslarini bilgandagina sermahsul yangi navlar yaratish ishini toʻgʻri yoʻlga qoʻyishi mumkin. Genetikaning nazariy asoslarini bilgan talabalar, bu bilimlarni amalda qoʻllash uchun tajribaga ham ega boʻlishi shart. Lekin ba’zan talabalar genetikaning mazmunini boʻsh oʻzlashtiradilar, amaliy mashgʻulotlarda masalalar yechimga kam e’tibor beradilar. Genetikadan masala va mashqlarni mustaqil yechishga oʻrganish, talabalarning nazariy bilimlarini qay darajada oʻzlashtirganliklariga bogʻliq.
Mazkur uslubiy ko‘rsatma Biologiya (turlar boʻyicha) yoʻnalishlari talabalariga genetika fanidan olgan nazariy bilimlarini mustahkamlashga yordam beradi.
Uslubiy ko‘rsatmada avval, har bir mavzu alohida tushuntiriladi, soʻngra ayrim masalalarning yechish tartibi koʻrsatiladi.
AMALIY MASHG’ULOT MATERIALLARI
Dostları ilə paylaş: |