O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA
MAXSUS TA’LIM
VAZIRLIGI
MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON
MILLIY UNIVERSITETINING JIZZAX FILIALI
Buxgalteriya hisobi va audit
Fanidan
MUSTAQIL ISH
Mavzu:
XUSUSIY KAPITAL TO‘G‘RISIDAGI HISOBOT
BAJARDI: Uzoqov Shohjahon
Jizzax_2023
XUSUSIY KAPITAL TO‘G‘RISIDAGI HISOBOT
Reja:
1. Xususiy kapital tarkibi
2. Xususiy kapital to‘g‘risidagi hisobotni tuzishning uslubiy asoslari
3. «Xususiy kapital to‘g‘risidagi hisobot»ni tuzish va to‘ldirish tartibi
1. Xususiy kapital tarkibi
Xususiylashtirish, davlat tasarrufidan chiqarish va aktsiyadorlashtirish
jarayonlari bozor iqtisodiyoti sharoitida vujudga kelgan
va turli mulkchilikka
asoslangan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarni salohiyatini ularni xususiy kapital
ko‘rsatkichi xarakterlaydi. Xususiy kapitalga etarli darajada ega bo‘lmagan xo‘jalik
yurituvchi sub’ekt, faoliyatini uzluksiz rivojlantira olmaydi va bozorda vujudga
keladigan raqobatga bardosh berish qobiliyati sust bo‘ladi.
Shuning uchun ham
xususiy kapitalga ega bo‘lish, uni doimiy tarzda ko‘paytirib borish bozor iqtisodiyoti
sharoitida har qanday xo‘jalik yurituvchi sub’ektni, shu jumladan aktsionerlik
jamiyatlarini rivojlanishiga kafillik beruvchi muhim element bo‘lib hisoblanadi.
«Xususiy kapital» yoki «kapital» tushunchasi iqtisodiy toifalar tarkibiga kirib,
uning mazmunini mablag‘ qo‘yish, joylashtirish tashkil etadi. U daromad keltiruvchi
manbadir.
Bozor munosabatlari bu atamaga yangicha yondoshishni talab qilmoqda. Bu
esa korxonalarni, shu jumladan aktsiyadorlik jamiyatlarini, rivojlanishining muhim
garovi va vositasi bo‘lgan xususiy kapital tushunchasining moxiyatiga to‘xtalishni
taqozo qiladi.
Aktsiyadorlik jamiyatlarida ham boshqa mulk shaklidagi korxonalar singari
buxgalteriya hisobining ob’ekti bo‘lib, moliyaviy xo‘jalik
faoliyatini
shakllantiruvchi aktivlar va majburiyatlar hisoblanadi. Lekin shu bilan birgalikda
aktsiyadorlik jamiyatlarida shu mulk shaklining o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib
chiqadigan va buxgalteriya hisobida inobatga olish shart bo‘lgan ob’ektlar ham
mavjud. Buxgalteriya hisobining shunday ob’ektlaridan biri aktsiyadorlik
jamiyatlarida mulkni tasarruf etish, boshqarish va unga egalik qilish usuli yordamida
liberal iqtisodiy-ijtimoiy faoliyat ko‘rsatishdir. Buxgalteriya
hisobida bu jarayon
o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Bularga aktsiya chiqarish va uning muomalasi bilan
bog‘liq operatsiyalar, xususiy (ustav) kapitali, qimmatli qog‘ozlar, daromad (foyda),
dividend to‘lovlari, maxsus shakllanadigan fondlar va foydaning taqsimoti kabi
jarayonlar kiradi. Bu jarayonlarning barchasi aktsiyadorlik jamiyatlarida
buxgalteriya hisobining o‘ziga xos bo‘lgan hisob ob’ektlardir.
Ushbu ob’ektlarni tadqiq qilishda buxgalteriya
hisobining muhim
fundamental tamoyillaridan biri bo‘lgan ikki yoqlama yozuv tamoyiliga asoslanildi.
Buning zamirida quyidagi tenglik yotadi: