Gumanitar fanlar



Yüklə 148,14 Kb.
səhifə1/8
tarix09.09.2023
ölçüsü148,14 Kb.
#142213
  1   2   3   4   5   6   7   8
Gumanitar fanlar



O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI
ANDIJON MASHINASOZLIK INSTITUTI
Gumanitar fanlar” kafedrasi iqtisodiyot nazariyasi fanidan
KURS ISHI
Mavzu:_____________________________________________________
Bajardi: __ kurs ___ guruh “____________________” yo`nalishi talabasi
___________________________________________
Tekshirdi: _____________________
Reyting ball: ____

Andijon 2020

Mavzu: Marketing: vazifasi, tamoyillari, turlari va ahamiyati.
Reja:

  1. Kirish

  2. Asosiy qism

I. Marketing kategoriyasi. Marketing – bozor iqtisodiyoti sharoitida korxona raqobatbardoshligini ta’minlash usuli.
II. Marketing tamoyillari.
III. Marketing turlari. Xalkaro marketing
IV. Marketingni qo`llash samaradorligi tahlili

  1. Xulosa

  2. Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati



  1. Marketingning maqsad va vazifalari

Marketing sohasidagi adabiyotlarda asosan marketingning to‘rtta maqsadi keltiriladi. Bular quyidagilar hisoblanadi:
1. Mumkin bo‘lgan maksimal yuqori iste'molga erishish.
2. Iste'molchilarning talabining maksimal qondirilishiga erishish.
3. Iste'molchilarga keng assortimentdagi tovarlarni tanlashiga imkoniyat yaratish.
4. Aholi turmush darajasi sifatini oshirish.
Mumkin bo‘lgan maksimal yuqori iste'molga erishish. Ko‘pchilik rahbarlar marketingning maqsadi - ishlab chiqarishning maksimal o‘sishi va korxonaning boyishida asosiy omil yuqori iste'molga erishishni rag‘batlantirishda deb biladilar. Bu fikrni boshqacha ifodalasak, odamlar qancha ko‘p sotib olsa va qancha ko‘p iste'mol qilishsa, shuncha baxtli bo‘ladilar degan ma'noni anglatadi. Lekin, ba'zi bir kishilar moddiy boyliklar massasining ortishi katta baxtga erishishdan dalolatdir degan fikrga shubha bilan qaraydilar. Demak, marketingning maqsadi faqat mumkin bo‘lgan maksimal iste'molga erishishdangina iborat emas ekan.
Isteʼmolchilarning talabining maksimal qondirilishiga erishish. Bu nuqtai nazarga muvofiq marketing tizimining asosiy maqsadi mumkin boʼlgan maksimal yuqori isteʼmolga erishish emas, balki isteʼmolchilarning talabini maksimal qondirishdan iboratdir. Bu degani tovar massasi isteʼmoli koʼp boʼlsada, u biron-bir ahamiyatga ega boʼlmasligi mumkin. Ularning ahamiyatliligi, tovar massasining koʼpligi bilan emas, balki bu tovar massalarining qanchalik darajada isteʼmolchilarning talabini qondira olishi bilan oʼlchanadi. Аfsuski, isteʼmolchilarning talabining qondirilish darajasini oʼrganish to hozirgi kungacha muammoligicha qolmoqda.
Isteʼmolchilarga keng assortimentdagi tovarlarni tanlashga imkoniyat yaratish. Baʼzi bir bozor mutaxassislari marketing tizimining asosiy maqsadi tovarlar xilma-xilligini maksimal taʼminlash va isteʼmolchilarning keng assortimentdagi tovarlarni tanlashiga imkoniyat yaratishdan iboratdir deb hisoblaydilar. Tizimning maqsadi isteʼmolchining talabiga toʼliq mos keladigan tovarni topishiga yordam berishdan iborat boʼlishi kerak.
Аholi turmush darajasi sifatini oshirish. Koʼpchilik mutaxassislar marketing tizimining asosiy maqsadi aholi “turmush darajasining sifati”ni yaxshilashdan iborat deb biladilar. Bu tushuncha quyidagilarni oʼz ichiga oladi:
1) tovarning sifati, miqdori, assortimenti, narxi;
2) mehnatga haq toʼlash darajasi;
3) madaniy muhitning sifati va boshqalar.
Marketingning asosiy maqsadi, uning vujudga kelish, shakllanish va rivojlanishining obʼektiv sabablari, zarurati bilan belgilanadi. Yuqorida qayd qilinganidek, marketing eng avvalo tovarlar toʼplanib, sotilmay qolgan va iqtisodiyot inqirozi kuchaygan sharoitda, uni shu inqirozdan chiqarish quroli sifatida ixtiro qilingan, yaratilgan ekan. Uning maqsadi nihoyatda keng va murakkab masalalarni hal qilishga qaratilgandir. U ishlab chiqarishni xaridor ehtiyojiga moslashtirib, talab va taklifni muvozanatiga erishgan holda, uni tashkil etgan korxona, tashkilotlarga yuqori foyda keltirishdir. Bunga erishish uchun marketing quyidagi muhim vazifalarni hal etmogʼi lozim:

  • xaridorlar (istemolchilar) ehtiyojini o‘rganish va aniqlash;

  • tovarlarga bo‘lgan ichki va tashqi talablarni o‘rganish;

  • korxonaning faoliyatini xaridorlar ehtiyojiga moslashtirish;

  • avvalo talab va taklif to‘g‘risida olingan ma'lumotlar asosida bozorni o‘rganish;

  • tovarlar reklamasini tashkil etish, xaridorlarni tovarlarni sotib olishga qiziqishini ortirish;

  • tovar yaratuvchi yoki uni sotuvchi korxona tadqiqotlarini amalga oshirish uchun ma'lumotlar to‘plash va tahlil qilish;

  • tovarni bozorga chiqarishdagi barcha xizmatlar to‘g‘risida ma'lumotlar olish;

  • to‘ldiruvchi tovarlar va o‘rnini bosuvchi tovarlar to‘g‘risida axborotlar yig‘ish;

  • tovarlarga bo‘lgan talabni istiqbollash, ularni amalga oshirishni nazorat qilishdan iboratdir.

Sotishni rag‘batlantirish - marketingning vazifalaridan biri bo‘lib, bozorga chiqarilgan tovarni rejalashtirilgan sotish darajasini ta'minlashga imkon beradi. Bu ishlab chiqarish xarajatlarini qoplash va foyda olish demakdir. Sotishni rag‘batlantirishning quyidagi faol shakllari mavjud - ko‘rgazma-savdo, yarmarkalar, maxsus savdo agentlari xizmatidan foydalanish va arzon baholar.
Marketing tizimida sotish siyosati - bu tovar davriy harakatini tashkil etish jarayonidir. U tovar massasining ishlab chiqaruvchidan to iste'molchigacha bo‘lgan harakatining har bir bosqichida qabul qilinadigan qarorlarga ta'sir qilishning aniq tahlilini talab qiladi. Bu holda sotish deganda ishlab chiqarish bilan savdo orasidagi barcha aloqalar tushuniladi. U ulgurji va chakana savdoni, tashish va saqlashni o‘z ichiga oladi. Bizning iqtisodiy sharoitimizda marketingning tovar siyosati kabi vazifasi ham muhim ahamiyatga ega.
Har tomonlama o‘ylab yuritilgan tovar siyosati resurslardan samarali foydalanish imkonini beradi. Tovar siyosati har bir ishlab chiqarilgan mahsulotning aniq iste'molchilar guruhiga mo‘ljallangan bo‘lishini ta'minlaydi. Ya'ni, har qanday tovar aniq iste'mol manziliga ega bo‘lishi kerak. Bizning ichki bozorimiz, unga chiqarilgan tovar assortimentining, amalda mavjud bo‘lmagan «o‘rtacha» deb ataluvchi iste'molchiga mo‘ljallanganidan juda ham yutqazadi. Chunki xaridor qiziqishi va didiga qarab taqsimlangan tovarlar tanlash imkonini bermaydi. Marketingli yondashuvda bunday vaziyatlar yuz berishidan mustasno.
Yuqorida sanab o‘tilgan marketing harakatlarining barchasidan bir vaqtda foydalanish lozim. Mana shundagina marketingli faoliyat iste'molchidan sanoat korxonalariga va savdoga, ulardan esa qarama-qarshi yo‘nalishdagi uzluksiz axborot oqimini ta'minlaydi. Bu esa o‘z vaqtida ishlab chiqarishda, tovar assortimentiga, sotish shartlariga, xizmat ko‘rsatish sohasiga o‘zgartirishlar kiritishga imkon beradi. Marketingning sanab o‘tilgan maqsadlari va vazifalari bozor faoliyatini tashkil qilish to‘g‘risida to‘liq tushuncha bera olmaydi. Chunki bozor muammolarini to‘liq hal qilish uchun tayyor resteptning o‘zi bo‘lishi mumkin emas. Marketingni qo‘llashdan oldin avvalambor sharoitni, eng asosiy ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot darajasini hisobga olish lozim. Chunki marketing - murakkab, harakat va sabr-toqat talab qiluvchi, shu bilan birga tez samara beruvchi ishdir. U bir tomondan aholining yetarli darajada yuqori bo‘lgan ehtiyoji va talabiga, uning xarid qobiliyatiga, ikkinchi tarafdan tovar va xizmatlarni tanlashdagi erkinlikka javob berishi kerak. Bozor harakatining katta radiusini ta'minlash uchun tovar assortimentini tez o‘zgartirish, uni ommaviy ravishda o‘zlashtirishga javob beradigan bo‘lishi lozim. Bularning barchasi talab va taklifni muvozanatlashtirishga imkon beradi. Bundan tashqari, marketingli faoliyat yuritish uchun, korxonani boshqarish va rejalashtirish tizimidan, taqsimot, ichki bozordagi va tashqi savdodagi aloqalar, yuqori darajada jiqozlangan bozor kanallari orqali realizastiya qilishdan iborat tashkiliy masalalarni hal qilish zarur. Bugungi kunda barcha tovar ishlab chiqaruvchilar, iste'molchilar va shu bilan birga boshqa soha xodimlari ham marketing nuqtayi nazaridan fikrlay olishlari va undan samarali foydalanishlari lozim.

Yüklə 148,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin