Guruh talabasi abdumalikov g’iyosiddin



Yüklə 82,79 Kb.
səhifə1/4
tarix17.10.2023
ölçüsü82,79 Kb.
#156707
  1   2   3   4
1 AXBOROT VA UNING TURLARINI TURLI SOHALARDA QOLLANILISHI


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
GULISTON DAVLAT UNIVERSITETI
FILOLOGIYA FAKULTETI “FILOLOGIYA VA TILLARNI
O’QITISH – O’ZBEK TILI” TA’LIM YO’NALISHI
2-KURS 38.21-GURUH TALABASI
ABDUMALIKOV G’IYOSIDDINNING ‘TA’LIMDA AXBOROT
TEXNOLOGIYALARI” FANIDAN TAYYORLAGAN

MUSTAQIL ISHI

MAVZU: AXBOROT VA UNING TURLARINI TURLI SOHALARDA QO’LLANILISHI




BAJARDI: ABDUMALIKOV G’IYOSIDDIN
O’QITUVCHI: ALIJON QUDRATOV

GULISTON – 2023


AXBOROT VA UNING TURLARINI TURLI SOHALARDA QO’LLANILISHI
REJA:

  1. Axborot haqida tushuncha

  2. Axborot turlarining sohalarda qo’lanilishi

  3. Foydalanilgan adabiyotlar

  4. Xulosa

Axborot (lotincha «informatio»-tushuntirmoq, bayon etmoq) zamonaviy fan va siyosatning asosiy tushunchalaridan biri; dastlab kishilar tomonidan og`zaki, keyinroq yozma yoki boshqa shakllar uzatilgan ma`lumot; XX asrning o`rtalaridan boshlab insonlararo, inson-avtomat, avtomat-avtomat o`rtasidagi ma`lumot hamda hayvonlar va o`simliklardagi signal almashinuvi, hujayrada hujayraga muayyan belgilarning uzatilishi va shu kabilarni anglata boshlagan.


Ijtimoiy hayotga tatbiqan axborot-kishilar, predmetlar, faktlar, hodisalar, jarayonlar va shu kabilar haqidagi ma`lumot (ma`lumotlar majmui)ni anglatadi.
Axborotlashtirish-axborot resurslarini shakllantirish va ulardan foydalanish hisobiga fuqarolar, davlat hokimiyati va o`z-o`zini boshqarish organlari, tashkilotlar va jamoat birlashmalarining axborot sohasidagi ehtiyojlarini qondirish, huquqlarini ro`yobga chiqarish maqsadida optimal sharoitlarni yaratish uchun tashkil etiladigan ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-texnik jarayonlar majmui.
Informatsion jarayonlar-axborotni qidirish, yig`ish, qayta ishlash, to`plash, saqlash va tarqatish jarayoni.
Axborot tizimi (informatsion sistema)-informatsion jarayonlarni amalga oshiruvchi tartibga solingan hujjatlar hamda axborot texnologiyalari majmui kabi) axborot tizimlaridagi alohida hujjatlar va hujjatlar majmui.
Ijtimoiy-siyosiy axborot- ijtimoiy va siyosiy hayot borasida jamiyat a`zolari, ijtimoiy guruhlar, siyosiy tashkilotlar o`rtasida almashinuv predmeti hisoblangan va ular o`z faoliyatida foydalanadigan bilimlar, ma`lumotlar va xabarlar majmui.
Ijtimoiy-siyosiy axborotlar insonlar o`rtasidagi aloqalar, siyosiy jarayonlar, jamiyatni boshqarish, ilmiy, o`quv va tarbiyaviy ishlarni tashkil etish, targ`ibot va tashviqotni amalga oshirishda tobora muhim va ustuvor ahamiyat kasb etmoqda.
To`laligi, asoslanganligi va ishonchliligi muhim ahamiyat kasb etadigan ijtimoiy-siyosiy axborotlarni ishlab chiqishda fan, ularni tarqatishda OAV muhim rol’ o`ynaydi.
Axborot madaniyati texnik-texnologik va ijtimoiy-madaniy jihatlarga ega. Texnik-texnologik jihatdan axborot madaniyati axborotni olish, qayta ishlash, saqlash va etkazib berishga xizmat qiladigan texnik-axborot vositalari va ulardan oqilona foydalanish usullari haqidagi bilimlar tizimini anglatadi.
Ijtimoiy-madaniy ma`noda axborot madaniyati insonning muayyan ma`naviy-axloqiy, siyosiy, huquqiy va estetik qadriyatlarni o`zlashtirgan holda axborot  maydonida hayotiy faoliyat ko`rsatishini anglatadi.

Yüklə 82,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin