Hayotta qonun barchaga barobarmi?



Yüklə 14,32 Kb.
tarix22.03.2023
ölçüsü14,32 Kb.
#89007
иншо


Hayotta qonun barchaga barobarmi?

Qonun ustuvorligi shaxsga o‘z huquq va erkinliklarini mone’liksiz amalga oshirish, o‘z hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari qonunan kafolatlanganligi tufayli tinch, osoyishta, xotirjam, hech qanday tashqi ta’sirlardan, zo‘ravonlik va o‘zboshimchalikdan qo‘rqmay yashash imkoniyatini beradi.


Agar jamiyatda qonun ustuvorligi ta’minlanmasa odamlarda nafaqat bugungi, balki ertangi kuniga ham ishonch yo‘qoladi, adolat, tenglik, erkinlikka rioya qilinmaydi. Qonun ustuvorligi ta’minlanmagan jamiyatda iqtisod ham rivojlanmaydi, iqtisodiy islohotlar ham samara bermaydi.
Mamlakatimizda qonun ustuvorligini ta’minlashning zarur normativ-huquqiy va tashkiliy institutsional asoslari shakllantirilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining III bobi «Konstitutsiya va qonunning ustunligi» deb nomlanishi ham bejiz emas albatta.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 18-moddasida O‘zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo‘lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeyidan qat’i nazar, qonun oldida tengdirlar deb belgilangan.
Teng huquqlilik — turli millat va elatlarning teng huquqliligini, barcha fuqarolarning qonun va sud oldidagi teng huquq liligini, kasb tanlashda, bilim olishda, umuman shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy huquqlardan foydala nishdagi teng huquqlilikni o‘z ichiga oladi.
Qonun - inson, jamiyat va davlat manfaatlari nuqtai nazaridan eng muhim hisoblanadigan ijtimoiy munosabatlarni mustahkamlash, rivojlantirish va tartibga solish vositasi.
Jamiyatdagi barcha munosabatlar qonun bilan tartibga solinadi. Shu munosabatlarni belgilovchi normalarni buzganlar hech bir istisnosiz javobgar bo‘ladi.
Qonun qabul qilinar ekan u Kostitutsiya tomindan himoya qilinadi. Negaki har qanday qabul qilingan qonun-qoidalar hamma uchun barobar. Qonunni buzgan har qanday shaxs jinoiy yokida ma’muriy javobgarlikka tortiladi.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, Konstitutsiya va qonunlarga hurmat ruhida qarashni turmushimizning ajralmas qismiga aylantirishimiz va ulardagi insonparvar qoidalarga rioya qilishni o‘zimizda tarbiyalab borishimiz kerak.
Qonun ustuvorligi tamoyili birinchidan, jamiyat hayotining barcha jab-halarida qonunlarning qatʼiy hukmronligini bildirib, yuqorida taʼkidlanganidek, barcha davlat organlari, mansabdor shaxslar va fuqarolarning konstitutsiya va qonunlarga soʻzsiz itoat etishida namoyon bo‘ladi.

Yüklə 14,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin