I bob. Iqtisodiyotning rivojlanishida xalqaro valyuta munosabatlarining roli va ahamiyati



Yüklə 483,07 Kb.
səhifə1/8
tarix13.06.2023
ölçüsü483,07 Kb.
#129549
  1   2   3   4   5   6   7   8

XALQARO MOLIYA MUNOSABATLARI BARQARORLIGINI TA’MINLASHDA VALYUTA SIYOSATINING O’RNI
KIRISH
I BOB. IQTISODIYOTNING RIVOJLANISHIDA XALQARO VALYUTA MUNOSABATLARINING ROLI VA AHAMIYATI.
1.1.Xalqaro valyuta munosabatlari tushunchasi, mazmuni va ularning asosiy ishtirokchilari.
1.2.Oltinning xalqaro valyuta munosabatlaridagi ahamiyati.
1.3.O’zbekiston Respublikasi valyuta munosabatlari va ularni tartibga solishning huquqiy asoslari.
II BOB. XALQARO MOLIYA MUNOSABATLARI BARQARORLIGINI TA’MINLASHDA VALYUTA SIYOSATI TAHLILI.
2.1. Xalqaro moliya munosabatlari barqarorligida valyuta kursi va unga ta’sir etuvchi omillar tahlili.
2.2. Valyuta kursi o’zgarishi xalqaro moliya munosabatlari barqarorligiga ta’siri tahlili.
III BOB. O`ZBEKISTON RESPUBLIKASINING XALQARO VALYUTA MUNOSABATLARINI MUVOVIQLASHTIRISH
3.1 Valyuta erkin almashinuviga o’tishning xorijiy davlatlar tajribalari va ularni O’zbekistonda qo’llash tendensiyalari.
3.2. Xalqaro valyuta munosabatlari muammolarini bartaraf etish.
XULOSA VA TAKLIFLAR
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI


Kirish
Bitiruv malakaviy ishi mavzusining dolzarbligi:Har qaysi mamlakatda valyuta muomalasining haddan ziyod ma’muriy tartibga solinishi alohida tarmoqlar va xo’jalik yurituvchi sub’ektlar uchun imtiyoz hamda preferentsiyalarning kam samarali tizimini asossiz ravishda shakllantirishga yo’l ochadi. Biznes yuritishda teng bo’lmagan shart-sharoitlar vujudga kelishi esa raqobatning bozor tamoyillari buzilishiga olib keladi. Xorijiy investitsiyalarni jalb etish, tovarlar va xizmatlar eksportini oshirish, umuman, mamlakat iqtisodiy rivojlanishida to’sqinlik qiluvchi omilga aylanadi. O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotini zamonaviy modernizatsiyalash bosqichida mamlakatning xalqaro valyuta-kredit munosabatlarini tashkil qilish va tartibga solish borasida kata yutuqlarga erishildi. Xususan, tashqi savdo aylanmasining ijobiy saldosi ta’minlandi, xalqaro moliya institutlari bilan samarali hamkorlik yo‘lga qo'yildi. Eng muhimi - davlat tashqi qarzining me’yoriy darajadan oshib ketishiga yo‘l qo‘yilmadi. Hozirgi kunda valyuta siyosati hamda tashqi savdo faoliyati sohasini takomillashtirish bo’yicha ko’rilayotgan chora-tadbirlarni alohida e’tirof etish joiz. Aytish kerakki, davlatimiz rahbarining 2017-yil 2-sentyabrdagi - Valyuta siyosatini liberallashtirish bo’yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to’g’risida1gi Farmoni bunda dasturilamal bo’lib xizmat qilayapti. Avvalo, mazkur hujjat 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq va valyuta sohasini tartibga solishning bozor mexanizmlarini joriy etish, respublika eksport salohiyatini yuksaltirishni rag’batlantirish, tog’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalarni faol jalb qilish, mahalliy ishlab chiqaruvchilarning bozorlardagi raqobatdoshligini oshirish, mamlakatimizda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash maqsadida qabul qilinganini ta’kidlash o’rinlidir.
Markaziy bank 2017-yil 4-sentyabrda AQSh dollarining bozor mexanizmlariga muvofiq shakllantirilgan rasmiy kursini o’rnatdi. Bunda nimaga tayanildi? Bozor kursi talab hamda taklif mutanosibligidan kelib chiqadi. Shu bois bozor to’laqonli ishlay boshlaganidan keyingina bozor kursi qanday bo’lishi aytilishi lozim. Endi Markaziy bank tomonidan, avvalgidek, maqsadli devalvatsiyaning amalga oshirilishi siyosati bir oz o’zgaradi. Natijada, asosan, eng yirik bitimlar tuziladigan birja va banklardagi oldi-sotdi kurslari asos qilib olingan holda, bozor mexanizmidagi real talab hamda taklifdan kelib chiqilgan kurs belgilanadi. Bunda dastlabki oylarda xorijiy valyutaga nisbatan talab foydasini to’liq repatriatsiya qila olmayotgan tashkilotlar hisobiga yuqori bo’lishi kutiladi. Bu - kurs oshishi mumkin, degani. Biroq agar xorijiy valyutaga bo’lgan talab еtarlicha taklif bilan qondirilsa, ozgina vaqt o’tib, o’z-o’zidan tabiiy, bozor mexanizmiga asoslangan barqaror bozor kursi amal qila boshlaydi. Bozor kursi yaxshigina tebranishi ham mumkin. Chunki talab va taklif turli omillar ta’sirida o’zgarishdan xoli emas. Talab hamda taklif mutanosibligi o’zgarishiga qarab esa kurs tebranadi. Markaziy bank faqatgina keskin tebranishlar bo’lmasligi uchun aralashishi mumkin. Yana bir e’tiborli holat. Markaziy bank 2017-yil 5-sentyabrdan boshlab chet el valyutalarining so’mga nisbatan kursini belgilashda Qozog’iston, Qirg’iziston,Tojikiston, Turkmaniston va hatto, Afg’oniston milliy valyutalarini ham kiritdi. Ilgari mazkur valyutalarning so’mga nisbatan rasmiy kursi belgilanmas, hatto, ularda eksport-import shartnomalari tuzilishiga ham yo’l qo’yilmasdi. Bu bir qarashda juda arzimas holatdek tuyulishi mumkin. Biroq buning negizida juda katta ramziy ma’no hamda ishoralar bor. Ya’ni shu orqali qo’shni mamlakatlar bilan savdo-sotiq munosabatlari rivojlanadi.

Yüklə 483,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin