Kimyo fanidan test savollari 10-sinf uchun
I.Organik kimyo tarixi. Organik birikmalarning o’ziga xos xususiyatlari 1. 1828-yilda qaysi olim ammoniy sianatdan mochevinani sintez qilgan?
A) F.Vyoler B) M.Bertole C) A.M.Butlerov D) N.N.Zinin
2. Organik birikmalar yondirilganda qanday moddalar hosil bo’ladi?
A) vodorod va kislorod B) karbonat angidrid va suv C) karbonat angidrid va vodorod
D) is gazi va suv
3. Quyida keltirilgan fikrni davom ettiring. Organik reaksiyalar anorganik moddalar orasidagi reaksiyalarga nisbatan sekin boradi. Chunki organik birikma … bog’lar orqali bog’langan.
A) ion B) vodorod C) kovalent D) metal
4. n-butanning izomerlar sonini aniqlang.
A) 1 B) 2 C) 3 D) 4
5. 1854-yili fransuz kimyogari M.Bertlo qaysi moddani olgan?
A) karbon kislotani B) yog’ni C) murakkab efirni D) spirtni
II. Organik moddalarning tuzilish nazariyasi 1.Organik birikmalarda C, O, H atomlari qanday valentliklarni namoyon qiladi?
A) 2,3,4 B) 4,2,1 C) 4,2,2 D) 2,2,1
2. C2H5OH suvli eritmasiga lakmus qog’oz tushirilganda uning rangi qanday o’zgaradi?
A) qizaradi B) ko’karadi C) rangi o’zgarmaydi D) binafsha rangga kiradi
3. Metanalda uglerodning oksidlanish darajasi nechaga teng?
A) 0 B)+2 C) -4 D) -2
4. Organik birikmalarda uglerodning valentligi nechaga teng?
A) 2 B) 4 C) 1,2 D) 2,4
5. 2 mol natriy etilat tarkibidagi atomlar sonini toping?
A) 10,836*1024 B) 18,06*1024 C) 54,18*1023 D) 9*1023 III. Izomeriya va uning turlari 1.Izomeriya tushunchasini kimyo faniga kim kiritgan?
A) A.Butlerov B) I.Berselius C) F.Vyoler D) N.Zinin
2. Molekuladagi atomlar soni ortib borishi bilan … .
A) izomerlar soni kamayib boradi B) izomerlar soni ortib boradi
C) izomerlar soni o’zgarmaydi
3. Uglerod atomlari bir-biri bilan bog’lanib tarmoqlangan yoki tarmoqlanmagan zanjirlarni hosil qilishi qaysi izomeriya turiga xos?
A) holat B) geometrik C) tuzilish yoki zanjir D) sinflararo
4. Funksional guruhlar asosiy uglerod zanjiridagi boshqa uglerod atomiga bog’lanib kelishi bilan bog’liq izomeriya qanday nomlanadi?
A) holat B) geometrik C) tuzilish yoki zanjir D) sinflararo
5. Geometrik (sis, trans) izomeriya hosil qilishda qaysi bog’ qatnashadi?
A) uglerod va uglerod atomlari orasidagi π bog’ B) uglerod va H2 atomlari orasidagi δ bog’
C) uglerod va uglerod atomlari orasidagi δ bog’ D) uglerod va H2 atomlari orasidagi π bog’