IJODIY VA LATERAL FIKRLASHNING XUSUSIYATLARI. Reja: Ijodiy fikrlash haqida.
Lateral fikrlash haqida.
Ijodiy va lateral fikrlashning xususiyatlari.
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar.
KIRISH. Ma’lumki, har bir mamlakat iqtisodiyotining yuksalishi, rivojlanishi o‘sha
mamlakat ta’lim tizimining rivojlanganligiga bog‘liqdir. Hozirda yangilanayotgan
jamiyat uchun hamda erkinlashayotgan iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy munosabatlar
uchun, avvalo, shu sifatlarga mos tarzda faoliyat ko‘rsatishga qodir ta’lim tizimi zarur. Shuning uchun ham ta’lim tizimiga O‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy taraqqiyoti sohasida ustuvor yunalish deb yondashiladi. Mustaqil ta’lim olish jarayonida kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarda ijodkorlik qobiliyatlarini rivojlantirish dolzarb masala ekanligini e’tirof etar ekanmiz, ta’limni tizimli isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash, zamonaviy bilim va yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega, mustaqil fikrlaydigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash jarayonini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish, boshlang‘ich ta’lim ta’limni modernizatsiya qilish, ilg‘or ta’lim texnologiyalariga asoslangan holda ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish maqsadida qabul qilingan barcha hukumat qaror, farmonlari mazkur muammolarni bartaraf etishga qaratilganligini e’tirof etish mumkin.
O‘quv jarayonida o‘quvchilarning ijodkorlik qobiliyatlarini rivojlantirish
muammolarini hal etish doimiy dolzarb hisoblangan masala hisoblanadi. Shu bois,
“Ta’lim to‘g‘risida” gi Qonunda mustaqil fikrlaydigan, yuqori malakali mutaxassis
kadrlar tayyorlash tizimi aks ettirilgan. Shuningdek, mazkur muammolarni tizimli hal qilish borasida Respublikada huquqiy me’yoriy asoslar yaratildi. O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5712-sonli Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 08.12.2018 dagi 997-son “Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot Tashkiloti tomonidan o‘tkaziladigan PISA va TALIS xalqaro tadqiqotlarida ishtirok etishi to‘g‘risida1”gi Qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 06.04.2017-yildagi "Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida" 187-sonli qarori, shuningdek, o‘quvchilarga bilim berish, ularda ko‘nikma va malakalarni rivojlantirish va hayotiy kompetensiyalarni tarkib toptirishga oid bo‘lgan yondashuvlarni tahlil qila turib, shuni aytish mumkinki, o‘quv jarayonida
mustaqil ishlarni tashkil etish zarurligining ahamiyatini avvaldan anglab yetganlarini ko‘rish mumkin. F.A.Disterveg o‘quvchilarni aqliy kuchlarini rivojlantirish g‘oyasini ko‘rib chiqib, shuni ta’kidlagan: “rivojlanish va ta’lim hech bir insonga berilishi va yetkazilishi mumkin emas. Har kim bunga shaxsiy faoliyati bilan erishishi kerak. Inson o‘zining mustaqil yo‘l bilan egallamagani - uniki hisoblanmaydi” deb fikr bildirgan. Buyuk mutafakkirimiz Abdulla Avloniyning fikricha, - “Fikr tarbiyasi eng kerakli, ko‘p zamonlardan taqdir (orzu) qilib kelingan, muallimlarning diqqatlariga suyalgan va vijdonlariga yuklangan muqaddas bir vazifadir. Fikr insonni sharofatlik, g‘ayratlik bo‘lishiga sabab bo‘lur”- deb yozadi o‘zining “Turkiy guliston yoxud axloq” asarida.
Yana shu asarida badan tarbiyasi bilan bir qatorda fikr tarbiyasiga ham alohida
ahamiyat beradi. Uning takidlashicha, fikr tarbiyasi “ muallimning yordamiga so‘ng darajada muxtojdir” va inson hayotida muhim ahamiyatga ega: “Fikr agar yaxshi tarbiyat topsa, Xanjar olmosdan bo‘lur o‘tkur.
Fikrning oynasi olursa zang, Ruhi ravshan zamir o‘lur benur” deb aytib o‘tganlar. L.V.Golish va D.M.Fayzullayevalar o‘zining olib borgan ilmiy tadqiqot ishlarida ta’lim oluvchilar tomonidan mustaqil ishni bajarishda ularning faoliyati tizimida ko‘rsatilgan har bir elementlarning muvaffaqiyatli rejalashtirish, tashkillashtirish, monitoring va baholash zarur ekanligini asoslab berishgan. M.Barakayevning ilmiy-pedagogik tadqiqot ishlarini o‘rganib, “Mustaqil ta’lim – ta’lim tizimida ta’limning shunday bir shaklidirki, bunda talabalarning o‘quv faoliyati pedagog tomonidan boshqarilib, topshiriqlar beriladi, maslahatlar uyushtiriladi va bajarilishi nazorat qilinadi” deb ta’kidlaydi. O‘zbekiston Respublikasida boshlang‘ich ta’limni tizimli isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash, zamonaviy bilim va yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega, mustaqil fikrlaydigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash jarayonini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish, ta’limni modernizatsiya qilish, ilg‘or ta’lim texnologiyalariga asoslangan holda ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish borasida katta ishlar olib borilmoqda.
Jumladan, dars va darsdan tashqari jarayonlarda o‘quvchilarning mustaqil
ishta’lim soatlari ulushini oshirish, talabalarda mustaqil ta’lim olish, tanqidiy va ijodiy fikrlash, tizimli tahlil qilish, tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish, o‘quv jarayonida kompetensiyalarni kuchaytirishga qaratilgan metodika va texnologiyalarni joriy etish, o‘quv jarayonini amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishga yo‘naltirish, bu borada o‘quv jarayoniga xalqaro ta’lim standartlariga asoslangan ilg‘or pedagogik texnologiyalar, o‘quv dasturlari va o‘quv uslubiy materiallarni keng joriy etish masalalarida o‘quvchilarning mustaqil ishlash ko‘nikmalarini uzluksiz ta’minlash orqali ulardagi zaruriy kompetensiyalar, ijodiy yaratuvchanlik, tadqiqotchilik, mantiqiy tafakkurini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilgan.
Bugungi kundagi ta’lim tizimida olib borilayotgan islohotlar o‘quvchilarni
mustaqil fikrlashini rivojlantirish, individual ta’lim trayektoriyalariga asoslangan,
ularda kreativ fikrlash, amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishga oid muammolarni
bartaraf etishga qaratilgandir. Boshlang‘ich sinflarda bu vazifalarni amalga oshirishga bosqichma-bosqich o‘tish rejalashtirilgan. O‘quv jarayonida o‘quvchilarda tashkilotchilik qobiliyati, kompetensiyalarni kuchaytirishga qaratilgan metodika va texnologiyalarni joriy etish, o‘quv jarayonini amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishga yo‘naltirish, bu borada o‘quv jarayoniga xalqaro ta’lim standartlariga asoslangan ilg‘or pedagogik texnologiyalar, o‘quv dasturlari va o‘quv uslubiy materiallarni keng joriy etish bugungi kunning asosiy vazifalaridan biridir.
Zamonaviy sharoitda ta’lim jarayonining barcha imkoniyatlariga ko‘ra shaxsni rivojlantirish, ijtimoiylashtirish va unda mustaqil, tanqidiy, ijodiy fikrlash
qobiliyatlarini tarbiyalashga yo‘naltirilishi talab qilinmoqda. O'quvchilarning fikrlash darajasini faol rivojlantirish, tabiiy sikl mavzulariga qiziqish uyg'otish va o'quvchilarda ekologik dunyoqarashni shakllantirishga men dars uslublariga eng yangi pedagogik texnologiyalarni kiritish orqali erishaman. Hatto Ushinskiy: "Bilimlar to'planmasdan rivojlanish - bu sovun pufagi", degan. Talabalarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlanishiga ko'maklashish uchun darsni o'qitishning shakllari va usullarini o'zgartirish, ularni diversifikatsiya qilish va o'quvchini o'quv jarayonining faol ishtirokchisiga aylantirish zarur. O'qituvchi va talabaning darsdagi birgalikdagi ishi bu darsni interaktiv qiladi. Shunday qilib, ta'limning yangi, nostandart (interaktiv) shakllari, o'quvchilarga shaxsiy yondashuv- ta'lim va tarbiya vazifalarini samarali hal qilishga, o'quvchilarning kognitiv faolligini oshirishga va har bir o'quvchining ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan ta'lim faoliyatini takomillashtirish usullari.
Har qanday dars qiziqarli va ma'lumotli bo'lishi uchun, men har bir mavzuni
rejalashtirishda, noma'lum, sirli joy qoldirishni muhim deb hisoblayman, shunda har bir dars katta fan olamiga kichik oyna bo'ladi. Buning uchun har qanday vazifaga mantiqni rivojlantirish, sabab-oqibat munosabatlarini aniqlash bilan bog'liq elementlarni kiritaman. Va bu erda eng qiyin narsa - bu reproduktiv emas, balki rivojlanuvchi va dars turidan qat'i nazar, hatto darsda ham, men dars beradigan vazifalarni o'z ichiga oladigan vazifalarni tanlash - bu nafaqat o'rgatibgina qolmay, balki "diqqatga sazovor joylarni" ham o'z ichiga oladi. ijodiy fikrlashni rivojlantirishga hissa qo'shadi.