O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA TA’LIM VAZIRLIGI ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI “IJTIMOIY-IQTISODIYOT” FAKULTETI IRB 201 guruh “Iqtisodiyot” fanidan
KURS ISHI
MAVZU:Jahon bozori, xalqaro savdo
Bajardi:To’raboyev Islomjon Ilmiy rahbar: XUSANOVA ZULFIYA
Mundarija 1.Kirish………………………………………………………….….………………3
2.Jahon bozori va Xalqro savdoning rivojlanish bosqichlari……….…..……….….5
3.Jahon bozori va xalqaro savdoning predmenti va vazifalari……………………..12
4.O‘zbekistonning jahon bozoridagi o‘rni va xalqaro
tashkilotlar bilan hamkorligi……………………………………...…….................19
5.O'zbekistonni Xalqqaro savdoga ishtirok etish uchun afzalliklari , istiqbollari.....24
Xulosa………………………………………………………………………….…36Foydalingan adabiyotlar………………………………………………………..37
Kirish. Avvalambor, jahob bozori va xalqaro savdo mavzusi keng qamrovli mavzu bo’lib, bu butun dunyoning iqtisodiyoti va siyosatiga katta ta’sir etadi.
Jahon bozori xalqaro birjalar, savdo uylari, banklar, sugʻurta kompaniyalaridan iborat bulgan oʻz infratuzilmasiga ega. Jahon bozori toʻlovlar va hisob-kitoblar xalqaro pul vazifasini oʻtovchi barqaror, erkin almashtiriladigan valyutalar, maye, AQSH dollari, Yaponiya iyenasi va yevroda olib boriladi. Jahon bozori ixtisoslashgan xalqaro birjalardan iborat yirik segmentlariga ega. Maye, Chikago don birjasi, Liverpul paxta birjasi va London rangli metallar birjasi va boshqalar. Jahon bozorida savdo-sotiq xalqaro birja bitimlari, ikki tomonlama yoki koʻp tomonlama birjadan tashqari bitimlar yoʻnalishlarida boradi.
Jahon bozoridagi savdo-sotiqni maxsus tashkilot — Jahon savdo tashqishyuti boshqarib boradi, davlatlararo savdo tartibi va qoidalarini belgilab beradi, unga aʼzo boʻlganlar oʻzlari uchun qulay savdo qilish huquqini oladilar. Iqtisodiyotning eng muhim quroli talab va taklif modelidir. Tovarlar va xizmatlar narxlarni belgilovchi bozorlarda sotiladi. Bozorlar o'z ichiga oladi oziq-ovqat do'konlari, fond bozori, valyuta bozori, xalqaro avtomobillar bozori va boshqalar. Bozor operatsiyalarida pul o'zaro almashadi kelishilgan narxlarda xaridorlar va sotuvchilar bilan. Xaridor va sotuvchi farqqilganda xalqaro tranzaktsiya sodir bo'ladigon mamlakatlar. Valyuta kursi xalqaro operatsiyalarda ishtirok etadisotuvchiga sotiladigan xaridorning valyutasi. Xalqaro iqtisodiyotda hukumatlar importga tariflar yoki cheklov bilan soliq solishlari mumkin kvotalar yoki tarifsiz to'siqlar bilan operatsiyalar. Hukumatlar ham subsidiyalar berishi mumkin eksport. Xalqaro iqtisodiyot ishchi kuchining harakatchanligining yo'qligi bilan tavsiflanadi milliy chegaralar orqali. Kapital va investitsiyalar ham harakatni qiyinlashtiradi. Jahon bozorining ulkan salohiyati milliy bozorlarga juda katta taʼsir oʻtkazadi, bu taʼsir mamlakatlarning manfaatlari nuqtai nazaridan ijobiy yoki salbiy boʻlishi mumkin. Jahon bozori sigʻimi jami mamlakatlar bozor talabining import hisobiga qondiriladigan qismlari yigʻindisiga teng.
3
Jahon bozorida sanoati rivojlangan mamlakatlar ishtiroki ustunlik qiladi va ular tayyor mahsulot bilan (jahon tovar eksportining 70 % dan koʻprogʻi) qatnashadilar, rivojlanayotgan mamlakatlar asosan xom ashyo va ishchi kuchi eksporti bilan ishtirok etadilar. Jahon bozorini rivojlanib borishida qadimgi xalqlarining bir biri bilan aloqalari ham muhim o’rin tutadi. Masalan, “Buyuk ipak yo’li” tarixga nazar soladigon bo’lsak shuni ko’rishimiz mumkun. Buyuk ipak yo’li-insoniyat rivojlanishi tarixining ,uning birlashuviga hamda madaniy qadriyatlari bilan almashishga ,hayotiy fazo-yu mahsulotlarni sotish uchun bozorlarga erishishga intilishning o’ziga xos bo’lgan hodisasidir.Insoniyat tarixida eng ulkan bo’lgan ushbu qit’alararo savdo yo’li Yevropa va Osiyoni bir-biriga bog’lab o’tmishda antik Rim davlatidan to Yaponiyaning qadimgi poytaxti Nara shahrigacha cho’zilgan edi, Ko’rib turibmizki keng qamrovli savdo yo’llari tarixan dunyo aholisini, jahon bozorini bir biriga bog’lab turgan. Bugungi kunda davlat va xo’ jalik yurituvchi subyektlarning tashqi iqtisodiy aloqalarini pul bozori yoki valuta bozori, undagi valuta operatsiyalarining rivojisiz tasavvur qilib bo lmaydi. Shu sababli xorijiy valutalar bilan bog liq jahon tajribasini o’ rganish O’ zbekiston va Markaziy Osiyoning boshqa davlatlarida shakllanayotgan bozor iqtisodiyoti uchun katta ahamiyat kasb etadi. Mustaqillikning birinchi kunidanoq ushbu masala Respublikamiz Prezidenti va Hukumatining diqqat-e tiborida bo’ ldi. Dastlab O’zbekiston Respublikasida milliy pul birligi «so’ m»ni muomalaga kiritish va hozirgi davrga kelib, respublikada valuta tizimini barpo etish, uni rivojlantirish bilan bog liq bir talay ishlar amalga oshirildi. Natijada Respublikamizda valuta birjasi shakllandi va u valutalar oldi-sotdisi bilan bog liq operatsiyalarni muvaffaqiyatli amalga oshirmoqda.O’zbekistonning jahon hamjamiyatiga asta-sekin integratsiyalashuvi, Xalqaro Valuta Fondi hamda Xalqaro Taraqqiyot va Tiklanish Bankiga a zo bo lib kirishi jahonning valuta, kredit, qimmatli qog ozlar hamda oltin bozorlarida qabul qilingan zamonaviy kodeksini bilishni talab etadi. «Xalqaro valuta-kredit munosabatlari» kursida ushbu munosabatlarning iqtisodiy kategoriyalari, rivojlanish qonuniyatlari, asosiy tamoyillari va tashkil etish shakllari
4
o’rganiladi. Kurs ishida globallashuv sharoitida valuta va valuta munosabatlari, valuta tizimi hamda uning rivojlanish qonuniyatlari, valuta kursi, valuta bozori, valuta operatsiyalari va valuta risklari hamda ularni boshqarish, xalqaro hisob-kitob shakllari, to’ lov va hisob kitob balanslari hamda xalqaro kredit munosabatlari kabi masalalar o’z ifodasini topgan.
Kurs ishi jarayonida dunyodagi geo siyosiy, iqtisodiy, moliyaviy hamda ko’plab mehnat jarayonlarini o’rgandim. Iqtisodiyotda jahon bozori hamda Xalqaro savdo normalarini hamda yurtimizga aloqadorligi, hamkorligi va kelajakdagi istiqbollariga to’xtalib o’tdim. Qanchalik dunyo bozori bilan aloqalar kuchli bo’lsagina davlat shuncha kamol topadi va muvaffaqiyatga erishadi.
Yurtimizda qilinayotgan islohatlar poydevorida ham kuchli davlat siyosati yotadi. Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev tomonidan Jahon savdo tashkiloti (JST)ga qo’shilish uchun harakatlar qilinmoqda.
Loyihada Xalqaro savdo markazi tomonidan “O‘zbekistonning JSTga kirishiga ko‘maklashish” bo‘yicha besh yillik loyihasi Yevropa Ittifoqi tomonidan qo‘llab-quvvatlanmoqda. 2020 yil fevral oyida boshlangan loyiha O‘zbekistonning qo‘shilish jarayonidan foydalanish orqali iqtisodiyotni modernizatsiya qilish bo‘yicha rivojlanish rejalarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan. Ushbu loyihaning maqsadi JST qoidalariga mos keladigan savdo muhitini yaratish orqali O‘zbekistonning iqtisodiy rivojlanishiga ko‘maklashishdan iborat bo‘lib, loyiha Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtiriladi.
Qo‘shilish bo‘yicha muzokaralar dasturining asosiy benefitsiari: Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hisoblanadi. Shuningdek, loyiha O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi, tarmoq biznes tashkilotlari va birlashmalari, eksport-import korxonalari, oliy o‘quv yurtlari, iqtisodiy tadqiqot markazlari va fuqarolik jamiyati tashkilotlari, jumladan, xotin-qizlar, yoshlar va iste’molchilar uyushmalari bilan yaqin hamkorlik qiladi.
5