Ikkinchi o‘rimidan keyin ham azotli o‘g‘itlar solinadi. Azotli o‘g‘itlaming



Yüklə 0,88 Mb.
səhifə1/3
tarix02.12.2023
ölçüsü0,88 Mb.
#171497
  1   2   3
O\'simlikshunoslik Atabayeva X.N. Xudayqulov J.B-33-38 (1)


beradi, ayniqsa, kuzgi boshoqlash davrida, ko‘p yillik o‘tlar qishlab chiqqandan keyin o‘g‘itlansa, erta bahorda solingan azotli o‘g‘it suv yetarli bo‘lganligi uchun tez eriydi va ildiz qatlamiga tushadi.
Qo‘ng‘irboshli ekinlar oziqlantirishga talab sezsa, ikkinchi marotaba nay o‘rash davrida ham qo'shimcha oziqlantiriladi. Bunda vegetativ organlarida oziqa moddalar yig‘iladi, so‘ngra u generativ organlarda to‘planadi. Donning tarkibida azot miqdorini oshirish uchun uni ekin ustiga sepishadi. Ko‘p yillik o‘tlarda azotli o‘g‘itIar birinchi o‘rimda qo‘llaniladi, natijada ikkinchi o‘rimi tez yetiladi.
Ikkinchi o‘rimidan keyin ham azotli o‘g‘itlar solinadi. Azotli o‘g‘itlaming bir yillik me’yorini 60% birinchi o‘rimda, 40% ikkinchi o‘rimda qo‘llanadi. 0 ‘rimlar soni ko‘p bo‘lsa, yillik normaning 45% birinchi o‘rimda, 35% ikkinchi o‘rimda va 20% uchinchi o‘rimda solinadi. Ko‘p yillik dukkakli o‘tlar ekilganda bor va molibden bilan albatta, oz miqdorda qo'shimcha oziqlantiriladi. Buning uchun gektariga 6 kg borat kislotasi yoki 1 kg bor va ammoniy molibdati 200 g/ga 200 litr suvda eritib o‘simlikning balandligi 25-30 sm bo'lganda purkaladi, ammo bu oziqlantirishni shonalash davridan kechiktirmaslik kerak.


1.6. Ekinlarning fotosintetik faoliyati


Ma’lumki, hosil fotosintez jarayonida shakllanadi. Fotosintez jarayoni faol o‘tishi uchun karbonat angidrid, suv va quyosh energiyasi bo‘lishi kerak. Dala sharoitida ekinzor butun bir fotosintetik tizimni tashkil qiladi. Bu tizimning tarkibi murakkab bo‘lib doimo o'zgaruvchan bo‘ladi.


Agar har bir o‘simlikning oziqlanish maydoni kengaysa, yorug‘likdan foydalanish faollashadi, natijada rivojlanish tezlashadi. Ammo har bir tup o‘simlikning mahsuldorligi oshgani bilan tup soni me’yordan kamaytirilsa, gektardan olinadigan hosil oshmasligi mumkin.
Yuqori hosil yetishtirish va uni boshqarish ekinzorlarda (biotse- nozda) fotosintetik jarayonning o‘tishiga bog‘liq boMadi. Yuqori hosil yetishtirish va uni boshqarish biotsenozning fotosintetik faoliyatini muqobil sharoitda o‘tishiga bog‘liqdir.


32

Hosilning shakllanishini boshqarish - bu o‘ta murakkab jara- yon, chunki dala sharoitida biotsenozdagi o‘simliklar boshqa murak­ kab tizimlar (tuproq, mikroorganizmlar, kasallik keltirib chiqaradi­ gan viruslar, begona o'tlar va zararkunandalar) bilan bog‘lanadi.
0 ‘simlikning o‘sishi va rivojlanishiga ta’sir qiladigan ayrim omillar (yog‘ingarchilik, harorat tizimi)ni boshqarish mumkin emas. Ammo meteoma’lumotlami tahlil qilib, shu sharoitga moslashgan navlar, turlami topib ularga mos yetishtirish texnologiyasini yaratish lozim. Hosilga ta’sir qiladigan omillami boshqarish mumkin: tuproq unumdorligi, ma’dan oziqlantirish, begona o‘tlar, kasallik va zarar­ kunandalar bilan kurashish. Hosil shakllanish jarayonida muntazam ravishda o‘simlikni o‘sishi, rivojlanishi nazorat qilinadi va fotosin­ tetik jarayoni talab qilinadigan yo‘nalishda o‘tishini ta’minlash mumkin.
FAR - fotosintetik aktiv radiatsiya. Fotosintezning asosiy xos- salaridan biri - quyosh radiatsiyasi. Ekinzor shunday tashkil qili- nishi zarurki, unda imkon qadar ko‘proq, quyosh radiatsiyasini o‘zlashtirishi kerak va bu quvvat xo‘jalik uchun foydali bo‘lib hosil to‘planishida (urug‘, don, tugunak, ildizmeva va hokazo) qatnashishi maqsadga muvofiqdir.
Fotosintez jarayonida quyosh nurining faqat ko‘rinadigan foto­ sintetik aktiv radiatsiyasi ishtirok etadi. Quyosh nurining uzunligi 380-720 nm. (nanometr yoki millimikron). Bu quyosh nurining xlorofill o‘zlashtiradigan va fotosintezning quvvat manbai hisob- lanadi. 0 ‘rtacha quyosh radiatsiyasining 56% ni FAR tashkil qiladi. Quyosh radiatsiyasining qizil nurlari fotosintez jarayonida qatnash- maydi. Har xil geografik mintaqalar uchun yer yuziga tushadigan FARning miqdori aniqlangan va maxsus ma’lumotnomalarda chop etilgan.
Shakllangan hosilning miqdoriga baho berganda (yuqori, o‘rtacha, past) FARning o‘zlashtirish koefifitsiyentiga qarab aniqlash mumkin. FARning o‘zlashtirish koeffitsiyenti o‘rtacha 2-3% ga to‘g‘ri kelganda yaxshi hosil olinadi.
Ekinlami yetishtirish jarayonida intensiv texnologiyalar qo‘lla- nilib, barcha texnologik ko‘rsatkichlar muqobil me’yorda bo‘lsa, FARni o‘zlashtirish koeffitsiyenti 3,5-5,0% ga yetishi mumkin.


33
0 ‘suv davrida yer yuziga tushadigan quyosh nurining miqdori geografik mintaqalar bo‘yicha har xil bo‘ladi. Tuproq unumdor bo‘lib foydali harorat yig‘indisi ko‘p bo‘lsa, FARni o‘zIashtirish koeffitsiyenti oshadi.
Ekinlarda fotosintetik jarayonning ko ‘rsatkichlari. Ekinzor optik tizimga o‘xshab ekin yuzasiga tushadigan FARni barglar yordamida o‘zlashtiradi. 0 ‘suv davrining boshlanishida ocsimliklar FARni kam o‘zlashtiradi, chunki bargi hali yaxshi rivojlanmagan, barg yuzasi kichik bo‘ladi. Barg yuzasi kattalashgan sari FARni o‘zlashtirishi ko‘payib boradi. Barg yuzasining indeksi 4-5 ga teng bo‘lsa yoki barg yuzasi 40-50 ming kv.m/ga boMganda FARni o‘zlashtirish yuqori ko‘rsatkichga ega bo‘ladi (umumiy radiatsiyani 40% ni tashkil qiladi).
Bargi yaxshi rivojlangan ekinzorlarda FARning 50-60% o‘zlashtiriladi. Shu o‘zlashtirgan radiatsiya fotosintez uchun quvvat manbai bo‘ladi. Ammo, FARni o‘zlashtirish koeffitsiyenti past bo‘ladi. Agar hosilda ekin yuzasiga tushayotgan quyosh nurining 2­ 3% o‘zlashtirilgan bo‘lsa, quruq organik moddaning vazni 10-15 t/ga ni tashkil qiladi yoki don hosili 4-5 t/ga bo‘ladi. Gektarda o'simlikning tup soni kamaysa, FARning 20-25% o (zlashtiritadi, bu holda o ‘zlashtirish koeffitsiyenti 0,5-1,0% bo‘ladi.
Agar ekinzor yagona fotosintetik tizim deb qabul qilinsa, о‘suv davrida shakllanadigan hosil barg yuzasiga, o‘suv davriga va fotosintez mahsuldorligiga bog‘liq bo‘ladi.

Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin