ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
13
PEDAGOGIK FAOLIYATNING PSIXOLOGIK MUAMMOLARI
Muxtorova Lola Botirovna
Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani
14-umumta’lim maktab psixologi
lola.muxtorova1986@mail.ru
https://doi.org/10.5281/zenodo.8012766
Annotatsiya:
ushbu maqolada pedagogik faoliyatning psixologik muammolari, kamchiliklari,
hozirgi kunda pedagogika sohasini rivojlantirish istiqbollari va pedagog faoliyatning
qiyinchiliklaru haqida yoritilgan.
Kalit so’zlar:
motivatsiya, texnik, kompyuter, grafik, predmet, shaxs, nazariy, empiric,
aksiologik,
perseptiv, mnemik,
kommunikativ, izlanuvchanlik, nazorat qilish, baholash,
bixeviorizm, ta’lim-tarbiya,
Pedagogik faoliyat borasida so‘z yuritilganda yuqori mahsuldorlik tushunchasi asosiy o‘rinni
ifodalaydi. Pedagogik faoliyat boshqa faoliyat turlari kabi o‘z
motivatsiyasi, maqsadi,
predmeti, vositalari, usullari, mahsuli va natijasini aks ettiruvchi psixologik mazmunni
ifodalaydi.Pedagogik faoliyatning predmeti bo‘lib, shaxs rivojlanishining
sharti va asosi
bo‘lmish ijtimoiy madaniyatni singdirishga qaratilgan o‘quv faoliyatining manbai hisoblanadi.
Pedagogik faoliyatning vositalari sifatida ilmiy (nazariy va empirik) bilimlarni ko‘rish
mumkin. Yordamchi vositalarga esa texnik, kompyuter, grafik vositalarni kiritish mumkin.
Pedagog faoliyatidagi ijtimoiy-madaniy malakani etkazish bu tushuntirish, ko‘rsatish
(illyustratsiya), darslik mashqlarini tahsil oluvchilar bilan birga ishlash, tahsil oluvchini
bevosita amaliyoti (laboratoriya, amaldagi) va treningdan iborat.
Pedagogik faoliyatning
mahsuli bo‘lib o‘quvchining aksiologik, emotsional-mazmuniy, predmetli,
baholash
mezonlarini aks ettiruvchi individual malakasining shakllanganligi hisoblanadi. Pedagogik
faoliyatning natijasi asosiy maqsaddan kelib chiqqan holda o‘quvchilarning shaxsiy,
intellektual rivojlanishi, ularni o‘quv faoliyatining sub’ekti va shaxs sifatida shakllanishi
hisoblanadi. Pedagogik faoliyatning muhim tarkibiy qismlaridan
biri bu motivatsiya
hisoblanadi. Pedagogik faoliyatda ham o‘quv faoliyatdagi kabi motivatsion soha ajratilib
ko‘rsatiladi. Bu tashqi va ichki motivlardir. Tashqi motiv sifatida biror bir narsaga erishish
istagini, ichki motiv sifatida esa o‘z faoliyatining jarayoni va natijasiga e’tibor berishni misol
qilish mumkin. Pedagogik faoliyat pedagogik vaziyatdagi turli tuman xatti-harakatlarning
umumlashmasidan iborat: perseptiv, mnemik, kommunikativ, izlanuvchanlik, nazorat qilish,
baholash va h.k. Ushbu turli-tuman faoliyatlarning jamlanmasi
bir qancha psixologo-
pedagogik funksiyalarni belgilab beradi. P.F.Kapterev o‘qituvchiga xos bo‘lgan ob’ektiv va
sub’ektiv xususiyatlarni ko‘rsatib o‘tadi. Umumiy ko‘rinishda u quyidagicha aks etadi:
O‘zaro munosabat doirasida o‘qituvchi bilan o‘quvchi o‘rtasidagi ta’sirlashuvning emotsional
darajasini tadqiqot predmeti tarzida qo‘yilishi, xususan, tarbiyachilik faoliyatining
yo‘nalishida kam uchraydi. Bu muammoga oid ishlar jumlasiga Abramova G.S., Beknazarov
A.A., Berns R, SHuvanov I.B. va boshqalarning tadqiqotlarini kiritish mumkin. Aynan ushbu
muammoga aloqador o‘zbek o‘qituvchisiga bag‘ishlangan
ilmiy izlanishlar nihoyatda
kamchilikni tashkil etadi. Bu sohada Beknazarov A.A., Ismagilova F.S., G‘oziev E.G‘. va
boshqalarning ishlarini namuna sifatida sanab o‘tish joiz.
Pedagogik psixologiya - taʼlim va tarbiya muammolarini tadqiq qiladigan psixologiya sohasi. U
shaxsning maqsadga muvofiq rivojlanishini, bilish faoliyatining va insonda ijtimoiy ijobiy