Ilm-fan va innovatsiya ilmiy-amaliy konferensiyasi



Yüklə 342,48 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix20.09.2023
ölçüsü342,48 Kb.
#145929
1   2   3   4
Ilm-fan va innovatsiya 1204

ILM-FAN VA INNOVATSIYA 
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
 
in-academy.uz/index.php/si 
14 
sifatlarni tarbiyalashning psixologik muammolarini oʻrganadi. Pedagogik psixologiyaning 
maqsadi — shartsharoit va boshqa psixologik omillardan kelib chiqqan holda oʻqitishning 
oqilona rivojlantiruvchi taʼsirini kuchaytirish. Pedagogik psixologiya 19-asrning 2yarmida 
vujudga kelgan. Eksperimental psixologiya tadqiqotchilari Pedagogik psixologiya rivojiga 
katta hissa qoʻshganlar. Pedagogik psixologiyaning fan sifatida taraqqiy etishida oʻsha davrda 
yuzaga kelgan psixologik yoʻnalishlar ham turtki berdi. Bixevioristik (qarang Bixeviorizm) 
psixologiya yoʻnalishi tarbiyachi va oʻquvchiga tashqi muhitning taʼsirini Pedagogik 
psixologiya uchun asos qilib oladi. Pedagogik psixologiya umumiy va bolalar psixologiyasi
shuningdek, pedagogika bilan uz-viy bogʻliq. Pedagogik psixologiya, asosan, taʼlim psi-
xologiyasi va tarbiya psixologiyasiga boʻlinadi. Taʼlim psixologiyasi d a oʻquv jarayonida 
xotira, tafakkur, nutq, xayol, irodaning roli, shuningdek, oʻquvchilarning individual 
xususiyatlari (temperamenti, harakte-ri, qiziqishlari), oʻquv predmetlarining oʻziga 
xos’tomonlari, taʼlim jarayonini boshqarishning psixologik tamoyillari va boshqa oʻrganiladi. 
Hozirgi zamon taʼlim psixologiyasida oʻquvchilarga doimiy yangilanib turadigan axborotlarni 
mustaqil oʻzlashtirish imko-niyatini beradigan, ilmiy-texnika yangiliklaridan orqada 
qolmaslikni taʼminlaydigan tafakkur sifatlarini oʻrganish muhim masaladir. Tarbiya psixol o 
giyasining asosiy vazifasi — maktabdagi tarbiyaviy ishlar jarayonida shaxsning shakllanishi 
masalasini ishlab chiqish. Unda shaxsning axloqiy sifatlarining shakllanishiga alohida 
ahamiyat beriladi. Pedagogik psixologiya tadqiqotlari oʻquv materiali mazmunini tanlash, 
oʻquv dasturlari, darsliklar tuzish, taʼlimning har xil bosqichlarida oʻqitish metodlari tizimini 
tashkil qilishda muhim ahamiyatga ega.[1] 
Mamlakatimizda kadrlar tayyorlash milliy dasturini hayotga tatbiq etish jarayonida 
o‘qituvchining yosh avlodga ta’lim va tarbiya berishida jamiyat oldidagi javobgarligi yanada 
ortib boraveradi. Pedagog uchun qo‘shimcha, lekin nisbatan turg’un talablar qatoriga 
kirishuvchanlik, artistlik, shodon xulq, yaxshi did-farosat va boshqalarni kiritish mumkin. Bu 
xususiyatlar eng asosiy o‘rinda turmasada, ammo o‘qituvchi faoliyati uchun katta yordam 
beradi. Bosh va ikkilamchi pedagogik xossalar jamlanib, pedagogning shaxsiyatini aniqlaydi, 
shu jihatlar kuchi bilan har bir o‘qituvchi ajoyib va o‘ziga xos shaxs sifatida namoyon bo‘ladi. 
Jamiyat tomonidan qo‘yiladigan talablardan eng muhimi o‘qituvchining shaxsi va uning kasbi 
bilan bog‘lik xislatlariga qaratilganligidir. 
Pedagogik faoliyat o‘qituvchining o‘quvchiga uni shaxs va intellektual jihatdan rivojlanishiga 
yordam beruvchi ta’limiy va tarbiyaviy ta’sirini o‘z ichiga qamrab oladi. Pedagogik faoliyat 
ham inson faoliyatining boshqa jabhalari kabi tavsiflanadi. Bu eng avvalo maqsadga 
yo‘nalganlik, motivlashganlik, predmetlilikdir. N.V. Kuzmina ta’rifiga ko‘ra, pedagogik 
faoliyatning muhim jihati — bu uning mahsuldorligidir. Pedagogik faoliyat mahsuldorligining 
5 ta darajasi ajratib ko‘rsatiladi: 
I — (minimal) reproduktiv: pedagog o‘zi bilgan narsalarni boshqalarga yetkazib bera oladi;
II — (quyi) moslashgan: pedagog o‘z fikrlarini auditoriyaga o‘ziga xos jihatlari bilan ma’lum 
qila oladi;
III — (o‘rta) lokal modellashtirilish: o‘qituvchi fanning ma’lum bir bo‘limi bo‘yicha 
o‘quvchilarda bilim, ko‘nikma va malakalarning strategiyasini egallaydi; IV — (yuqori) 
o‘quvchilar bilimini sistemali modellashtirish; o‘qituvchi o‘quvchilarda fan malakalarini 
shakllantirishning yo‘l-yo‘riqlarini biladi; 



Yüklə 342,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin