ILM-FAN VA INNOVATSIYA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/si
15
V — (eng yuqori) modellashtirilgan tizimli faoliyat va o‘quvchilar xulq-atvori. Bunda pedagog
o‘z fanini o‘rgatishdagi yo‘lyo‘riqlarni shunday egallaydiki, natijada u o‘quvchi ehtiyojlarida
o‘z-o‘zini tarbiyalash, o‘z-o‘ziga ta’lim berish, o‘z-o‘zini rivojlantirish vositasi sifatida xizmat
qiladi. Pedagogik faoliyat borasida so‘z yuritilganda yuqori mahsuldorlik tushunchasi asosiy
o‘rinni ifodalaydi. Pedagogik faoliyat boshqa faoliyat turlari kabi o‘z motivatsiyasi, maqsadi,
predmeti, vositalari, usullari, mahsuli va natijasini aks ettiruvchi psixologik mazmunni
ifodalaydi. Pedagogik faoliyatning predmeti bo‘lib, shaxs rivojlanishining sharti va asosi
bo‘lmish ijtimoiy madaniyatni singdirishga qaratilgan o‘quv faoliyatining manbayi
hisoblanadi. Pedagogik faoliyatning vositalari sifatida ilmiy (nazariy va empirik) bilimlarni
ko‘rish mumkin. Yordamchi vositalarga esa texnik, kompyuter, grafik vositalarni kiritish
mumkin. Pedagog faoliyatidagi ijtimoiy-madaniy malakani yetkazish bu tushuntirish,
ko‘rsatish (illyustratsiya), darslik mashqlarini tahsil oluvchilar bilan birga ishlash, tahsil
oluvchini bevosita amaliyoti (laboratoriya, amaldagi) va treningdan iborat. Pedagogik
faoliyatning mahsuli bo‘lib o‘quvchining aksiologik, emotsional mazmuniy, predmetli,
baholash mezonlarini aks ettiruvchi individual malakasining shakllanganligi hisoblanadi.
Pedagogik faoliyatning natijasi asosiy maqsaddan kelib chiqqan holda o‘quvchilarning
shaxsiy, intellektual rivojlanishi, ularni o‘quv faoliyatining subyekti va shaxs sifatida
shakllanishi hisoblanadi. Pedagogik faoliyatning muhim tarkibiy qismlaridan biri bu
motivatsiya hisoblanadi. Pedagogik faoliyatda ham o‘quv faoliyatdagi kabi motivatsion soha
ajratilib ko‘rsatiladi. Bu tashqi va ichki motivlardir. Tashqi motiv sifatida biror-bir narsaga
erishish istagini, ichki motiv sifatida esa o‘z faoliyatining jarayoni va natijasiga e’tibor berishni
misol qilish mumkin. Pedagogik faoliyat pedagogik vaziyatdagi turli-tuman xatti-
harakatlarning umumlashmasidan iborat: perseptiv, mnemik, kommunikativ, izlanuvchanlik,
nazorat qilish, baholash va h.k. Ushbu turlituman faoliyatlarning jamlanmasi bir qancha
psixologo-pedagogik funksiyalarni belgilab beradi. P.F.Kapterev o‘qituvchiga xos bo‘lgan
obyektiv va subyektiv xususiyatlarni ko‘rsatib o‘tadi
O‘quvchi oilasida muammosi bo‘lishi mumkin, bu maktabda bolaning fe’l-atvorida aks
etadi.Hech qaysi sinifdoshiga qo‘shilmaydi,odamovi , hayolparast bo‘lib qoladi. Shunday
vaziyatda ham yordam berilmasa suidsid holatiga olib keladi. Qani edi ota-onalar farzand
tarbiyasiga hozirgi kunda alohida e’tibor bilan qarashganda? Axir, tarbiya bola uchun juda
ham kerakku! Ayrim ota-onalar o‘qiydida deb shunchaki aytib qo‘yishadi.Lekin hozirgi
kundagi ayrim yoshlarni ko‘rib achinaman.Negaki, ular tarbiyani telefondan
olishmoqda.Ko‘plab narsalarni telefondan o‘rganishmoqda.Shuning uchun ham o‘quvchilar
maktabda o‘qimay qo‘yishgan.
Xulosa: Pedagogika sohasida hali ancha kamchililar, muammolar talaygina. Lekin, bizning
ziyolilarimiz bo’lgan ustozlarimiz shu kabi kamchiliklarni bartaraf etish uchun ancha ter
to’kishmoqda. Samarali mehnat qilishmoqda. O’tgan asrda ham jadidchi ota-bobolarimiz
pedagogikaning saqlanib qolishiga, millatimizning ilmli, ma’naviyatli bo’lishiga o’zining ulkan
hissalarini qo’shishgan. Shunday bo’lsa ham hamon shu kabi pedagogikaning psixologik
muammolari bor. Chunki, bu sohaning oldiga yoshlarni ilmli qilish, tarbiyalash, salohiyatini
yuksaltirish, tanqidiy fikrlashini oshirish, mustaqil fikrlashga o’rgatish, dunyoqarashini
kengaytirish, malakali kadrlarni tayyorlash, zamon bilan birgalikda hamnafas bo’lishi kabi
dolzarb muammolar oldinda turibdi.