2022 № 3 ISSN: 2181-3337 SCIENCE AND INNOVATION INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
SHOLI SELEKSIYASI BO‘YICHA O‘TKAZILGAN TADQIQOT NATIJALARINI TAHLILIY O‘RGANISH
IdrisovXusanjonAbdujabborovich q.x.f.f.d (PhD), Mevachilik va sabzavotchilik kafedrasi mudiri
Xabibullaev Abdulxamid Muzaffar o‘g‘li
Farg‘ona Davlat Universiteti, Uzumchilik, mevachilik va sabzavotchilik qo’shma fakulteti, Agronomiya(anorchilik) 4-bosqich talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.6786816 Annotatsiya.Maqoladaengmuximoziq-ovqatmaxsulotibo‘lgansholiseleksiyasibo‘yichao‘tkazilgantadqiqotnatijalaribaynetilganbo‘lib,tadqiqotnatijalarigako‘ra,kolleksiya ko‘chatzorida 19 ta namunalar morfobiologik va qimmatli xo‘jalik belgilariga qarabtanlab olingan. Tanlab olingan namunalar orasida1000 dona vazni yirik bo‘lgan VIR 7690(37,6gr),WAB880-56-43(39,0gr)va329-01x267-01(40,0gr)namunalarmavjudligianiqlangan bo‘lib, tanlangan namunalar kelgusi yili chatishtirishda ota-onalik shakllari sifatidajalbetilishi belgilab olingani aniqlangan. Kalitso‘zlar:sholi,uglevod,seleksiya,ko‘chatzor,navnamuna,nav,Mustaqillik,Iskandar,Alanga
АНАЛИТИЧСКОЕ ИЗУЧЕНИЕ РЕЗУЛТАТОВ ИССЛЕДОВАНИЙ ПО СЕЛЕКЦИИ РИСА
Аннотaция.Встатеописанырезултатыисследованийпоселекциириса,yaвлyayuщегосyaважнейшимпродуктомпитаниya,порезултатамкотороговпитомнике коллекции по морфобиологиchеским и ценностно-хозyaйственным признакамотобрано19образцов.Средиотобранных образцов былоопределено,chтоимеетсya1000 штук крупногабаритных образцов ВИР 7690 (37,6 г), ВАБ 880-56-43 (39,0 г) и 329-01х267-01(40,0г).chтоотобранныеобразцыбудутзадействованывселекциивследуyuщемгодувкаchестверодителских форм. Ключевыеслова:рис,углевод,селекциya,питомник,сортообразец,сорт,Мустакиллик,Искандар, Аланга
Abstract. The article describes the results of the research on rice selection, which is themost important food product. According to the results of the research, 19 samples were selectedinthenurseryofthecollectionbasedonmorphobiologicalandvaluableeconomiccharacteristics. Among the selected samples, it was determined that there are 1000 pieces oflarge weight VIR 7690 (37.6 g), WAB 880-56-43 (39,0 g) and 329-01 x 267-01 (40,0 g) samples.It was determined that the selected samples will be involved in breeding next year as parentalforms. Keywords:rice,carbohydrate,selection,nursery,varietysample,variety,Mustaqillik,Iskandar,Alanga
KIRISH
Respublikamiz aholisini tobora ortib borishi aholini oziq-ovqat maxsulotlari bilan yanada ta’minlash masalasini yuzaga keltirmoqda. Barcha oziq-ovqat maxsulotlari singari guruch mahsulotiga xam talab ortib bormoqda. Davlatimiz mustaqillikka erishgandan so‘ng barcha
qishloq xo‘jalik ekinlari qatori sholi ekini maydonlarini ham kengaytirish, hosildorligini oshirish va pirovardida yalpi mahsulot miqdorini keskin ko‘paytirish masalalari kechiktirib bo‘lmaydigan dolzarb vazifalar sifatida xukumatimiz tomonidan bir qancha qonun va qarorlar qabul qilindi.
ADABIYOTLAR SHARHI
O‘zbekistonning turli sholichilik tumanlarida sholini sug‘orish uchun 1 ga yerga 20-30 ming m3 gacha suv sarf etiladi. Hozirgi kundagi suv taqchilligi sharoitida sholichilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklari oldida bunday suv sarfida sholini yetishtirish qiyinchilik tug‘dirmoqda. Suv sarfi kamaytirish uchun seleksioner olimlar avvalom bor ertapishar navlarni yaratishi lozim. Ushbu yaratiladigan ertapishar navlar vegetatsiya davrini qisqaligi hisobiga suv sarfi kamayishiga olib keladi hamda kuzgi g‘alla ekinlaridan bo‘shagan maydonlarda takroriy ekin sifatida ekib qo‘shimcha hosil olish imkoniyatini yaratadi.
Suv sarfidan tashqari mintaqamizda xozirgi kundagi eng dolzarb masala yer zaxirasini turli darajada sho‘rlanishi hisoblanmoqda. Rasmiy ma’lumotlarda keltirilishicha Respublikamiz yer zaxirasining 60-70%i sho‘rlangan bo‘lib, shundan 15%i kuchli sho‘rlangandir. Mana shu sho‘rlangan hududlarda sholidan yuqori hosil olishning garovi etib kelgusida sho‘rga chidamli navlarni yaratish hisoblanadi.
Iqtisodiyotimizni yanada rivojlantirish, aholini kundalik ozuqasi bo‘lmish guruch maxsuloti bilan ta’minlash maqsadida mintaqaning noqulay iqlim sharoitiga (sho‘rlanish) chidamli, asosiy va takroriy ekin sifatida ekishga moslashgan, don sifati a’lo, yuqori hosilli sholi navlari va duragaylarini yaratish maqsadga muvofiqdir.
Bugungi kunga kelib institutda sholining 18 ga yaqin navlari yaratilgan bo‘lib, ulardan yuqori hosilli UzROS 7-13, Lazurniy, Mustaqillik, Iskandar, Nukus-2 navlari Respublikamizning sholi ekiladigan asosiy maydonni egallagan.
Yuqorida bayon etilgan loyihalarda olib borilgan ilmiy izlanishlar natijasida 2008 yilda sholining 2 ta “Guljaxon”, “Ilg‘or”, 2012 yilda “Tarona”, “Tantana” istiqbolli tizmalari Davlat nav sinoviga topshirilgan. “Guljaxon” va “Ilg‘or” navlari 2012 yilda Davlat reestriga kiritilib rayonlashtirilgan.
Guruchning kraxmali to‘qimachilik sanoatida, parfyumer, meditsina soxasida ishlatiladi. Guruch qaynatmasi tabobatda davolash maqsadida ko‘p ishlatiladi. Sholining 1 kg somonida 22 g xom oqsil va 0,24 oziqa birligi mavjud bo‘lib yem-xashak sifatida chorvachilikda keng ishlatiladi. Bundan tashqari sholi somoni kiyim kechak sanoatida, oyoq kiyim, ip, qop, qogoz va kompas tayyorlashda ishlatiladi. Sholi somonida 1% protein, 0,55% moy, 30% uglevod bor. Sholi somoni o‘git sifatida xam ishlatiladi, chunki 1 t somonda 8 kg azot, 1 kg fosfor va 12 kg kaliy mavjud.
Bir kilogramm guruch tarkibida 4000 kaloriya bo‘lar ekan. Sholini oqlaganda o‘rtacha 48% guruch ,16% maydalangan don, 13% qoldiqlari, 3% un va 20% qipiq chiqadi. Sholini oqlab guruch olganda don ishqalanadi natijada guruchning sifati o‘zgaradi. Ishqalanish natijasida oqsil miqdori 8,44 dan 7,75% gacha, moy miqdori 1,82 dan 0,53% gacha, kul miqdori 1,29 dan 0,64
%gacha, to‘qima 0,35 dan 0,18 % gacha kamayadi.