O'ZBEKISTON ILK DAVLATLARNING PAYDO BO’LISHI
Baltayev Mansur
Qoraqalpog’iston Respublikasi Ellikqal’a tumani 13-maktab tarix fani o’qituvchisi
Vatanimiz O’zbekistonda ilk davlatlarning paydo bo’lishi. Qadimiy davlatlarning nomlari va ichki va tashqi siyosati to’g’risida o’quvchilarga va shunga qiziquvchilarga ma’lumotlar berish. Har bir davlatning rivojlanishi, o’z taraqqiyotiga va inqiroziga ta’sir qilgan omillarni to’liq ochib berish. Hududimizda joylashgan qal’alar va ularning o’z davridagi istiqbollariga nazar solish.
Kalit so’zlar: Ilk davlatchilik, Xorazm,
Baqtriya, Dovon davlati, Kang’ davlati, So’g’d davlati, Kushonlar davlati,
quldorlik, feodalizm, qabila, urug’, qal’alar nomi va ta’rixi.
THE EMERGENCE OF FIRST STATES IN UZBEKISTON
Baltaev Mansur
Teacher at school No. 13 in Ellikkala district of the
Republic of Karakalpakstan
ABSTRACT
The emergence of the first states in our homeland Uzbekistan. To inform students and those interested in the names of ancient states and their domestic and foreign policies. Full disclosure of the factors influencing the development of each state, its own development and crisis. castles
located in our territory, a look at their prospects in their time
Keyswords: first states, Kxarezm ,
Baktriya, Davan states, Kang states,
Sugd states, Kushans states, cities names and histories.
KIRISH
O'zbekiston davlatchiligi borasida gap ketganda avvalambor Qadimgi Xorazm va Qadimgi Baqtriya davlati nafaqat O'zbekiston,balki O'rta Osiyo hududidagi ilk davlatlardan sanalishini aytishimiz joiz deb o'ylayman. Davlat qurish ham oson emasligini bilamiz. Albatta, har bir fan davlatchilik tushunchasiga o’z aspekti doirasida ta’rif berishga harakat qiladi. Masalan, falsafiy kitoblarning ayrimlarida davlatga berilgan ta’rifda quyidagi mazmundagi so’zlar bor: “Jamiyatni tartibga solib turuvchi va boshqaruvchi siyosiy tashkilotga davlat deyiladi” yoki siyosatshunoslikka oid manbalarda “Jamiyatni boshqaruvchi va qonun bilan kafolatlovchi siyosiy tashkilotga