Iqtisodiyot nazariyasi



Yüklə 0,54 Mb.
tarix24.04.2020
ölçüsü0,54 Mb.
#30972
Review Бозор хўжалигида меҳнат бозори Jumaqulov Orzubek охирги вариант

Samarqand Davlat universiteti

Iqtisodiyot va biznes fakulteti
Iqtisodiyot nazariyasi”

KAFEDRASI

Jumaqulov Orzubek Shuhrat o’g’lining
Mavzu: Bozor xo’jaligida

mehnat bozori

KURS IS’HI

Bajardi: Jumaqulov O.Sh.

Tekshirdi:


Samarqand 2020

Mundarija:

Kirish

I bob. Mehnat bozorini mohiyati mazmuni va tamoyillari

1.1. Mehnat bozorini mohiyati va vazifalari

1.2. Mehnat bozorining tashkiliy iqtisodiy jihatlarini tartibga solishda tizimli yondashuv

II bob. Mehnat bozoriniO’zbekistonda rivojlanish holati va omillari

2.1. O’zbekistonda mehnat bozorini rivojlantirishga ta’sir etuvchi omillar

2.2. Mehnat bozorida ish bilan bandlik xizmati faoliyatining tahlili

2.3. Mehnat bozori rivojlanishiga xizmat qiluvchi zamonaviy infratuzilmalar

Xulosa

Foydalanilgan adabiyotlar


KIRISH

Zamonaviy bozor iqtisodiyotini shakllantirish sharoitida yetishib chikayotgan kadrlarni uz egallagan soxalari buyicha bandligini ta’min-lashda kator muammolar kuzatilmokda. Shuningdek, qayd etish lozimki, intellektual va mexnat resurslari saloxiyatidan samarali foydalanish bilan boglik bulgan muammolar xam vujudga kelmokda. Mazkur muammolarni xal kilish orkali kadrlar bandligini yangicha zamonaviy usulda ta’minlash xamda ijtimoiy muxofaza kilish va mexnat bozori munosabatlarini samarali oshirish zaruriyati yuzaga keldi. Lekin, bunday masalalarni xal kilish birmuncha murakkab jarayon xisoblanib, ijtimoiy mexnat soxasida muammolar, jumladan aloxida korxonalarning yopilishi, ishchi kuchiga bulgan talab-taklif nisbatining uzgarishi, ayrim soxa-tarmoqlardagi tarkibiy uzgarishlar, ishchi kuchiga tulanadigan ish xaki darajasining xaddan tashkari pastligi, aholi turmush farovonligining oshirish va boshqa kator munosabatlar natijasida vujudga keladigan muammolarni xal kilishni murakkablashtirmokda. Bu borada mamlakatimizda mexnat bozorini shakllantirish jarayonida “Aholining ish bilan bandligi tugrisida”gi konun xamda O’zbekiston Respublikasining Mexnat kodeksi muxim xukukiy baza xisoblanadi. Mazkur normativ konun xujjatlari ishsizlik, ish bilan bandlik shaklini tanlash xukuki, ishsizlikdan ijtimoiy ximoya kilish kafolatlari e’tirof etilgan. Mazkur normativ me’yoriy xujjatlar aholi turmush farovonligini oshirishda ularning bandligini ta’minlashda muxim omil xisoblanadi.

Ammo, keltirib utilgan konun va kodeksda belgilangan kafolatga karamay 2017 yilda “Yurtimizda yiliga 1,5 million odamni ishga joylashtirishga extiyoj bulsa-da, utgan yili Bandlikka kumaklashish markazlari atigi 248 ming kishini yoki 16,5 foizini ishga joylashtirgan. Buning asosiy sababi ish faoliyatidagi eskirgan shakl va usullar xamda bandlik muammolarini xal etishdagi rasmiyatchilik bilan boglik”. Ushbu keltirib utilgan xolat mamlakatimizda mexnat bozori mutanosibligini va infratuzilmasi rivojlanishini ta’minlash, ishsizlik darajasini kamaytirish masalasiga aloxida e’tibor karatishni takozo etadi.

Shuning bilan birga O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev ta’biri bilan aytganda “Navbatdagi muxim vazifa - bu bandlik masalasini xal kilishning butun tizimini tubdan uzgartirish buyicha kompleks raxbariyati, xokimlar va ularning birinchi urinbosarlari shaxsiy mas’uliyatini oshirishdan iborat” .

Xozirgi kunda zamonaviy bozor iqtisodiyoti va innovasion iktiso- diyotini shakllantirish sharoitida mamlakatimizda olib borilayotgan investisiya siyosati xamda tarmoqlardagi innovasiyalarga asoslangan iktisodiy faoliyatni yulga kuyish xamda iqtisodiyotning lokomativi xisoblangan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga karatilgan isloxotlar yangicha karash va texnologiyalarni chukur tushunib yetadigan intellektual mulk saloxiyati yuqori bulgan ishchi kuchiga bulgan talab oshib bormokda. Shuning uchun mutaxassislarni ijtimoiy ximoyalan-gan va o’z ishidan konikish oladigan mexnat bilan bandligini ta’minlash soxasida davlatning mexnat bilan bandlik soxasida yangicha yunalishda tartibga solittt mexanizmlarini ishlab chikishni takozo etadi. Umuman olganda yuqorida keltirilgan xolatlar va mamlakatimizni zamonaviy shart-sharoitlarga mos xolda ijtimoiy-iktisodiy tarakkiyotini belgilashda mutaxassis kadrlar mexnat bozorida samarali bandligini ta’minlash xamda tartibga solish mexanizmlarini nazariy va metodologik jixatdan tadqiq etishni taqozo etadi.

Bugungi kunda, O’zbekistonning xalqaro iqtisodiy maydondagi nufuzli va mavqyeyi sezilarli darajada va muntazam oshib bormoqda. Bunda mamlakatimiz birinchi rahbari Islom Karimov tomonidan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish strategiyasining puxta ishlab chiqilganligi, iqtisodiy islohotlar maqsadi va vazifalari, amalga oshirish yo’llarining aniq va to’g’ri ko’rsatib berilganligi bosh maqsad yo’lidagi yutuq va marralarning salmoqli bo’lishiga imkon yaratmoqda.

Bozor iqtisodiyoti sharoitida barcha korxonalar o’zlariga tegishli bo’lgan moddiy, mehnat va moliyaviy resurslaridan samarali foydalanishga intiladilar. Bu ularga kam xarajat evaziga ko’proq mahsulot ishlab chiqarish, ularni sotish orqali ko’proq foydaga ega bo’lish imkonini beradi. Bugungi kunda har qanaqa tashkilot borki faoliyat natijasida daromad olishga intiladi va boshqa tashkilotlar bilan iqtisodiy aloqaga kirishadi. Birinchi Prezidentimiz aytganidek, “Faqatgina biz tanlagan bosqichma-bosqich rivojlanish yo’li xalqimiz ko’zlagan ezgu niyatlarga erishishga, zamonaviy demokratik talablarga javob beradigan davlat, inson manfaatlari, huquq va erkinliklari eng oliy qadriyat bo’lgan, qonun ustuvorligini ta’minlaydigan jamiyat barpo etishga olib kelishi muqarrar. Buni hayotimizning o’zi bugun isbotlab bermoqda”1. Iqtisodiyotning erkinlashtirilishi va modernizasiya qilinishi bilan korxonalarda daromadlarning oshishiga olib kelmoqda. Bu esa, ularning hisobini uzluksiz takomillashtirib borish zaruratini yuzaga keltiradi.

Respublikamizda bu boraga ko’rsatilayotgan e’tiborni Ӯzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasida shunday ta’kidladilar. “Biz o’tgan 3 yilda davlat boshqaruvi samaradorligini oshirish, barqaror bozor iqtisodiyotini shakllantirish va tadbirkorlikni oshirish, barqaror bozor iqtisodiyotini shakllantirish va tadbirkorlikni rivojlantirish ishlarni takomillashtirish bo’yicha qator islohotlarni boshladik”.1

Yuqoridagi muammolarni ilmiy amaliy va nazariy jihatdan hal etish zarurligi kurs ishi mavzusini va tadqiqotlar yo’nalishini belgilashga asos bo’ldi.




I bob. Mehnat bozorini mohiyati mazmuni va tamoyillari

1.1. Mehnat bozorini mohiyati va vazifalari

Mamlakatimiz iqtisodiyotida bozor munosabatlarining bosqichma-bosqich joriy etila borishi, u bilan bog’liq ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni mustaqil hal etish imkoni paydo bo’lganligi va boshqa xususlarida o’z aksini topmokda. Bu jarayonlar orasida mehnat bozorini samarali shakllanishi va faoliyat ko’rsatishi alohida o’rin egallaydi. Bu masalaga mukammal yondashishdan avval, mehnat bozorining ijtimoiyiqtisodiy mazmuni, uning mohiyatini ochiqroq bayon etmoq o’rinli bo’ladi. Bozor ayrim tovarlar va xizmatlarga talab bilan murojaat qiluvchi xaridorlar va taklif asosida yetkazib beruvchi sotuvchilarni bir-biriga qushadigan institut yoki mexanizmdir. Xomashyo, materiallar, yoqilg’i, tayyor mahsulot, qimmatli qog’ozlar, pul (kredit) bozorlari bir-biridan farqlanadi.

Bozorlar orasida mehnat bozori alohida o’rin tutadi. Bozor iqtisodiyotining ajralmas va muhim tarkibiy qismi — mehnat bozoridir. Aynan mehnat bozori orqali g’oyat muhim milliy resurs bo’lgan mehnat mintaqalar, tarmoqlar, firmalar va kasblar bo’yicha taqsimlanadi. Shu bozorda uning bahosi ham belgilanadi.

Mehnat bozori ish bilan bandlikni tartibga solishda faol rol o’ynaydi. Mehnat bozorida asosiy milliy resurs — ishchi kuchi shakllanadi hamda korxonalar, tarmoqlar va mintaqalar bo’yicha taqsimlanadi. Mehnat bozori iqtisodiy faol aholining ish bilan bandligini, ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish sohasiga jalb etilishini ta’minlaydi. U xodimning o’zi uchun yanada mosroq ish joyiga o’tishini yengillashtiradi. Mehnat bozori orqali korxonalar zarur mikdorda va talab qilingan sifatga ega ishchi kuchi bilan ta’minlanadi.

Mehnat bozori qanday kadrlar, mutaxassislar, kasblarga talab borligini, ulardan qandaylari ortiqchaligini ko’rsatadi. Mehnat bozorida raqobatning mavjud bo’lishi, bir tomondan, yollanma xodimlar o’z professional mahoratini o’stirishi va kengaytirishini, malakasini oshirishini rag’batlantiradi, ikkinchi tomondan, ish beruvchilarni qulay mehnat va unga haq to’lash sharoitlarini yaratish hamda saqlab turishga undaydi. "Mehnat bozori" tushunchasi bo’yicha turli xil nuqtai nazarlar mavjuddir. Ba’zi birlari mehnat bozorini ish haqi va daromadlarning erkin harakati orqali ishchi kuchining taklifi va mehnatga bo’lgan talabini o’z-o’zidan tartibga solinish mexanizmi kabi aniqlaydilar.

Boshqalarning fikriga ko’ra esa, mehnat bozori yollanib ishlashni xohlovchilar va ish beruvchilar ehtiyojini kelishilgan vositachi orqali talab va taklifini qondirish uchun sharoit yaratadi va ishchi kuchini oldi-sotdi jarayonini bevosita tartibga solib turmaydi, deb tushuntiradilar. I.S. Maslovaning aniqlashicha, mehnat bozori - bu mulkchilik subyekti, ishchi kuchi va ish joyi taklifining nisbati va tuzilishini, ishlovchiga va yollanib ishlanadigan ishga talab hajmini shakllantira borib, ishlab chiqarish omillariga (mehnat vositalari va ishchi kuchi) o’zaro ta’sir etadigan dinamik tizimdir.2

Mazkur bozorning asosiy unsurlari, - bu talab va taklif, ishchi kuchi qiymati va uning bahosi hamda raqobat hisoblanadi. Mehnat bozori mexanizmini ishga solish masalasi ishchi kuchini jalb etish bo’yicha ish beruvchilar o’rtasidagi, ijtimoiy mehnat taqsimoti tizimidagi bo’sh ish joyini egallash bo’yicha ishlovchilar o’rtasidagi hamda mehnat shartnomasi va ish haqi sharoitlari bo’yicha ishlovchilar va ish beruvchilar o’rtasidagi raqobat hisoblanadi. Ishchi kuchiga bo’lgan talab va taklif o’rtasidagi nisbat mehnat bozori kon’yunkturasini ifodalaydi. Bu esa o’z navbatida turli xil omillar ta’siri ostida, ya’ni, ishchi kuchining umumiy tengligida, ortiqchalikda va yetishmovchiligida shakllanadi, bundan tashqari yollanib ishlovchilar sifatida turli xil aholi guruhlarining teng bo’lmagan holatini aks ettiradi. Amalda ishchi kuchiga bo’lgan talab va taklifning umumiy tarkibiy tengligiga erishish juda qiyin.

Mehnat bozori kon’yunkturasi ishchi kuchining bahosiga bevosita ta’sir etadi, bu esa o’z navbatida amaldagi bozor bahosiga bog’liq holda o’zgarib turadi. Mehnat bozori turli xil vazifalarni bajaradi. U mehnat munosabatlari subyektining iqtisodiy manfaatlarini kelishish vositasi, ijtimoiy takror ishlab chiqarish muvofiqligini shakllantirish va o’zgarish mexanizmining organik qismi bo’libhisoblanadi.

Mehnat bozorini taqsimlash munosabatlari va mehnatni rag’batlantirish, ishlovchilarning kasbiy, malakaviy tarkibini shakllantirish vositasidir, u shaxsiy mehnat shijoatini ishga solish sharoitiga bevosita ta’sir etadi. Shunday qilib, to’laqonlik shakllangan mehnat bozorini yuzaga keltirish hozirgi sharoitda zamonaviy shakldagi bandlik tamoyillariga mos keladigan ijtimoiy tashkil etish va tartibga solishning murakkab obyekti sifatida namoyon bo’ladi. Mamlakatimizda oqilona bandlik shakllanar ekan, bu jarayonning chuqurlashuvi va rivojlanishi mintaqaviy mehnat bozorini ham vujudga kelishiga olib keladi. Oqilona bandlik tizimini shakllantirishning muhim mexanizmi hisoblangan mintaqaviy mehnat bozorining shakllanishi va rivojlanishini tadqiq etish yanada chuqur ilmiy, amaliy ahamiyatga egadir. Mehnat bozorini o’rganish ijtimoiy-iqtisodiy majmualar faoliyatining shakllanishi va rivojlanishini o’rganishda ham muhim asos bo’ladi. Milliy iqtisodiyotda ishlab chiqarish va ijtimoiy soha majmualari bilan birga ijtimoiy-iqtisodiy majmualar ham faoliyat ko’rsatadi. Bu majmualarning shakllanishi alohida hududlar ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi uchun tabiiy va ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlar va omillar majmuining mavjudligi bilan izohlanadi

Iqtisodiyotni hududiy jihatdan tashkil etish hududda ishlab chiqarish va mehnatni jalb etish turlarining turli shakllarda uyg’un holda faoliyat ko’rsatishlariga asoslangan ishlab chiqarish kuchlari unsurlari o’zaro ta’sirining ko’p darajali tizimidir. Ularning mintaqalarda oqilona tarzda birlashishi tabiiy, mehnat va moliyaviy resurslardan samarali foydalanishga olib keladi. Hududda ishlab chiqarish kuchlari unsurlari turli darajada birlashadilar, iqtisodiy aloqalar va munosabatlar esa turli darajada lokallashadilar. Bu mamlakat iqtisodiyotining umumiy tuzilmasi tarkibida bevosita takror ishlab chiqarishning mintaqaviy yashhatlari bilan bog’liq iqtisodiy munosabatlarni ajratish imkonini beradi. Ushbu munosabatlar va aloqalar yig’indisi iqtisodiyotning hududiy tarkibini tashkil etib, u shahar poselkalari va ularni bog’lovchi kommunikasiyalar, eng avvalo, transport magistrallarining joylashishi bilan bog’liq.

Xo’jalikning hududiy tarkibi asosi bo’lib ishlab chiqarishni joylashtirish hisoblanadi va u hududiy mehnat taqsimotining rivojlanishi va chuqurlashuvi natijasi sifatida namoyon bo’ladi. Xo’jalikning hududiy tarkibi tarmoq tarkibi bilan uzviy bog’liq, chunki har bir tarmoq, korxona yoki ishlab chiqarish aniq hududda faoliyat ko’rsatadi, o’zining hududiy joylashuviga ega bo’ladi, ular o’rtasidagi iqtisodiy aloqalar esa tarmoqlar, korxonalar joylashgan mintaqalar o’rtasidagi aloqalar sifatida namoyon bo’ladi. Mintaqa ijtimoiy-iqtisodiy obyekt sifatida tarmoqdan bir qator xususiyatlari bilan farq qiladi. Eng avvalo, mintaqaning farqli jihati shundan iboratki, unda moddiy ne’matlar ishlab chiqarish, ularni taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol qilishni o’z ichiga qamrab olgan xo’jalikning turli tarmoqlari o’zaro birlashadi.

Demak, mintaqa xo’jalik majmuasi sifatida tarmoqqa nisbatan murakkab tuzilma hisoblanadi. Aynan mintaqa doirasida iqtisodiyotni tarkibiy jihatdan qayta qurish, tabiiy va mehnat resurslaridan oqilona foydalanish masalalarini hal etishga majmuaviy tarzda yondashishi mumkin. Agar tarmoqlar tor ishlab chiqarish vazifalarini hal etishga asosiy e’tiborni qaratsalar, mintaqa oldiga tarmoqlar, ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilma rivojlanishini o’zaro bog’lash, iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishni muvofiqlashtirish masalalari qo’yiladi. Xo’jalikning hududiy tarkibi boshqa tuzilmaviy tavsiflar bilan yaqin aloqada bo’lar ekan, faqat o’zigagina xos bo’lgan xususiyatlar, iqtisodiyot rivojlanishining makon nuqtai nazaridan tahlil qilish va boshqarishning maxsus usullarini talab etuvchi ma’lum mustaqillikka ega bo’ladi. Hududiy-xo’jalik majmualari respublika ichki iqtisodiy rayonlarining asosi bo’lib hisoblanadi va u ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish jarayonida shakllanadi.

Hududiy-xo’jalik majmuasi — muayyan hududdagi korxonalar va inshootlar majmuasi hisoblanib, ular bir-biri bilan umummintaqaviy tabiiy va iqtisodiy shartsharoitlar va resurslardan foydalanish asosida o’zaro iqtisodiy bog’liq bo’ladi. Hududiy-xo’jalik majmualarining muhim mezoni ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilma umumiy tizimining mavjudligi hisoblanadi. Majmualar bir-biri bilan chambarchas bog’liq bo’lib, aniq chegaralar bilan ajralib turmaydi. Shu sababli respublika mintaqalarining chegaralari muayyan darajada shartli bo’ladi. Hududiy-xo’jalik majmualari mamlakat iqtisodiyotining tarkibiy qismidir. Ayni vaqtda ularga alohida ijtimoiy-iqtisodiy majmua sifatida 8 qarash mumkin. Har bir hududiy-xo’jalik majmuasi o’zaro bog’liq unsurlar to’plami sifatida yaxlit butunlikni tashkil etadi, o’z tarkibi va tegishli funksiyalariga ega bo’ladi. Hududiy-xo’jalik majmuasining tarkibiy unsurlari moddiy, moliyaviy va mehnat resurslari hisoblanadi. Ular o’rtasida ma’lum aloqa mavjud bo’lib, u ishlab chiqarish, taqsimot, ayirboshlash va iste’mol jarayonida namoyon bo’ladi. Iqtisodiyotning hududiy tarkibi shakllanishi ko’plab omillar ta’sirida yuz beradi. U mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasi va jahon xo’jalik aloqalarida tutgan o’rniga bevosita bog’liq.

Iqtisodiyotning hududiy tarkibi shakllanishiga ta’sir etuvchi muhim omillar jumlasiga mineral xom ashyo, yoqilg’ienergetika, suv, o’rmon va yer resurslari, mehnat resurslari, iqtisodiy va ilmiy-texnika salohiyati, ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilma, aholining joylashishi va boglqalar kiradi. Alohida mintaqalar turli tarmoqlar va ishlab chiqarish turlarini rivojlantirish uchun tabiiy va ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlar bo’yicha birbiridan keskin tafovutda bo’ladi. Ma’lum hududdagi ishlab chiqarish faoliyatining tabiiy, iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa xususiyatlari xo’jalik rivojlanishining tarkibi, yo’nalishi. sur’atlari, miqyoslari va proporsiyalariga faol ta’sir ko’rsatadi va pirovard natijada mamlakat iqtisodiyotining hududiy tarkibini shakllantiradi. O’zbekiston iqtisodiyotida ichki respublika mintaqalarining tutgan o’rni va roliga baho berish uchun ularning jami aholi soni va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning asosiy ko’rsatkichlaridagi salmog’ini tahlil qilish lozim. Bugungi kunda O’zbekiston hududini iqtisodiy rayonlarga ajratish bo’yicha yagona yondashuv mavjud emas. Ayrim iqtisodchi-olimlar fikricha, respublikani 6 ta iqtisodiy rayonga ajratish maqsadga muvofiq:

1. Toshkent (Toshkent shahri va Toshkent viloyati);

2. Farg’ona (Farg’ona, Andijon va Namangan viloyatlari);

3. Zarafshon (Buxoro, Navoiy va Samarqand viloyatlari);

4. Mirzacho’l (Sirdaryo va Jizzax viloyatlari);

5. Janubiy (Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari);

6. Quyi Amudaryo (Qoraqalpog’iston Respublikasi va Xorazm viloyati).

Ba’zi manbalarda Zarafshon iqtisodiy rayoni Markaziy, quyi Amudaryo iqtisodiy rayoni Orolbo’yi nomi bilan ataladi. Shu bilan birga hozirgi vaqtda O’zbekistonda iqtisodiy rayonlashtirishning quyidagi tasnifi ko’proq qo’llanilmoqda:

1. Toshkent iqtisodiy rayoni;

2. Jizzax-Sirdaryo iqtisodiy rayoni;

3. Farg’ona iqtisodiy rayoni;

4. Samarqand-Qashqadaryo iqtisodiy rayoni;

5. Buxoro-Navoiy iqtisodiy rayoni;

6. Quyi Amudaryo iqtisodiy rayoni;

7. Surxondaryo iqtisodiy rayoni.

Bozor ayrim tovarlar va xizmatlarga talab bilan murojaat qiluvchi xaridorlar va taklif asosida yetkazib beruvchi sotuvchilarni bir-biriga qo’shadigan institut yoki mexanizmdir. Xomashyo, materiallar, yoqilg’i, tayyor mahsulot, qimmatli qog’ozlar, pul (kredit) bozorlari bir-biridan farqlanadi. Ana shu bozorlarni tashkil etishning o’ziga xos xususiyatlari bor. Ularning namoyon bo’lishiga, asosan, bozor negizi — mazkur bozorda oldisotdi obyekti bo’ladigan tovar ta’sir etadi. Shunga ko’ra, bozorlar turli shakllarda: bular tamaddixona va kichik do’konchadan tortib, yirik fond birjasi va xalqaro kreditlar bozorigacha bo’lishi mumkin.

Hozirgi vaqtda o’tish davri iqtisodiyotining oldida turgan dolzarb muammolardan biri mehnat bozorini samarali shakllantirish va rivojlantirishdir. Buning uchun, avvalo, ijtimoiy va iqtisodiy tizimlar rivojlanishining obyektiv qonunlaridan savodli foydalanish zarur. Mehnat bozori bozorning boshqa tizimchalari bilan uzviy bog’langan. Haqiqatdan ham talabga ega bo’lish uchun ishchi kuchi jismoniy, aqliy va kasbiy qobiliyatlarning 10 belgilangan majmuasiga ega bo’lishi kerak. Ishlab chiqarish jarayoniga bu qobiliyatlarni tatbiq eta turib, u o’z iste’mol sifatlarini yo’qotmasligi uchun doimo qayta ishlab chiqarilishi lozim. Nafaqat o’zini qayta ishlab chiqarish, balki mehnat resurslari va butun aholining sifat ko’rsatkichlari ham yaxshilanishi darajasini oshirib yoki pasaytirib, ushbu tengsizlikni yo’q qilishi mumkin. Ishchi kuchiga jami talab investisiya va ishlab chiqarish hajmlari bilan tartibga solinadi.

Mehnat bozori – bu, mehnatga qobiliyatli aholining ish bilan band bo’lgan va band bo’lmagan qismlari va ish beruvchilar o’rtasidagi munosabatlarni hamda ularning shaxsiy manfaatlarini hisobga oluvchi kontraktlar (mehnat kelishuvlari) asosida “mehnatga qobiliyatlarini” xarid qilish - sotishni amalga oshiruvchi, shuningdek, ishchi kuchiga talab va taklif o’rtasidagi nisbatlarni bevosita tartibga soluvchi, bozor iqtisodiyotining murakkab, ko’p aspektli, o’suvchi va ochiq ijtimoiy-iqtisodiy tizimchasidir.

Shuni ta’kidlash joizki, “mehnat bozori” tushunchasining ijtimoiy-iqtisodiy mazmunidan kelib chiqib mazkur bozorning o’tish davrida bajariladigan asosiy vazifalarni ham aniqlashga imkon beradi:

* ishchi kuchiga talab va taklifning hajmi, tarkibi va nisbatini shakllantirish;

* bozor uslubida xo’jalik yuritishining iqtisodiy, ijtimoiy va huquqiy mexanizmlari yordamida ishchi kuchiga talab va taklifni tartibga solish;

* mehnat resurslarining oqilona bandligini ta’minlashga bevosita ta’sir ko’rsatish;

* ishsizlar ish topishiga, ularning malakasi va raqobat qobiliyatini oshirishga ko’maklashish;

* ishlab chiqarish xarajatlarini qisqartirish va mehnat taqsimotini o’zgartirish.

Bozor munosabatlariga o’tgan mamlakatlarning tajribasi shuni ko’rsatadiki, mavjud hozirgi kadrlar tayyorlash sohasidagi vujudga kelgan vaqtinchalik sustkashlik hamda ta’lim berish xizmatiga bo’lgan talabning pasayishi bu o’tkinchi holdir.

Agarda bozor munosabatlarining shakllanishi jadal sur’atlar bilan rivojlanaversa va bu hol mamlakatimiz xalq xo’jaligining rivojiga ham turtki bersa, xalq xo’jaligining bandlik sohasidagi tarkibiy qayta qurish haqiqiy kadrlar taxchilligini yuzaga chiqaradi, bunga esa tarmoq bo’yicha tegishli xizmatlarning tayyor bo’lishi gumondan holi emas.

1.2. Mehnat bozorining tashkiliy iqtisodiy jihatlarini

tartibga solishda tizimli yondashuv

Mehnat bozorida  vujudga keladigan munosabatlar yaqqol ifodalangan ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatga ega bo’lib, ular mamlakat aholisi ko’pchiligining muhim ehtiyojlariga daxldor bo’ladi. Mehnat bozori mexanizmi orqali aholining ish bilan bandligi va mehnatga haq to’lash darajalari belgilanadi. Mehnat bozorida ro’y berayotgan jarayonlarning jiddiy oqibati ishsizlik bo’lib, u umuman olganda salbiy hodisa hisoblansa ham, lekin amalda jamiyat hayotining muqarrar natijasidir.

Aholining  ish bilan bandligi uning takror ishlab chiqarilishi uchun zarur shartdir, chunki kishilarning turmush darajasi, kadrlarni tanlash, tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishga, ularni ishga joylashtirishga, ishdan mahrum bo’lib qolgan kishilarni moddiy jihatdan qo’llab-quvvatlab turishga sarflanadigan xarajatlarning barchasi ana shu aholining ish bilan bandligiga bog’liqdir. Shuning uchun ham aholining  ish bilan bandligi, ishsizligi, mehnat faoliyati uchun zarur resurslar va umuman mehnat bozori singari muammolar mamlakat iqtisodiyoti uchun dolzarb bo’lib, ular tarmoqlararo funksional tizim hisoblanadi.

Biz bilamizki, bozor iqtisodiyoti sharoitida barcha ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar bozor tizimi asosida shakllantiriladi va amal qiladi. Xuddi shuningdek, mehnat munosabatlari xam mehnat bozori asosida shakllantiriladi va tartibga solinadi. Mehnat bozori ishga yollanuvchilar va ish beruvchilar, korxona, tashkilot, muassasa hamda davlat o’rtasidagi mehnat munosabatlari yig’indisidir. Yoki boshqacha aytganda, mehnat bozori ishchi kuchining mexnatga qobiliyatini sotish va sotib olish tizimidir. Mehnat bozorida xam talab, taklif, narx va raqobat xal qiluvchi komponent hisoblanadi. Mehnat bozorida taklif sifatida ishchi kuchining mexnat potensialini sotish tushunilsa, talab esa mexnat qobiliyatini sotib olish istagini bildiradi. Bunda talab va taklif o’rtasidagi muvozanat holati nuqtasida narx paydo bo’ladi.

Narx ishchi kuchining qiymatiga hamda talab va taklif miqdoriga qarab belgilanadi. Raqobat esa ishchi kuchini sotishda ham sotib olishda ham vujudga kelishi mumkin. Ishchi kuchini sotishda raqobat o’z mehnat qobiliyatini namoyon etib, yaxshi ish joyiga erishishga qaratilgan bo’lsa, uni sotib olishdan raqobat yuqori narx va yaxshi ish joyi evaziga malakali ishchi kuchi tanlashga yo’naltiriladi.

Respublikamiz uchun mehnatga qobiliyatli aholining ish bilan bandligini oshirish bo’yicha muammoni hal qilishning eng samarali qurollaridan biri bo’lgan mehnat bozori tushunchasi, tarkibi, xususiyatlari va vazifalarini tadqiqot qilish katta ilmiy – amaliy ahamiyatga ega. Ularni o’rganish quyidagi demografik va ijtimoiy – iqtisodiy vaziyatlarning inobatga olinishini taqozo etadi:



  • Respublikada mehnatga qobiliyatli aholining 60%dan ortig’ining qishloq joylarda yashashi va yalpi ichki mahsulotning 40%dan ortig’i ular zimmasiga to’g’ri kelishi;

  • noqishloq xo’jaligi ish joylarining yetishmasligi sababli ish bilan band bo’lmagan qishloq mehnat resurslarining ulushi respublikaning ish bilan band bo’lmagan butun aholisining 60%dan ko’prog’ini tashkil etadi va ularning soni o’sib bormoqda;

  • mehnatga qobiliyatli ish bilan band bo’lmagan mehnatkashlarning malakasi va safarbarligining pastligi ularning yashash joylaridan shaxarga va mamlakatning kam mehnat bilan ta’minlangan hududlariga hamda xorijiy davlatlar obyektlariga qarab xarakat qilishlariga asosiy to’siq bo’lmoqda;

  • mehnat resurslarining miqdori mehnatga tadbiq etish mintaqalarga nisbatan tezroq o’sishi yashirin ishsizlikni, ayniqsa qishlok xo’jaligida ishchi kuchini taklif etish unga talabdan oshib ketadigan darajada ko’payishiga bevosita yordam beradi;

  • xududlarda sanoat qurilish va xizmat ko’rsatish korxonalari hamda xususiy xo’jaliklarda yangi ishchi o’rinlarini yaratish yo’li bilan ishchi kuchi talabi va taklifi o’rtasidagi rasional nisbatni ta’minlash uchun kulay imkoniyatlar mavjud.

Mehnat bozori kon’yunkturasini shakllanishining ijtimoiy shart-sharoitlari ichida yollanma xodimlar va ish beruvchilarning sifat ko’rsatkichlari oshishi yetakchi o’rin egallaydi. Agrosanoat kompleksi va xizmat ko’rsatish tarmoqlari ko’lamlarining kengayishi, ularning rivojlanishi, o’z vaqtida moddiy - texnik va moliyaviy resurslar bilan ta’minlanishi mehnatkashlarning qayta tayyorgarlikdan o’tishini va yangi zamonaviy kasblarni o’zlashtirishni talab etadi. Demografik shart-sharoitlar ishchi kuchi taklifining shakllanishiga turlicha ta’sir ko’rsatadi. Masalan, yuqori darajadagi tug’ilish mehnat bozoriga aholining katta oqimi kelishini asoslaydi. Respublikada mehnatga layoqatli aholining yosh bo’yicha tuzilishida 16 - 29 yoshli yigit qizlarning ulushi 32,5%ni tashkil qiladi. Ish beruvchi va yollanma xodim o’rtasida tuzilgan mehnat shartnomasi mehnat bozorida ishchi kuchining sotish va sotib olishning hal qiluvchi xuquqiy sharti hisoblanadi. Endi mamlakatda mehnat bozori xolatini o’rganib, uni tahlil qilamiz. Buning uchun dastlab mamlakat mehnat resurslarini tuzish va tahlil qilish maqsadga muvofiqdir.O’zbekiston Respublikasi mehnat resurslari balansida quyidagilar o’z aksini topgan:

Jami mehnat resurslari mehnat yoshidagi mehnatga layoqatli aholi hamda mehnat yoshida bo’lmagan band aholi, ya’ni ishlovchi o’smirlar va pensionerlardan iborat. Mehnatga layoqatli aholi iqtisodiy faol va iqtisodiy nofaol aholiga bo’lish mumkin. Iqtisodiy faol aholi iqtisodiy rasmiy va norasmiy sektorida bandlar hamda ishlash istagini bildirgan ishsiz mehnatga muhtoj qatlamalarini o’z ichiga oladi. Iqtisodiy nofaol aholiga ishlab chiqarishdan ajralgan holda ta’lim olayotganlar; qaramog’ida 2 yoshgacha farzandi bo’lgan yoki tug’ruq oldi ta’tilidagi ayollar; ishlashni hohlamaydigan yoki tez orada mehnat munosabatiga kirishish imkoni bo’lmagan aholi qatlamlarini kiritish mumkin.

Mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan mehnat birjalarini mehnat bozori vazifasining bajaruvchisi sifatida qarash mumkin. Hududlarda faoliyat yurituvchi mehnat birjalari axoliga quyidagi xizmatlarni ko’rsatadi:


  • ishsizlarni ishga joylashtirish;

  • ishsiz sifatida ro’yhatga olish;

  • ishsizlik nafaqasini berish;

  • kasbga tayyorlash, qayta o’qitish va malakasini oshirish;

  • jamiyat ishlariga yuborish va h.k .

Bozor islohatlariga o’tish sharoitida mehnat birjalariga aholi bandligini oshirishga qaratilgan dastur va chora - tadbirlar ishlab chiqish va ularni amalga oshirish borasida alohida talablar qo’yiladi. Shu tufayli mehnat birjalari faoliyatini rivojlantirish dolzarb vazifaga aylanadi.

Mehnat birjalari faoliyatining rivojlanishi mehnat bozorining rivojlanishiga olib keladi. Mehnat bozorini rivojlantirish esa mamlakatda axoli ish bilan bandligini oshirish demakdir.

Shunday qilib, mehnat bozori ijtimoiy - iqtisodiy hodisa sifatida mamlakat makroiqtisodiy rivojlanishi bilan bog’liq bo’lib, bandlik va ishsizlik tushunchalaridan kengroq mazmunni o’z ichiga oladi. Mehnat bozori ishsiz yurganlarning mehnatda band qilishning shunchaki bir vositasi bo’lib qolmasdan, balki bandlar xamda mehnatda band bo’lmaganlar keng ommasini o’z ichiga oluvchi jarayon xisoblanadi.

Mehnat bozorining holatini o’rganishda faqat ishsizlar emas, balki iqtisodiyotning turli sohalarida band bo’lganlar ham diqqat markazida turishni talab qiladi, mehnat bozoridagi kon’yunktura o’zgarishlari ta’sirida bir kun kelib ular ham ishsizlar safiga kirib qolishlari mumkin. Shuning uchun ham uni mehnatga layoqatli aholining mehnatda bandligi va ishsizlikni mehnat bozorining amal qilish mexanizmiga bog’liq ravishda yuzaga keladigan ijtimoiy-iqtisodiy muammo sifatida o’rganish talab qilinadi.



II bob. Mehnat bozorini O’zbekistonda rivojlanish holati va omillari

2.1. O’zbekistonda mehnat bozorini rivojlantirishga ta’sir

etuvchi omillar

Erkinlashtirilgan bozor iqtisodiyoti munosabatlari sharoitida milliy iqtisodiyot tarmoqlari jamiyatning xom ashyo, ishlab chiqarish vositalari va mehnat resurslariga bo’lgan talab va taklif asosida shakllantiriladi.

Mehnat bozori umumiy ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish tarmoqlariga zarur bo’lgan oddiy mehnat turidan murakkab kasbiy malakasiga ega bo’lgan hamda ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarishni amalga oshiruvchi oliy malakali mutaxassislarga bo’lgan talabni muqobil ravishda bo’lishini ta’minlashga xizmat qiladi.

Mehnat va oliy ta’lim xizmatlari bozoriga ta’sir etuvchi omillar mamlakatimiz iqtisodchi olimlari tomonidan o’rganilmoqda. Jumladan, A.V.Vaxabov, G.Oxunova, Sh.Sh.Zaxidova, M.M.Toshxodjayev mamlakatimiz iqtisodiyotini rivojlantirishning ta’lim xizmatlari bozori bilan bog’liqligi, ishsizlik muammosi, mehnat bozoridagi sifat o’zgarishlari yuzasidan ilmiy izlanishlar olib borganlar.

G.Axunova “Oliy ta’lim muassasalarining faoliyati ta’lim xizmatlari ko’rsatishning ikki, ya’ni bir tomondan, shaxsning oliy ma’lumot olishga bo’lgan ehtiyojini qondirish; ikkinchi tomondan, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha uchun oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlash nuqtai nazaridan turib muhokama etiladi” deb ta’kidlaydi.

Mehnat bozorida bozor munosabatlari sharoitida mehnat qilish yo’nalishlarini tarkibiy jihatdan o’zgarishlari ishchi kuchini tarkibiy jihatdan doimiy ravishda ichki va tashqi omillar ta’sirida o’zgarib borishiga olib keladi.

Demak, mehnat bozorining subyektlari bo’lgan ishchi kuchlarini tarkibiy o’zgarishini e’tiborga olgan holda uni tartibga solish, mehnat bozorining asosiy qismi bo’lgan ta’lim xizmatlari bozorini unga nisbatan muqobil rivojlantirish bilan bog’liq.

Mehnat va oliy ta’lim xizmatlari bozorining muqobil rivojlanishi oliy ta’lim xizmatlari tizimining subyektlari bo’lgan oliy o’quv yurtlari o’rtasida shakllangan ijtimoiy-iqtisodiy munosabatga bog’lanadi.

Mehnat va oliy ta’lim xizmatlari bozorini muqobil rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillarni quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:

– iqtisodiy moddiy ishlab chiqarishga;

– ijtimoiy mehnat qilish va yashash sharoitlari infratuzilmalariga;

– mehnat resurslarini miqdoriy va sifat tuzilishiga;

– aniq ijtimoiy-iqtisodiy holatga bog’liq.

Ijtimoiy-iqtisodiy sharoit mamlakatning siyosiy, mafkuraviy, iqtisodiy ma’rifiy va ekologik sharoitlarni e’tiborga olgan holda har bir iqtisodiy mintaqa xususiyatlaridan kelib chiqqan holda oliy ta’lim xizmatlarini oliy o’quv yurtlarida yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash asosida, mehnat va oliy ta’lim xizmatlari bozorini rivojlantirish zarur.

Mintaqalarda mavjud bo’lgan oliy malakali mutaxassislarni, ularning jinsi, yoshlaridan qat’i nazar ish joylari bilan ta’minlanishi lozim. Mehnat va oliy ta’lim xizmatlari bozorini rivojlanishini ta’minlashda ularga ta’sir etuvchi omillar ayniqsa, bozor iqtisodiyoti sharoitida aholining demografik tasnifining roli katta. Chunki, aholining demografik xususiyatlarini o’rganish asosida oliy ta’lim xizmatlari tizimining subyektlari bo’lgan oliy o’quv yurtlarida oliy ma’lumotga ega bo’lgan malakali kadrlarni tayyorlash asosiy maqsad bo’lishi kerak.

Mintaqalarning tabiiy iqlim sharoitlari, moddiy texnika bazalariga egaligi darajasi ham oliy ma’lumotli mutaxassislarni tayyorlashda alohida ahamiyatga ega, deb hisoblaymiz.

Agarda biz tomondan yuqorida keltirib o’tilgan asosiy omillar darajasi talabga javob bermasa, mehnat hamda oliy ta’lim xizmatlari bozorini rivojlantirish va ular o’rtasidagi munosabatlarini optimalligini shakllanishiga ta’sir etuvchi asosiy omil – oliy ta’lim xizmatlari tizimida oliy malakali kadrlar tayyorlovchi oliy o’quv bilim yurtlarini rivojlanishiga o’zining salbiy ta’sirini o’tkazadi.

Shu bilan birga, mehnat va oliy ta’lim xizmatlari bozorlariga ta’sir o’tkazuvchi asosiy omil bu – ijtimoiy mehnat qilish qobiliyatini tashkil etuvchi mehnatga yaroqli aholi qismining o’sib borishi hisoblanadi.

Mehnatga yaroqli aholi sonining o’sishi shakllanayotgan mehnatga yaroqli mehnat resurslarini ish joylari bilan ta’minlash masalasi ishlab chiqarish joylarini kengaytirish, qo’shimcha ish joylarini, bu yangi ish joylarida ishlab chiqarishni tashkil etish oliy ta’lim muassasalarida oliy malakali mutaxassislarni tayyorlash bilan bog’liq. Tashkil topayotgan yangi ish joylarini malakasiz va malakali ishchi va oliy ma’lumotli mutaxassislar bilan ta’minlash mehnat va ta’lim xizmatlari bozorlarining o’zaro iqtisodiy hamkorliklarida talab va taklif qonunlar doirasida amalga oshirilishini taqazo etadi.

Kengaytirilgan takror ishlab chiqarish jarayonini rivojlanish qonuni talablaridan kelib chiqqan holda aytish mumkinki, ishlab chiqarish kuchlari, uning maxsus qismini ifoda etuvchi oliy malakali mutaxassislar tayyorlash ishlab chiqarish jarayoniga nisbatan ustun darajada amalga oshirilishi lozim.

Ishchi kuchlarini va oliy malakali mutaxassislar tayyorlashni o’sib borishi mavjud mehnat resurslarini o’sib borishi bilan bog’liq bo’lib, oliy malakali mutaxassislarni tayyorlash kengaytirilgan ravishda ishchi kuchlarini takror ishlab chiqarishning bir yo’nalishini ifoda etadi. Ishlab chiqarish jarayonini kengaytirilgan ravishda olib borishda oliy malakali mutaxassislar tayyorlash muhim ahamiyat kasb etadi.

Bozor sharoitida mehnat resurslariga bo’lgan talab asosan, innovasion yangiliklarni ishlab chiqarishga qo’llash, ulardan samarali foydalanish muddatining qisqarib borishi oliy ta’lim xizmatlari bozorining talabini qondirish uchun oliy ta’lim xizmatlari tizimining asosiy subyektlari bo’lgan oliy ta’lim beruvchi o’quv yurtlarida yuqori malakali mutaxassislarni mehnat bozori talablaridan kelib chiqqan holda tayyorlashni talab etadi.

Bozor munosabatlari sharoitida ishlab chiqarish jarayonini, xizmat ko’rsatish sohalarini innovasion texnologiyalari asosida rivojlanib borishida davr talablariga mos tayyorlanayotgan yuqori malakali mutaxassis yoshlar bilan ta’minlanib borishi ma’lum darajada hozirgi kunda yuqori ishlab chiqarish mehnat stajiga ega bo’lganlar o’rtasida ma’lum bir raqobatni kelib chiqishiga olib keladi. Bu holatning oldini olishda ko’pchilikning fikricha, ularni nafaqaga jo’natish zarur, deb hisoblaydilar.

Hozirgi bozor sharoitida mehnat va ta’lim xizmatlari bozorlariga tegishli xizmatlari tizimida oliy ta’lim darajasida bilim olish va mehnat bozorida ish joylariga ega bo’lishda ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish korxonalarida zarur bo’lgan ijtimoiy infratuzilmalarning roli katta.

Mehnat va oliy ta’lim xizmatlari bozorlari faoliyatlariga ta’sir etuvchi omillar quyidagilardan iborat:

– mulkka bo’lgan egalikka asoslangan mulkiy munosabatlarda mehnatni tashkil etish va ish haqi to’lash;

– mulkiy egalik subyektlarida oliy malakali kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash xususiyatlari;

– mulkiy egalik subyektlarida ijtimoiy infratuzilmalarni yaratish darajasi;

– bozor sharoitida xo’jalik mexanizmidan shaxsiy manfaatdorlikni va javobgarlikni oshirishga;

– turli mulk shakllariga asoslangan tadbirkorlik faoliyatlarini faolligiga bog’liq bo’ladi.

Mehnat va oliy ta’lim tizimi bozorlarini talab va taklif asosida rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillardan yana biri bu – demografik omil hisoblanadi.

Demografik omilning mehnat va oliy ta’lim tizimi bozoriga insonlarning sog’liq-salomatligini ta’minlovchi tibbiyot, biologik, texnika va texnologik, ekologik, tabiiy muhit hamda ijtimoiy-iqtisodiy ta’sir ko’rsatadi. Bu omillarning har biri mehnat va oliy ta’lim xizmatlari bozorining shakllanishi va rivojlanishiga o’z ta’sirini o’tkazadi.

Bu omillar o’zaro bog’liqlikda shakllanadi va mehnat resursiga ta’sir etadi. Lekin mehnat va oliy ta’lim xizmatlari bozorining barqaror rivojlanishi va unga zarur bo’lgan oliy malakali mutaxassislarni tayyorlash ishlab chiqarishni tashkil etish va zarur bo’lgan mahsulotlarni ishlab chiqarish bilan bog’liq.

Moddiy ishlab chiqarish jarayonining rivojlanishi va uning hajmini talabdan kelib chiqqan holda kengayishini ta’minlash uchun oliy ta’lim tizimining subyektlari bo’lgan oliy ta’lim bilim yurtlari zarur bo’lgan oliy ma’lumotli mutaxassislarni tayyorlash orqali oliy malakali kadrlarni tayyorlash tizimini barqaror rivojlanishi uchun zarur bo’lgan talab va taklif nisbatlarini asoslab berishi mehnat va oliy ta’lim xizmatlari bozorining barqarorligini ta’minlaydi.

Bozor iqtisodiyoti munosabatlari sharoitida ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish subyektlari huquqi va iqtisodiy jihatdan mustaqil subyektlar sifatida o’zlarining faoliyatlarini olib borsalarda ishlab chiqarish jarayoni umumlashtirilgan holda ijtimoiy ishlab chiqarishni tashkil etish umummehnat resurslari o’rta va oliy ma’lumotli mutaxassislarni o’z ichiga olgan holda mamlakatimiz ijtimoiy mehnat resurslarining darajasini uning qobiliyatini ifodalab, davlat va nodavlat korxonalarining mehnat resurslarini o’zaro bog’liqligini ifoda etadi.

Shuni aytib o’tish lozimki, har bir iqtisodiy mintaqa ijtimoiy ishlab chiqarish jarayonining subyekti sifatida u qanday tabiiy iqlim sharoitlarida joylashishidan qat’i nazar ular ijtimoiy mahsulotlarni takror ishlab chiqarishda, mehnat resurslarini va oliy malakali mutaxassislarni birinchi o’rinda iqtisodiy mintaqalar darajasida tayyorlashda faol qatnashadilar.

Iqtisodiy mintaqa aholisi uchun zarur bo’lgan jami ijtimoiy mahsulotni ishlab chiqarishda zarur bo’lgan ishchi va oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlash talabi qondirilmagan taqdirda respublika miqyosida tayyorlanayotgan oliy ma’lumotli mutaxassislar bilan ta’minlanadilar.

Mehnat va oliy ta’lim xizmatlari bozorining rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillardan ayrimlari umumiy tasnifga ega.

Bu umumiy tasnifga oid omillar ijtimoiy tizimda erishilgan fundamental sifat jihatdan o’zgarishlarni demografik ravishda mehnat resurslarini rivojlantirishda ulardan foydalanish mumkin. Bozor iqtisodiyoti sharoitida oliy ma’lumotli mutaxassislarga bo’lgan talab nafaqat miqdoriy jihatdan, balki malakaviy jihatlariga katta e’tibor berilishi asosida oliy ta’lim xizmatlari tizimi subyektlari bo’lgan oliy malakali mutaxassislarni tayyorlash subyektlari talab va taklif asosida tayyorlansada, uning ma’lum miqdori davlat grantlari, ya’ni davlat byudjeti xarajatlari hisobiga to’g’ri keladi.

Iqtisodiyotimiz tarmoqlari uchun zarur bo’lgan oliy ma’lumotli mutaxassislarni tayyorlashda aholining mehnatga yaroqli mehnat resurslari subyektlari hisobiga jamiyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi uchun zarur bo’lgan ijtimoiy mahsulotni takror ishlab chiqarishda ularning ma’lum qismi oliy malakali mutaxassislar hisobida oliy ta’lim tizimi subyektlari bo’lgan oliy ta’lim o’quv yurtlari tomonidan tayyorlanib, oliy ta’lim tizimi xizmatlari va mehnat bozorlari orqali iqtisod tarmoqlari yo’nalishida ishlab chiqarish va ijtimoiy xizmatlar ko’rsatish korxonalari o’rtasida taqsimlanadi.

Aholining faqat ma’lum qismigina tegishli davrda mehnat resurslari sifatida iqtisodiyotni rivojlantirishda qatnashadilar.

Demak, milliy iqtisodiyotning asosiy iqtisodiy ko’rsatkichi bo’lgan yalpi ichki mahsulotning o’sishi ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish sohalarida band bo’lgan mehnat resurslarining miqdoriga va ular mehnatining unumdorligiga bog’liq.Milliy iqtisodiyotimizning barqaror rivojlanishi ijtimoiy mahsulotni ishlab chiqarishni mehnat resurslarini ishlab chiqarishdagi bandligi darajasiga nisbatan ustunligiga bog’liq. Shu bilan birga, ijtimoiy mahsulotni ishlab chiqarishning yuqorilab borishini belgilovchi asosiy iqtisodiy ko’rsatkich bu – mehnat unumdorligining o’sib borishi hisoblanadi.

Shuning uchun ham bozor iqtisodiyoti munosabatlari sharoitida ishlab chiqarish subyektlarining samaradorligi band bo’lgan mehnat resurslarining unumdorligini oshirish, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning sifatini ko’tarish va tannarxini tushirish evaziga ularning foyda salmog’ining o’sib borishini ta’minlash mumkin.

Mehnat va oliy ta’lim xizmatlari bozoriga ta’sir etuvchi omillarni o’rganish asosida quyidagi xulosaga kelish mumkin:

– ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish jarayonlarining taraqqiyoti mehnat va oliy ta’lim xizmatlari rivojlanishining asosiy omillaridan biri deb qarash mumkin;

– ishlab chiqarish jarayonlarini samarali olib borishda tajribali mutaxassislarga yangi yosh kadrlarni shogird sifatida biriktirish asosida yoshlarning tajribalarini oshirish maqsadga muvofiq bo’ladi, deb hisoblaymiz;

– mehnat va oliy ta’lim tizimi bozorining shakllanishiga ta’sir etuvchi omillar har bir iqtisodiy mintaqaning xususiyatlaridan kelib chiqqan holda shakllanuvchi omillar ta’siridan kelib chiqishi lozim.

Xulosa qilib aytish mumkinki, ishlab chiqarishda band bo’lgan mehnat resurslaridan va jumladan, unda band bo’lgan oliy malakali mutaxassislardan samarali foydalanish ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish sohalariga arzon, mehnat unumdorligi yuqori bo’lgan innovasiya texnika va texnologiyalaridan foydalanish ko’zlangan maqsadga erishishda muhim omildir.


2.2. Mehnat bozorida ish bilan bandlik xizmati

faoliyatining tahlili

Samarali bandlik – ijtimoiy mehnat unumdorligini o’stirish asosida jamiyatning har bir a’zosi uchun munosib daromad, salomatlik, ta’lim va kasbiy darajasini oshirishni ta’minlash hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasi aholisi samarali bandligini ta’minlash bo’yicha mehnat bozori ishtirokchilari sa’y-harakatlari va kuchlarini birlashtirish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda viloyatlar, shahar va tuman hokimliklari va mahalliy o’zini o’zi boshqarish organlari, kasaba uyushmalari tizimi o’rtasida aholi samarali bandligini ta’minlash bo’yicha ishlab chiqilgan birgalikdagi harakat Bosh kelishuvini har yili takomillashtirib borish va amalga oshirilishini ta’minlash lozim [10]. Samarali bandlik – jamiyat a’zolari sanalgan aholining iqtisodiy va ijtimoiy jihatdan ularni qanoatlantira oladigan hamda ularning mehnat salohiyatidan unumli foydalanishga imkon beruvchi bandliqdir.

Davlat uchun samarali bandlik quyidagilarda namoѐn bo’ladi:

 milliy daromadning o’sishi, mahalliy ishlab chiqarishning taraqqiѐti, jamiyat uchun zarur mahsulotlarni ishlab chiqarish, iqtisodiѐtning rivojlanishi;

 aholi farovonlik darajasining oshishi, ularning kasbiy malaka darajasining ortishi;

 mamlakatda ilmiy texnikaviy rivojlanish;

 iqtisodiy-ijtimoiy jihatdan yangi ish o’rinlarini yaratish imkoniyatining mavjudligi;

 davlat boshqaruvining ijtimoiy iqtisodiy rivojlanish darajasi va korxonalarda ishchilar uchun shart-sharoitlar yaratilganligi kabi mezonlar bilan belgilanadi. Shu nuqtai nazardan aholi bandligini tartibga solish usullarini qo’llashni talab etiladi (1-rasm).



1-rasm ma’lumotlariga e’tibor karatadigan bulsak, 1991 yilga nisbatan jami aholi soniga nisbatan mexnat resurslari 49 foizni tashkil etgan bulsa, 2017 yilga kelib esa jami aholi soniga nisbatan mexnat resurslari 59,7 foizni, ya’ni usish tendensiyasi kuzatilgan.



O’zbekiston Respublikasida 1991-2017 yillarda jami aholi soniga nisbatan mexnat resurslari, iktisodiy faol aholi soni va iktisodiyetda band aholi sonining uzgarish tendensiyalari taxlili amalga oshirildi (2-rasm).

Xuddi shunday usish tendensiyasi jami aholiga nisbatan iktisodiy faol aholi va iqtisodiyotda band aholi mos ravishda usish tamoyiliga, ya’ni iktisodiy faol aholi 1991 yilda 39,6 foizdan 2017 yilda 44,6 foizga, iqtisodiyotda band aholi 1991 yilda 39,6 foizdan 2017 yilga kelib 42,5 foizga ega bulgan.



3-rasm ma’lumotlarida esa 1991 yildan tortib 2017 yilgacha bulgan mexnat bozorini tavsiflovchi asosiy indikatorlarning utgan yillarga nisabatan uzgarishi keltirilgan bulib, bunda iktisodiy faol aholining mexnat resurslariga nisbatan va iqtisodiyotda band aholining iktisodiy faol aholiga nisbatan uzgarishi keltirilgan.



Bunaday tendensiyaning kuzatilishi albatta, mamlakatimizda mexnatga ayokatli yoshdagilarning oshishiga olib kelib, aholi bandligini ta’minlash muammosini keltirib chikarishga sabab buldi.Shu urinda O’zbekiston Respublikasida 1991-2017 yillarda iqtisodiyotdagi bandlarning tarmoqlar tarkibiy tuzilishi dinamikasini tadkik etish xam samarali yondashuv sanaladi.

Chunki, 4-rasmda keltirilgan statistik ma’lumotlar ushbu kursatkichni 2017 yilda 1991 yilga nisbatan 92,1 foizga usib 19440,8 ming kishiga yetganligini kursatmokda. O’zbekiston Respublikasida iktisodiy faol aholi soni 14,357 mln. kishini yoki umumiy aholining 44,3% ini tashkil etdi. Shu bilan birga, iqtisodiyotdagi bandlar soni utgan yilga nisbatan 1,7 %ga usib, 13,52 mln.kishiga etdi. Utgan yil bilan kiyoslaganda, eng yuqori bandlik darajasi tashish va saklash (2,6%ga), moliyaviy va sugurta faoliyati (2,4%), kurilish (2,1%), savdo (1,9%), yashash va ovkatlanish (1,7%) soxalarida qayd etildi. Bandlar umumiy sonida kishlok, urmon va balik xujaligi (27,3%), sanoat (13,5%), savdo (9,5%) va ta’lim (8,2%) soxalarining ulushi yuqoridir.

Ishbilarmonlik muhitini shakllantirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni xar tomonlama kullab-kuvvatlash xamda yanada ragbatlan- tirish buyicha chora-tadbirlarning amalga oshirilishi tufayli kichik biznesdagi bandlar ulushi ortib borayotganligi 78,3% ni (2016 yilda 78,2%) tashkil etganligi bilan izohlanadi.
2.3. Mehnat bozori rivojlanishiga xizmat qiluvchi

zamonaviy infratuzilmalar

Mehnat bozorini to’liq ishlashi uchun rivojlangan infratuzilmani shakllantirish lozim. Mehnat bozori faoliyat ko’rsatishining sifat ko’rsatkichlarini eng muhim mezoni uning infratuzilmasining rivojlanish darajasidir. Infratuzilma iqtisodiyotda turli xo’jalik tizimlari va bu tizimlardagi asosiy subyektlar o’rtasida faol o’zaro aloqadorlikni ta’minlash uchun shart-sharoit yaratishi zarur.

Mehnat bozori infratuzilmasining mohiyatini yoritib berishda ko’pgina ilmiy adabiyotlarda mehnat bozori infratuzilmasi ish bilan bandlikka ko’maklashuvchi davlat va nodavlat muassasalar tizimini,  korxona va firmalarning kadrlarga xizmat ko’rsatish bo’limlarini, jamoat tashkilotlari va jamg’armalarini, mehnat bozoridagi talab va taklif o’rtasidagi samarali o’zaro aloqadorlikni ta’minlashni o’z ichiga oluvchi mehnat bozori tarkibiy qismi sifatida ifodalanadi.

Ko’pincha mehnat bozori infratuzilmasi tushunchasi uning tarkibiga kiruvchi obyektlar va ularning funksional vazifalarini ifodalaydi. Masalan, “mehnat bozori infratuzilmasi – mehnat va ijtimoiy himoya qilishda odamlar huquqlarini amalga oshirish, ishchi kuchiga talab va taklif o’rtasida bozor muvozanatiga erishishning eng samarali yo’lini ta’minlaydigan, ular faoliyatining yagona normativ-huquqiy muhitini o’z ichiga oluvchi ish bilan bandlikka ko’maklashuvchi jami tashkilotlar va institutlar hisoblanadi” [6].

Mehnat bozori infratuzilmasining ijtimoiy-iqtisodiy mohiyatini yoritib berishda Q.X.Abdurahmonovning bergan ta’rifi ancha o’rinlidir. Unga muvofiq mehnat bozori infratuzilmasini uning tarkibiy qismi sifatida ta’riflash mumkin, u davlat idoralari, ish bilan bandlikka ko’maklashuvchi nodavlat tuzilmalari, korxona va firmalarga kadrlar xizmati, jamoat tashkilotlari va jamg’armalari, normativ-huquqiy muhitni o’z ichiga oladi, ular ishchi kuchiga ehtiyoj bilan taklif o’rtasidagi eng samarali o’zaro hamkorlikni ta’minlaydi [2].

Bizning fikrimizcha, mehnat bozori infratuzilmasining mohiyatini yoritib berishda uning quyidagi  o’ziga xos xususiyatlarini ko’rsatib o’tish zarur:

1. Mehnat bozori infratuzilmasi – bu ko’p funksiyali tizim bo’lib, aholining ish bilan bandligini ta’minlash va ijtimoiy himoyalashning turli xil tashkiliy shakllari va usullaridan foydalanishni o’z ichiga oladi;

2. Mehnat bozori infratuzilmasidagi institutlar va tashkilotlar mehnat bozorini boshqarishda huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, moliyaviy va axborot mexanizmlarini yuzaga keltiradi;

3. Infratuzilma mehnat bozori subyektlari o’rtasida samarali o’zaro aloqadorlikni ta’minlaydi va ishchi kuchini talab va taklif qilish o’rtasidagi nisbatlarni muvofiqlashtiradi;

4. Infratuzilma tarkibidagi (aholining ish bilan bandligiga ko’maklashuvchi) obyektlar va mexanizmlar mehnat bozorining samarali shakllanishi va rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlarni yaratilishiga qaratilmog’i zarur.

Bizning fikrimizcha, yuqoridagi qarashlarni e’tiborga olgan holda mehnat bozori infratuzilmasining mohiyatini quyidagicha talqin etamiz: mehnat bozori infratuzilmasi – bu ish bilan bandlikka ko’maklashuvchi davlat va nodavlat xizmatlarni, korxona va firmalardagi kadrlar bo’limlarini, jamoat tashkilotlari va jamg’armalarini, ishchi kuchini talab va taklif qilish o’rtasidagi nisbatlarni bevosita tartibga soluvchi va o’zaro hamkorlikni ta’minlovchi normativ-huquqiy, moliyaviy-iqtisodiy va axborot mexanizmlari muhitini o’z ichiga oluvchi mehnat bozorining tarkibiy qismidir.

Mehnat bozori infratuzilmasi institutlar tizimi sifatida, davlat va nodavlat ish bilan bandlikka ko’maklashuvchi tuzilmalar va mexanizmlar, mehnat bozori shakllanishi va rivojlanishi uchun huquqiy, moliyaviy va iqtisodiy jihatdan tartibga solishda qulay shart-sharoitlarni ta’minlaydi.

Mehnat bozori infratuzilmasi iqtisodiyot va  boshqaruv sohasida turli darajalardagi subyektlar sifatida quyidagilardan iborat:

1. Xalqaro tashkilotlar, masalan, Xalqaro Mehnat  Tashkiloti, turli mamlakatlar mehnat bozorlaridagi faoliyatlari bo’yicha koordinasiyani amalga oshiradi;

2. Mehnat bozori infratuzilmasi subyekti sifatida davlatning roli. Davlat iqtisodiyotning davlat sektorida tadbirkor sifatida ham, ko’pgina investision dasturlarni amalga oshirish subyekti sifatida ham namoyon bo’ladi. Davlatning qonun chiqaruvchi organlari qonunlarni ishlab chiqadi va qabul qiladi, bozor munosabatlarining huquqlari va umumiy tamoyillarini o’rnatadi. Davlatning subyekti sifatida mehnat bozoridagi siyosatni davlat ish bilan bandlik xizmati amalga oshiradi. Bu umumdavlat, hududiy va joylardagi boshqaruv darajalari asosida amalga oshiriladi;

3. Mehnat bozori infratuzilmasi subyektlari sifatida, turli ijro etuvchi hokimiyat organlari davlat ish bilan bandlik xizmati bilan o’zaro aloqadorlikda faoliyat yuritadilar, masalan, yoshlar ishi bo’yicha Qo’mita, ta’lim bo’yicha Qo’mita va hokazo.

4. Mehnat sohasidagi yollanma ishchilarning birlashmalari – kasaba uyushmalar.

5. Mehnat bozori infratuzilmasi tarkibiga: nodavlat ish bilan bandlik xizmatlari, tijorat mehnat birjalari va kadrlar agentliklari; ishchi kuchini tayyorlash va qayta tayyorlash bo’yicha o’quv markazlari; tijorat ish bilan bandlik xizmati birlashmalari; ish beruvchilar assosiasiyasi, kadrlarga maslahat markazlari; mehnat bozori haqida axborot tizimi va boshqalar kiradi.

6. Yangi ming yillikda mehnat bozori infratuzilmasi subyekti bo’lib, Internet tarmog’idagi mehnat birjalari hisoblanadi. Internet tarmog’idagi  mehnat  birjalaridan aholining keng qatlami ish bilan bandlikka oid ma’lumotlardan keng miqyosda foydalanishlari mumkin.

Mehnat bozori infratuzilmasi funksional elementlari va tarkibiy qismlari bo’yicha quyidagi tizimlarni o’z ichiga oladi:

1. Mehnat bozori infratuzilmasining ustqurmaviy elementlari: bunga davlatning tartibga solish va normativ-huquqiy roli, mehnat shartnomalari va hokazolar kiradi. Davlatning tartibga solish roli huquqiy normalar va qonunlarning qabul qilinishi, mehnat munosabatlarini tartibga solish, investisiyalar harakatini boshqarish, ijtimoiy siyosatni amalga oshirish, ishchi kuchi shakllanishiga ta’sir etishdan iborat.

2. Mehnat bozori infratuzilmasining tashkiliy tarkibi, ya’ni, makro va mikro darajalardagi tashkiliy-iqtisodiy va tashkiliy-boshqaruv   tuzilmalari quyidagilarni o’z ichiga oladi:

– ishga joylashtirish bo’yicha tashkiliy tuzilmalar, bularga, davlat, munisipial organlar, nodavlat ish bilan bandlik xizmatlari va assosiasiyalar kiradi;

– ta’lim tizimi, bunga davlat va nodavlat ish bilan bandlik xizmatidagi o’quv markazlari hamda o’rta va oliy o’quv yurtlari kasbga tayyorlash va qayta tayyorlash institutlari sifatida, fuqarolarni o’qitish bo’yicha ish bilan bandlik xizmati organlari bilan shartnomaviy hamkorlikda mehnat bozoriga yangi mutaxassislarni tayyorlab beradi;

– rekrut tizimi, bunga rekrut agentliklari va ixtisoslashgan mehnat birjalari kiradi;

– axborot tizimi-mehnat bozori holati haqida axborotlarni to’plash;

– ijtimoiy tizim – ijtimoiy himoyaga muhtoj bo’lganlarga ko’rsatiladigan xizmatlar bo’yicha  markazlar va tashkilotlar;

– moliyaviy tizim – bularga davlat ish bilan bandlik jamg’armasi, tijorat ish bilan bandlikka ko’maklashuvchi jamg’armalar, bitiruvchilarni ishga joylashtirishga ko’maklashuvchi o’quv yurtlarining jamg’armalari kiradi.

Mehnat bozori infratuzilmasi o’zining vazifalarini amalga oshirish uchun bir qator funksiyalarni bajaradi, ular jumlasiga quyidagilar kiradi:

– mehnat bozorida ishchi kuchiga talab va taklif muvofiqligi mexanizmining samaradorligini oshirish uchun me’yoriy-huquqiy va tashkiliy-iqtisodiy shart-sharoitlarni yaratish;

– mehnat daromadlarini olish va mehnat huquqini amalga oshirishga ko’maklashish;

– ish bilan band bo’lmagan aholini qo’llab-quvvatlash va ijtimoiy ta’minlash;

– ish bilan band bo’lgan va band bo’lmagan aholini kasbga o’qitish, tayyorlash va malakasini oshirish;

– mehnat bozori kon’yunkturasi, ishchi kuchiga talab va taklifning o’zgarish tendensiyalari va ularning rivojlanish istiqbollari to’g’risida axborotlarni ishlab chiqish. Ishchi kuchini sotuvchilar va sotib oluvchilarga axborot xizmatlari ko’rsatish.

S.Beysenov va T.Muxambetovlarning nuqtai nazariga ko’ra mehnat bozori infratuzilmasining uch darajasi ajratib ko’rsatiladi: davlat, hududiy va korxona. Shuningdek, mehnat munosabatlari masalalarini xalqaro darajada tartibga solishning bosh elementi bo’lib XMT hisoblanadi. 2.3.1-jadvalda mehnat bozori infratuzilmasining darajalari va funksiyalari keltirilgan.

Mehnat bozori infratuzilmasi tarkibidagi institusional tuzilmalar va   tashkilotlar o’rtasida yuzaga keladigan ish bilan bandlikka oid ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar ularning o’zaro aloqadorligini ta’minlaydi.



2.3.1-jadval.

Mehnat bozori infratuzilmasi darajalari va funksiyalari

Darajalar

Funksiyalar

XMT

Milliy mehnat bozorlarida mehnat munosabatlarini tartibga solish bo’yicha xalqaro me’yorlar va tavsiyalarni ishlab chiqadi

Milliy

Milliy mehnat bozori shakllanishining zarur me’yoriy-huquqiy asoslarini ishlab chiqadi

Ijtimoiy va mehnat qonunchiligi tizimini yaratadi

Mehnatni boshqarish davlat organlari vakolati doirasida va ishga yollash sohasida ish beruvchilar va yollanma ishchilar huquqlarini aniqlash

Hududiy

Hududda ijtimoiy-mehnat munosabatlarini tartibga soluvchi huquqiy me’yorlarni ishlab chiqish

Hududiy darajada ish bilan bandlik konsepsiyasini shakllantirish

Aholini ish bilan bandligiga ko’maklashish hududiy dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish

Hududda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning ustuvor yo’nalishlariga muvofiq ish bilan bandlikni ta’minlash va samaradorligini oshirish

Hududda ishchi kuchi sifat tarkibini takomillashtirish va mehnat salohiyatini oshirish

Hududda mehnat salohiyatidan foydalanish samaradorligini oshirish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish

Hududda innovasion ish bilan bandlik shakllantirish bo’yicha tadbirlarni amalga oshirish

Korxona (firma)

Korxona miqyosida mehnatni boshqarish siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish

Ishchi-xodimlar raqobatbardoshligini oshirish

 Ma’lumki, samarali ish bilan bandlikni ta’minlash mehnat bozorining bosh ijtimoiy-iqtisodiy funksiyasi hisoblanadi. Mehnat bozori infratuzilmasi bu funksiyani bajarilishini ta’minlaydi, shunday ekan, mehnat bozori infratuzilmasining muvaffaqiyatli shakllanishi va rivojlanishi mezoni sifatida ishchi kuchiga talab va taklif o’rtasidagi muvozanatni ta’minlash hisoblanadi.

2.3.2-jadval.

Mehnat bozori infratuzilmasi tarkibiy qismlari

Mehnat vositachiligi tizimi

Ijtimoiy qo’llab-quvvatlash tizimi

Marketing tizimi

Kasbga yo’naltirish va kasbga tayyorlash tizimi

Moliyaviy tizim

Axborot tizimi

Me’yoriy-huquqiy asoslar

 

Birinchi belgisi bo’yicha quyidagi tizimlarga ajratiladi: mehnat vositachiligi, kasbga yo’naltirish va kasbiy tayyorgarlik, ijtimoiy-psixologik qo’llab-quvvatlash, moliya, marketing, axborotlar, shuningdek, me’yoriy-huquqiy asoslar (2.3.2-jadval).

Mehnat bozori infratuzilmasining tizimlarga ajratilgan tarkibiy qismlari mehnat bozori bosh funksiyasini amalga oshirishni ta’minlash, ishchi kuchiga talab va taklif muvozanatiga erishishga yo’naltirilgan bo’lishi zarur.

Mehnat bozori kontragentlari uchun natijaviy belgilari bo’yicha ajratilgan tizimlar ikki guruhga: vositachilik elementlari va kentrib’yuter elementlardan tashkil topadi (2.3.3-jadval).



2.3.3-jadval.

Mehnat bozori kontragentlari uchun natijaviy belgilari bo’yicha infratuzilma tarkibiy qismlari tasnifi*

Vositachilik elementlari

Kentrib’yuter elementlari

Mehnat vositachiligi elementlari

Me’yoriy-huquqiy asos

Kasbga yo’naltirish va kasbga tayyorlash tizimi

Moliyaviy tizim

Ijtimoiy-psixologik qo’llab-quvvatlash tizimi

Marketing tizimi

Axborot tizimi

*kentrib’yuter - inglizchadan, “contributor” – qatnashchi, xodim.

 

Mehnat bozori infratuzilmasining birinchi guruh elementlariga biz mehnat bozori kontragentlari uchun xizmat ko’rsatish bilan aloqador faoliyatni kiritamiz; ikkinchisiga birinchi guruh elementlari samarali shakllanishi uchun shart-sharoitlarni ta’minlovchi elementlar kiradi.



Bizning fikrimizcha, mehnat bozori infratuzilmasi rivojlanishi uchun quyidagi tadbirlarni amalga oshirishi zarur:

1) zamonaviy bozor sharoitlariga muvofiq aholi ish bilan bandligini tartibga solish mexanizmlarini shakllantirish imkoniyatiga ega bo’lish;

2) aholi turmush darajasi va uning ijtimoiy himoyalash darajasiga mehnat faoliyatini liberallashtirishning salbiy oqibatlari ta’siriga yo’l qo’ymaslik; stixiyali bozor mexanizmi boshlang’ich tartibga solishga olib keladi;

3)  aholini ishga joylashtirish va ish bilan bandligiga ko’maklashish maqsadli dasturlarini amalga oshirishni ta’minlash;

4) mehnat bozori imkoniyatlarini maksimal realizasiya qilishga shart-sharoit yaratuvchi har bir hududiy darajada mehnat bozorini tartibga solish yo’nalishlarini joriy etish va rivojlantirish imkoniyatlari;

5) ishchi kuchiga talab va taklif muvozanatiga erishishni oldindan ta’minlash, insonni daromadli ish bilan bandligini yo’qotish oqibatlarini oldini olish;

6) mehnat bozorida iqtisodiyotning innovasion rivojlanish yo’nalishlariga mos ish bilan bandlik yangi shakllarini kengaytirish.

Hozirgi sharoitda ish bilan bandlikni tartibga solish tizimi prinsipial jihatdan yangicha mazmunga ega bo’lishi kerakki, u insonlarni o’z-o’zini namoyon qilish uchun imkoniyatlarning mavjud bo’lmagan, ish joylari sifatining past, ishchilarni kasbga tayyorlash va qayta tayyorlashda nomutanosiblikni tavsiflovchi va ulardan ekstensiv foydalanishda mehnat resurslarini boshqarish tizimiga ega.

Mamlakatimiz mustaqilligining dastlabki yillarida mehnat bozori infratuzilmasi shakllanishida muhim qadam bo’lib, O’zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi va uning hududiy organlarini shakllantirilishi hisoblanadi. Bu tashkilot mamlakatimizda ijtimoiy mehnat munosabatlari sohasini isloh qilish va davlat siyosatini amalga oshiradigan asosiy institutlardan biri hisoblanadi.

Bir asrga yaqin vaqt mobaynida bozor iqtisodiyoti mamlakatlarida davlat ish bilan bandlik xizmati tarixining rivojlanishi ularning kon’yunktura o’zgarishiga egiluvchan javob qaytarish imkoniyatini isbotladi, iqtisodiy yuksalish yoki pasayish davrida ishsizlarga xizmat ko’rsatishning an’anaviy usullariga moslashish amalga oshirildi. Aynan shuning uchun hyech bir davlat mazkur institutni yuqori maqomini qo’llab-quvvatlashdan bosh tortmadi.

Shunday qilib, mamlakatimiz iqtisodiyotining innovasion rivojlanishi sharoitida mehnat bozori infratuzilmasi samarali rivojlanishining muhim yo’nalishi sifatida mehnat bozorini tartibga solish jarayoni nafaqat o’z ahamiyatini yo’qotmaydi, balki ish bilan  bandlik yangi shakllarining rivojlanishi va tarkibiy o’zgarishlarning zamonaviy iqtisodiyot tarmoqlarini modernizasiyalash jarayonlariga o’z ta’sir doirasini sezilarli darajada kengaytiradi. Shuningdek, o’z navbatida boshqarish va xo’jalik yuritishning turli darajalarida bunday tartibga solishning asosiy tamoyillarini ishlab chiqishga yangi yondashuvlar zarur bo’lmoqda.

Yuqorida qayd etilgan mehnat bozorini tartibga solish bilan bog’liq bo’lgan  tashkiliy-huquqiy  va tuzilmaviy shart-sharoitlar mehnat bozori infratuzilmasi rivojlanishining quyidagi asosiy rivojlanish tamoyillarini to’liq amalga tatbiq etgan holda, mazkur bozorni  rivojlanishiga samarali ta’sir ko’rsatadi:

1. Mehnat bozori infratuzilmasi samarali rivojlanishining iqtisodiy va ijtimoiy maqsadlarini o’zaro muvofiqligini ta’minlash.

2. Mehnat bozorida ish kuchini talab va taklif qilish o’rtasidagi eng samarali  o’zaro hamkorlikni ta’minlovchi normativ-huquqiy mexanizmni yaratish.

3. Ish bilan bandlik bo’yicha yagona davlat siyosatini amalga oshirish. Bunda ish bilan bandlik bo’yicha davlat siyosatining atrofida hamma darajadagi ma’muriy hududlarning aholini ish bilan ta’minlash faoliyatidagi o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda yagona  umumdavlat ish bilan bandlik siyosatini yuritish nazarda tutiladi.

4. Aholi ish bilan bandlikni ta’minlash bo’yicha nazorat.

5. Mehnat bozori infratuzilmasi samarali rivojlanishida tizimli yondashish.

6. Ish haqi va boshqa qonuniy daromadlar chegarasini O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasida belgilangan “kun kechirish uchun zarur miqdordan kam bo’lmaslik”ka rioya qilgan holda erkin belgilash.

Xulosa qilib aytganda, mehnat bozori infratuzilmasi samarali rivojlanishining o’ziga xos demografik, hududiy, ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-texnik muhitga ega mamlakat milliy mehnat bozorida ishchi kuchiga talab va taklifni tartibga soluvchi o’ziga xos takomillashgan tashkiliy-iqtisodiy mexanizm zarur.

Xulosa

Xulosa tarzida qayd etish lozimki, birinchidan, ish bilan band bulganlar sonining kamayishi, iqtisodiyot tarmoqdarida ish bilan bandlik tarkibining jiddiy ravishda uzgarishi, ish bilan norasmiy bandlik kulamlarining kengayishida uz ifodasini topadi. Ushbu jarayonlar shakllanishining konuniyatlarini aniklash ijtimoiy-iktisodiy rivojlantirish istikbollarini belgilashda maxalliy mikyosdagi mexnat resurslarini iktisodiy tarmoqlar urtasida taksimotini tugri tashkil etish, yangi tashkil etiladigan korxonalarni rejalashtirishda aholi soniga nisbatan proporsionallikni ta’minlash aholining ish bilan bandligini tarkibiy jixatdan uzgartirish dasturlarini ishlab chikish nixoyatda muximdir. Keltirilgan vazifalarni amalga oshirilishi uz navbatida mamlakat aholisi bandligini ta’minlashda muxim axamiyat kasb etmokda;

ikkinchidan, O’zbekiston Respublikasi 1991-2017 yillardagi rasmiy statistik ma’lumotlarga tayanib olib borilgan taxlillardan kelib chikib shuni ta’kidlash mumkinki, aholi soniga mos ravishda mexnat resurslari soni va iqtisodiyotda faol aholi soni xam tobora ortib bormokda. Albatta bunday xolat aholi yosh tarkibi bilan boglik bulib mexnatga layokatlilar sonining oshishiga omil bulganligini qayd etish lozim;

uchinchidan, bandlik masalasini yechishda kompleks tarzda yondashish, ya’ni bandlik dasturidan kelib chikib mamlakat va xududlararo yondashishni takozo etadi. Shuni aloxida ta’kidlash lozimki, bugungi kunda O’zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan investision siyosat sharoitida kator loyixalar asosida xududlarda korxonalar barpo etilmokda. Bu uz navbatida ular uchun kadrlar yetishtirib berishni takozo etadi. Shuning uchun barpo etilayotgan zamonaviy korxonalar uchun oliy ta’lim muassasalari faolligini oshirgan xolda ular uchun kadrlar yetishtirish xamda kayta ukitib berish, ya’ni malakasini oshirib berish tizimini zamonaviy yondashuvda tashkil etish lozim.

turtinchidan, mexnat bozori xamda bandlik soxasida gender tengligi erkaklar va ayollarga mazkur bozor takdim etadigan barcha imkoniyatlardan (umuman olganda, maosh tulanadigan mexnat soxasiga, faoliyatning barcha turlariga, turli kurinishdagi ish joylariga va boshkalardan) teng foydalanishlarini ta’minlashni kuzda tutadi. Bunda, gender tengligi - fakatgina adolat masalasi xam, inson xukuklariga rioya kilishga tegishli bulgan muammo xam emasligini yodda tutish zarur. Dunyoning turli mamlakat- larida utkazilgan kuplab tadkikotlarning kursatishicha, ayollar bilim darajasining oshishi va aholi jon boshiga tugri keladigan yalpi ichki max- sulot (YaIM) mikdori urtasida ijobiy bogliklik mavjud.Ayol boshkaradigan oilaviy daromad ulushining oshishi oziq-ovqat, bolalar ta’limi va ularning kiyim-kechaklariga xarajatlarni oshishiga olib keladi va bunda oilaning alkogol va tamaki maxsulotlariga ketadigan xarajatlari pasayadi.

Umuman olganda, olib borilgan taxlillar asosida kuyidagi takliflar keltirish mumkin:

birinchidan, oliy ta’lim tizimida fan-ta’lim va ishlab chikarish integrasiyasini kuchaytirish xamda real faoliyat olib borayotgan zamonaviy korxonlar talabidan kelib chikib maksadli dastur asosida tayyorlash;

ikkinchidan, aholi mexnatga layokatli aholining uz kizikishlarini xisobga olgan xolda ta’lim mutaxassisliklariga yunaltirish xamda ularning bandligini ta’minlash;

uchinchidan, aholi urtasida ishbilarmonlik va tadbirkorlikka yunaltiruvchi tadbirlarni amalga oshirish xamda intellektual kobiliyatini aniklash orkali ularga tijorat banklari tomonidan imtiyozli kreditlarni ajratish.

FOYDALANILGAN ADABIYoTLAR RUYXATI


  1. O’zbekiston Respublikasining “Aholini ish bilan ta’minlash tugrisida” gi konuni. (yangi taxriri) -Toshkent.: Shark, 1998 y.

  2. O’zbekiston Respublikasi Mexnat kodeksi. -T.: Adolat, 1996. -256

  3. Mirziyoyev, Shavkat Miromonovich, Tankidiy taxlil, kat’iy tartib- intizom va shaxsiy javobgarlik - xar bir raxbar faoliyatining kundalik koidasi bulishi kerak. Mamlakatimizni 2016 yilda ijtimoiy-iktisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017 yilga muljallangan iktisodiy dasturning eng muxim ustuvor yunalishlariga bagishlangan Vazirlar Maxkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruza, 2017 yil 14 yanvar. - Toshkent: «O’zbekiston», 2017.34-bet.

  4. Mirziyoyev, Shavkat Miromonovich, Tankidiy taxlil, kat’iy tartib- intizom va shaxsiy javobgarlik - xar bir raxbar faoliyatining kundalik koidasi bulishi kerak. Mamlakatimizni 2016 yilda ijtimoiy-iktisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017 yilga muljallangan iktisodiy dasturning eng muxim ustuvor yunalishlariga bagishlangan Vazirlar Maxkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruza, 2017 yil 14 yanvar. - Toshkent: «O’zbekiston», 2017. 35-36-betlar.

5. Abduraxmanov Q.X. “Ekonomika truda” M.: “Ekzamen” 2003.

6. Abdug’aniyev A., To’lametova Z. O’zbekistonnning mehnat salohiyati. T. : “Mehnat”, 2000.

7. Abdurahmonov Q.H. va boshqalar “Davlat hizmati personalini boshqarish” T.: 2002

8. N.Arabov. Mehnat bozori infratuzilmasi rivojlanishining ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati va tamoyillari

9. X.Rejabov. Mehnat va oliy ta’lim xizmatlari bozoriga ta’sir etuvchi omillar.

10. Abduraxmonov Q.X. Mehnat iqtisodiyoti (darslik). -T.: - “Mehnat” - 2009. 117-118 b.

11. Beysenov S., Muxambetov T. Infrastruktura rыnka truda // Chelovek i trud. - 1999.-№1. -S. 25-28.

12. Xlebovich D.I. Formirovaniye i sovershenstvovaniye infrastrukturы trudovogo posrednichestva v regione. - Irkutsk, 1996. s. 217.



13. Xolmo’minov Sh.R., Arabov N.U. Mehnat bozori infratuzilmasi. O’quv qo’llanma. –T.: “Fan va texnologiyalar”, 2016. -18 b.


1Биринчи Прзидентимиз Каримов И.А. “Амалга ошираётган ислоҳотларимизни янада чуқурлаштириш ва фуқаролик жамияти қуриш – ёруғ келажагимизнинг асосий омилидир”.Ўзбекистон Республикаси Конституцияси қабул қилинганлигининг 21-йиллигига бағишланган тантанали маросимдаги маъруза.2013 йил 7 декабр. – Тошкент.: “Ўзбекистон”, 2013 йил, 5-бет.

1 Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Олий Мажлисга мурожаатномаси. 24.01.2020 йил


2Маслова И.С. Эффективная занятость и рьнок рабочей силм // Эффективность труда в условиях нового хозяйственного механизма. Отв. ред. Д.Н. Карнухин.-М.:Наука, 1992. - С.38-59.

Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin