Iqtisodiyot uchun kichik biznes sektorining



Yüklə 48,89 Kb.
səhifə1/15
tarix16.05.2023
ölçüsü48,89 Kb.
#114697
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Iqtisodiyot uchun kichik biznes sektorining


7-Mavzu: Kichik biznes moliyasi

  1. Iqtisodiyot uchun kichik biznes sektorining ahamiyati va kichik biznes tushunchasining mohiyati;

  2. Kichik kompaniyalarning faoliyat maqsadlari;

  3. Kichik kompaniyalarning eng keng tarqalgan tashkiliy-huquqiy shakllari;



Kichik kompaniyalar tushunchasi


Hozirgi sharoitda kichik biznes tushunchasi juda ko‘p qirrali sanaladi. Ko‘pincha ta’rif berishda ishchilar soni, qo‘yilgan mablag‘larning umumiy hajmi va savdo aylanmasi hajmi kabi ko‘rsatkichlardan foydalaniladi. Biz ko‘rib chiqadigan kompaniyalar shakllari asosan quyidagi xususiyatlarga ega bo‘ladilar:
bunday kompaniyalar juda mayda korxonalarga qaraganda ancha barqaror.

  • ularning qimmatli qog‘ozlari shakllangan kapital bozoridan hech birida kotirovka qilinmaydi, samarali bozorlarga tarqatilmaydi.

  • aktsionerlik kapitalga egalik qilish va o‘z-o‘zidan uning ustidan nazoratni olib borish shuxslar guruhining birlashgan o‘zaro aloqasi orqali amalga oshiriladi: boshqacha aytganda bu oilaviy turdagi kompaniyalardir

Kichik biznesning ahamiyati


Kichik kompaniyalar biz yuqorida keltirganimizdek Buyuk Britaniya xususiy sektorining muhim qismidir.Angliya banki ma’lumotlariga ko‘ra (Bank of England
2003a, 2004), hodimlar soni 50 kishidan kam bo‘lgan kompaniyalar uchun quyidagi ko‘rsatkichlar xosdir:
Xususiy sektor kompaniyalarining ulushi (%)



Ishlovchilar soni

44

Savdo aylanmasi

37

Yalpi qo‘shilgan qiymati

54

Sof kapital xarajatlar

40

Bunday holati alohida evropa mamlakatlari va butun EI uchun ham xosdir. Britaniya iqtisodiyoti uchun kichik kompaniyalarning ahamiyati oshib borayotganligi to‘g‘risida barcha asoslar mavjud. 1980-1990-yillardagi sanoatni qayta tizimlashtirish qazib oluvchi va elektro energiya ishlab chiqaruvchi an’anaviy sanoatdan xizmat ko‘rsatish tarmoqlariga muvozanatni o‘tishiga olib keldi. Modomiki xizmat ko‘rsatish tarmoqlarining rivojlanishi ko‘lam samarasi bilan bog‘liq emas, ular asosan kichik biznes birliklari tomonidan taqdim qilinadi. Hattoki yangi kompyuter texnologiyalarini ishlab chiqarish sohasida kichik kompaniyalar ancha hayotiy barqaror ekanliklarini ko‘rsatdilar. Bunday texnologiyalarning ishlab chiqarishdagi ko‘lamni tejamkorligiga moslashuvchanligi sababli u an’anaviy ishlab chiqarish usullarini qo‘llashda ham foydali bo‘ladi . biz oldingi bobdagi muddatida aniq tizimiga bag‘ishlangan bo‘limda ko‘rganimizdek moslashuvchanlik ishlab chiqarish tarmoqlarida katta ahamiyatga ega bo‘ladi. Kichik kompaniyalar ancha moslashuvchan tuzilma sifatida o‘zlarini taqdim qiladilar.
Kelgusida istalgan ko‘lamdagi kompaniyalar ko‘proq sub shartnomalar tuzishi yoki mazkur sohaga ixtisoslashgan kompaniyalardan zaruratga qarab xizmatlar yoki detallar xarid qiladilar»;mazkur strategiya autsorsing sifatida ma’lum (outsourcing).Hozirning o‘zida kompaniyalar tomonidan autsorsingni amalga oshirish misollari soni oshib bormoqda, masalan hodimlarni boshqarish va axborot texnologiyalari sohasida u qo‘llanmoqda. Boots Group plc, kompaniyasi kimyo sanoati sohasida faoliyat yuritib axborot tizimlarini boshqarish va o‘zining markazlashgan omborlarini boshqarish bo‘yicha ixtisoslashgan kompaniyalar bilan yaqinda sub shartnoma tuzdi. Natijada Boots faoliyatning muhim shakllarida
to‘planish imkoniyatiga ega bo‘ldi . Mohiyatiga ko‘ra Boots kompaniyalarning ko‘lamini hisobga olib, autsorsing yirik kompaniyalarda amalga oshirildi .
Bu vaqtda autsorsing qoidaga ko‘ra kichik biznes kompaniyalari uchun zarur bo‘lib, ulardan har biri ma’lum tovar yoki xizmatlar ishlab chiqarishga ixtisoslashadi. Autsorsing nafaqat kichik kompaniyalarning mahsulot ta’minoti bozorini yaratadi balki iqtisodiyotning mazkur tarmog‘iga ishchi kuchi oqimini ham keltiradi . ushbu tendentsiya yirik kompaniyalar korxona faoliyatining muhim shakllari bilan bog‘liq bo‘lmagan malakaga ega hodimlardan saqlanishi bilan tushuntiriladi. Divestitsiya amaliyoti shuni tasdiqlaydiki kichik kompaniyalarning muhim faoliyat tarmoqlarida roli va to‘planishi oshib bormoqda.
Ayrim kompaniyalar innovatsiyalar taraqqiyoti uchun sharoit yaratib iqtisodiyotda o‘ziga xos muhim rol o‘ynaydi. Ko‘pchilik tasdiqlashicha yuqori foiz mumkin bo‘ladi, yangi g‘oyalar kichik biznes sohasida paydo bo‘ladi va sinovdan o‘tkaziladi.
Biznes moliyasining bir nechta sohalari mavjud bo‘lib, ulardagi yirik kompaniyalar uchun amal qiladigan umumiy tamoyillar kichik kompaniyalar uchun unchalik samarali bo‘lmasligi mumkin. Bundan tashqari bir nechta sohalar ham mavjud bo‘lib, ularda e’tibor kichik kompaniyalar o‘zlariga xos muammolar bilan to‘qnashishiga qaratiladi. Biz ularni mazkur bobda ko‘rib chiqamiz

Yüklə 48,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin