Ishlab chiqarish xarajatlarining alernativ vareantlari va ular tanlovining nazariy hamda amaliy jihatlari Mundarija. Kirish



Yüklə 0,59 Mb.
səhifə1/10
tarix12.10.2023
ölçüsü0,59 Mb.
#154179
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
2222Ishlab chiqarish xarajatlarining alernativ vareantlari


Ishlab chiqarish xarajatlarining alernativ vareantlari va ular tanlovining nazariy hamda amaliy jihatlari
Mundarija.
Kirish
1.Xarajatlar to’g’risida umumiy tushunchalar.Firmaning xarajatlari
2.Doimiy va o’zgaruvchan xarajat turlari
3.Xarajatlarning o’zgarishiga ta'sir etuvchi omillar
4 Tugallanmagan ishlab chiqarish xarajatlari haqida tushuncha. Tugallanmagan ishlab chiqarish xarajatlari tahlilining maqsadi, vazifalari va ma’lumot manbalari.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar

Kirish.
Respublikamiz mustaqillikka erishganidan so’ng iqtisodiyotning barcha sohalarini rivojlangan mamlakatlar tajribasiga asoslangan holda rivojlantirish zaruriyati tug’ildi. Mustaqillikning ilk yillarida Prezidentimiz tomonidan belgilab berilgan iqtisodiyotni rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlari bugungi kunga kelib o’zining ijobiy natijalarini bermoqda.
Barchamizga ma’lumki, mamlakatimizda yaqindagina 2014 yil yakunlari sarhisob qilinib, 2015 yildagi ustuvor vazifalar Prezidentimiz I.A.Karimov tomonidan to’liq va aniq mazmunda belgilab berildi. Darhaqiqat, yurtboshimiz I.A.Karimov ta’kidlaganidek, “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni rag’batlantirish bo’yicha ko’rilgan chora-tadbirlar natijasida o’tgan yili, fermer va dehqon xo’jaliklarini hisobga olmaganda, 20 mingdan ziyod yangi kichik biznes sub’ektlari tashkil etildi, ularning umumiy soni esa 195 mingdan ziyodni tashkil etdi. Bu 2000 yilga nisbatan 2 barobar ko’pdir. Yalpi ichki mahsulotni shakllantirishda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasining ulushi 2000 yildan buyon 31 foizdan 56 foizga, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishda 12,9 foizdan 31,1 foizga o’sdi. 2014 yilda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasida 480 mingdan ortiq yangi ish o’rni tashkil etildi. Bu yaratilgan jami ish o’rinlarining yarmi demakdir. Bugungi kunda iqtisodiyotning ushbu sohasida ish bilan band bo’lgan aholining 76,5 foizdan ziyodi mehnat qilmoqda. 2000 yilda bu ko’rsatkich 49,7 foizga teng edi”.
Bu kabi ijobiy natijalarga erishishda jamiyatda mulkdorlar sinfini shakllantirish va ularga keng ko’lamdagi imkoniyatlar yaratib berish muhim ahamiyat kasb etdi. Iqtisodiy islohotlar boshlangan davrdan buyon o’tgan vaqt davomida respublikamizda iqtisodiy islohotlar yangi bosqichga ko’tarildi. Bu esa, o’z navbatida, iqtisodiy, shu jumladan xarajatlar hisobi va tahlili sohasida ham bir qancha o’zgarishlarni amalga oshirishni talab etadi. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan mamlakatimizda mazkur sohaning yanada ravnaq topishiga keng yo‘l ochildi. “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili” Davlat dasturining izchillik bilan hayotga tatbiq etilayotgani samarasida yurtimizda yanada qulay biznes muhit yaratildi. Xususiy mulkchilikning ustuvorligini mustahkamlashga yo‘naltirilgan me’yoriy hujjatlar takomillashayotgani bunda muhim omil bo‘ldi. “Tadbirkorlik subyektlarini tekshirishlarni yanada qisqartirish va ular faoliyatini nazorat qilishni tashkil etish tizimini takomillashtirish borasidagi qo‘shimcha choratadbirlar to‘g‘risida”gi farmonga muvofiq kichik tadbirkorlik subyektlari faoliyatida o‘tkaziladigan tekshirishlar tartibi yanada takomillashtirildi. Jumladan, yangi tashkil qilingan kichik tadbirkorlik subyektlarining moliya xo‘jalik faoliyati ular davlat ro‘yxatiga olingan paytdan boshlab dastlabki uch yil mobaynida rejali soliq tekshiruvlaridan o‘tkazilmaydi. Avvalgi me’yorlarga ko‘ra, yangi tashkil etilgan mikrofirmalar, kichik korxonalar moliya-xo‘jalik faoliyati ular davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan e’tiboran ikki yil mobaynida rejali tekshiruvlardan o‘tkazilmasdi. Bu muddatning yana bir yilga uzaytirilgani o‘z biznesini yo‘lga qo‘yayotganlar uchun katta imkoniyatdir. Bundan tashqari, 2011 yilning 1 apreldan 2014 yilning 1 apreligacha bo‘lgan davrda soliqlarni va boshqa majburiy to‘lovlarni o‘z vaqtida to‘lab kelayotgan, shuningdek, ishlab chiqarish sur’atlarining barqaror o‘sishi va rentabelligini ta’minlayotgan kichik tadbirkorlik subyektlarining moliyaxo‘jalik faoliyatini tekshirish taqiqlandi. Ushbu me’yorga binoan tekshirishlarning 2011 yil reja-jadvalidan 627 kichik biznes subyekti chiqarildi. Ya’ni, ularning moliya-xo‘jalik faoliyatida tekshirish o‘tkazilmaydigan bo‘ldi. Davlat dasturida belgilangan tadbirlar ijrosi bo‘yicha joriy yilning aprel-dekabr oylarida soliq idoralari tomonidan tekshirilishi mo‘ljallangan kichik biznes subyektlarining 21 foizi tekshirishlar rejasidan chiqarildi. “Tadbirkorlik subyektlarini tashkil etish va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaror bilan tadbirkorlik subyektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish borasida qator qo‘shimcha yengilliklar yaratildi. Tadbirkorlik subyektlari bu kabi imkoniyatlardan unumli foydalanishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan ularga zarur qulayliklar yaratilmoqda. Jumladan, o‘zaro sifatli elektron axborot almashinuvini joriy etish, davlat soliq xizmati organlari ishining samaradorligini oshirishga qaratilgan o‘ttizga yaqin dastur amaliyotga tatbiq etila boshlandi hamda soliq to‘lovchilarga o‘ndan ortiq interaktiv, ya’ni qog‘ozsiz, masofadan turib xizmatlar ko‘rsatilayotir. Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda bozor iqtisodiyotining asosi bo‘lgan xususiy mulk ustuvorligini mustahkamlaydigan barqaror qonunchilik bazasi yaratilganini qayd etish zarur. O‘rta mulkdorlar sinfini shakllantirish, mamlakat iqtisodiyotini barqaror yuksaltirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va aholi daromadini oshirishning muhim omili bo‘lgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirish bo‘yicha qulay ishbilarmonlik muhiti hamda ishonchli huquqiy kafolatlar yaratildi. Natijada so‘nggi o‘n yilda yalpi ichki mahsulot tarkibida kichik biznes ulushi 31,1 foizdan 52,5 foizga o‘sdi, ushbu sohada bandlik darajasi iqtisodiyot tarmoqlarida ish bilan band aholi umumiy sonining 49,7 foizidan 74,5 foizigacha oshdi. Aholi daromadlarining 47 foizdan ziyodi tadbirkorlik faoliyatidan tushgan daromadlar hissasiga to‘g‘ri keladi.Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va ularni muhandislik kommunikatsiya tarmoqlariga ulash tartibi sezilarli darajada soddalashtirildi hamda bu jarayon yanada ochiqlik kasb etdi. Ro‘yxatga olish uchun davlat boji stavkasi ikki barobarga qisqartirildi. Ishchilarning yillik o‘rtacha soni 100 kishigacha ko‘paytirilgan kichik korxonalar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlari ro‘yxati sezilarli darajada kengaytirildi. Kichik biznes subyektlarini davlat xaridlari jarayoniga keng miqyosda jalb qilish mexanizmi ishlab chiqildi va joriy etildi. Shuningdek, korxona ixtiyorida qoladigan mablag’ning ko’payishi, foyda va ishlab chiqarish xarajatlari hajmining oshishi xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning ishlab chiqarish faoliyatini kengaytirishga imkon bermoqda. O’z navbatida, korxonalar ishlab chiqarish faoliyatini kengayib borishi, ular faoliyatida tugallanmay qolgan ishlab chiqarishning yuzaga kelishiga, bu esa, tugallanmagan ishlab chiqarish xarajatlarini to’g’ri, to’liq va o’z muddatida hisob va hisobotda aks ettirishni talab etadi.
Yuqoridagi fikrlar, tugallanmagan ishlab chiqarish xarajatlari hisobi va tahlili borasida hanuzgacha muhim va o’z echimini kutayotgan zaruriy masalalardan biri bo’lib qolmoqda. Shu bois, bu borada hisob va tahlil tizimida jiddiy ilmiy izlanishlar olib borish zarurligini taqozo etadi. Bu esa, bitiruv malakaviy ishi mavzusining naqadar dolzarb ekanligini belgilab beradi.
Tadqiqot ob’ekti va predmeti. Tadqiqot ob’ekti sifatida mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan ishlab chiqarish faoliyati bilan shug’ullanuvchi aktsionerlik jamiyatlari, MChJlar va ular tugallanmagan ishlab chiqarishiga oid ma’lumotlar hisoblanadi.
Tadqiqotning predmeti bo’lib, tugallanmagan ishlab chiqarish xarajatlari hisobi va tahlili hamda uni takomillashtirish masalalarini o’rganish hisoblanadi.
Tadqiqot maqsadi. Bitiruv malakaviy ishining maqsadi – tugallanmagan ishlab chiqarish xarajatlari hisobi va tahlilining nazariy va amaliy jihatlarini o’rganish hamda uni mukammallashtirish masalalarini tadqiq etishdan iboratdir.



Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin