Issiqlik bilan ta’minlovchi elektr stansiyasida
Reja:
1.Quyosh elektr stansiyasining ishlash prinsipi.
2.Rivojlangan mamlakatlarda mavjud quyosh elektr stansiyalari.
3.O’zbekistonda quyosh energiya-sidan foydalanish yo’lida erishilayotgan yutuqlar va loyihalar.
4.Quyosh elektr stansiyalarining kelajakda kutilayotgan istiqbollari.
Quyosh energetikasi. Fotoelementlar (quyosh energiyasining elektr energiyasiga to’la aylanishi) va tizimlar ishlab chiqarishda ularni asosida portlash kutilmoqda. 1999 yilda fotoelemetnlar yordamida yillik energiya ishlab chiqarish 200 MVtni tashkil etdi. Etakchi davlatlar – YAponiya-80, AQSH-60, Germaniya-50 MVt (Rossiya-0,5 MVt). Quyoshli suv isitkichlar (quyosh kollektorlari)ning umumiy yuzasi, to’liq bo’lmagan ma’lumotlarga asosan, dunyoda 21 mln.m2dan oshdi, bunda quyosh kollektorlarini yillik ishlab chiqarish 1,7 mln.m2dan oshdi. Etakchi davlatlar: YAponiya-7, AQSH-4, Isroil-2,8, Gretsiya-2,0 mln.m2 (Rossiya-0,1 mln.m2).
1. Rasm. Uylar (binolar) uchun Quyosh energiyasini elektr energiyaga o’zgartiruvchi fotoelektr stansiyalar(FES)dan foydalanish.
Qurilishda uy joy, osmono’par binolar qurilishlarida mablag’ni iqtisod qilish eng dolzarb muammolardan hisoblanib, bunda eng muxim yo’nalish bu tabiiy energiya va resurslardan oqilona foydalanishdir. Dunyoda aholi soni yil sayin oshib borishi munosobati bilan energiya iste’moli xam ortib boradi. Organik yoqilg’ilartoshko’mir, neft va tabiiy gazning erdagi zaxiralari cheklangan bo’lib, vaqt o’tishi bilan kamayib bormoqda.
2. Rasm. Quyosh fotoelementning ishlash prinsipi.
3. Rasm. Uy-joy uchun fotoelementli tizim. Photovoltaic system for residence
Darhaqiqat, bugun kundalik hayotimizni, iqtisodiyot tarmoqlari faoliyatini elektr energiyasiz tasavvur etib bo’lmaydi. Lekin keyingi yillarda unga bo’lgan ehtiyoj shunchalik oshib ketdiki, bu iste’mol hajmi uni ishlab chiqarish sur’atidan ham ortishiga olib keldi. Ayni shu jihat esa endilikda sohaga innovatsion texnologiyalarni kengroq joriy etish orqali uni yanada taraqqiy ettirish bilan birga, tabiiy gaz, neft, ko’mir kabi resurslarni tejashni ham taqozo qilmoqda. Mutaxassislarning fikricha, bu masalaning tugal echimi bo’la olmaydi. Negaki, energiya hosil qilishda ishlatilayotgan tabiiy boyliklar zaxirasi cheklangan bo’lib, qachondir uning tugashi allaqachon isbotlangan. YA’ni hisob-kitoblarga qaraganda, ular shunday sur’atda ishlatilsa, neft zaxiralari 45-50 yilga, tabiiy gaz 70-75 yilga, ko’mir esa 150-160 yilga etar ekan, xolos. Achinarli jihati, uglevodorod manbalaridan surunkali foydalanish oqibatida oxirgi yillarda sayyoramizda iqlim o’zgarishi, ozon qatlamining emirilishi kabi global ekologik muammolar ham yuzaga kelmoqda. Bularning barchasi dunyo hamjamiyati oldiga qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni dolzarb masala sifatida qo’ymoqda.
G ap shundaki, muqobil energiya manbalari an’anaviylariga nisbatan bitmastuganmasligi, arzonligi, tejamkorligi, ekologik jihatdan bezararligi bilan alohida ajralib turadi. Uning quyosh, shamol, dengiz to’lqinlari, er qa’rining geotermal, kichik gidroenergetika, biomassa kabi ko’plab turlari mavjudligi shundan dalolat beradi. O’zbekistonda esa, uning tabiiy -geografik joylashuviga ko’ra, ayniqsa, quyosh energiyasi eng istiqbolli hisoblanadi. Bu erda 320 kun quyoshli bo’lishi, ya’ni yillik quyosh energiyasi potensiali energiyaga bo’lgan ichki ehtiyojdan bir necha marta yuqori ekanligi qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish uchun ulkan tabiiy imkoniyat yaratadi.
Dostları ilə paylaş: |