1.Xorij mamLakatlarida sport marketingining shakllanishi.
2.Xorij m am lakatlarida sport marketingining maqsadi.
3.Marketing (m arket) so‘zi “bozordagi faoliyat” m a’nosimi?
4.Marketing — murakkab, dinam ik, ko‘p qirrali tushunchadir.
5.Sport marketingi — sport tovarlarini yaratish, taklif etish va
ayirboshlash.
6.Marketingga Peter D rukkerning ta ’rifi.
Tayanch iboralar: Xorij, sport marketingi, maqsad, m arketing (m arket),
“bozordagi faoliyat”, murakkab, dinamik, ko‘p qirrali,
sport tovarlari, taklif etish, ayirboshlash, Peter Drukkerning
ta ’rifi, fransuz m arketing maktabi, Amerika M arketing
Assotsiatsiyasi.
Xorij m am lakatlarida sport marketingining m aqsadi — bu
q a t’iy fanning va bozorda samarali faoliyat ko‘rsatishning mujas-
samlashishidir. Bu atam a dastlab, 1902-yilda AQShda paydo
bo‘lgan, 1920-yildan keyin esa bu atam adan jahonning ko‘pgina
mamlakatlari foydalana boshladilar. M arketing (m arket) so‘zi
ingliz tilidan tarjim a qilinganda “bozordagi faoliyat” m a’nosini
anglatadi.
Marketing — m urakkab, dinam ik, ko‘p qirrali tushunchadir,
bu esa marketingga tam om an universal tavsif berish m um kin
emasligidan dalolatdir. So‘nggi yillarda chop etilgan marketingga
doir adabiyotlarda m arketingning juda ko‘p ta ’riflari berilgan.
U lardan ba’zi birlarini keltirishni lozim topdik.
Taniqli am erikalik marketolog olim F. Kotler marketingning
ta ’rifini
quyidagicha ifodalaydi:
“ M arketing — tovarlarni
yaratish, taklif etish va ayirboshlash asosida ayrim olingan kishi
va guruhlarning talab va ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan iqti
sodiy va boshqaruv jarayonidir”.
Boshqaruv m uam m olari bo'yicha yetakchi nazariyotchi
olim lardan biri Peter Drukkerning ta ’rifi esa quyidagicha:
“ M arketingning maqsadi sotishga qaratilgan harakatlarni yo‘q
qilishdan iboratdir. Uning maqsadi xaridorlarni shunday o ‘rganish
va tushunishdan iboratki, tovar va xizm atlar uning talabiga aynan
mos tushib, pirovardida o ‘zini-o‘zi sotadi” .
Fransuz m arketing maktabida qoMlaniladigan ta ’rif ham
Peter D rukker ta ’rifiga juda yaqin turadi. U nga ko‘ra: “ M arke
ting — bu sotishni ta ’minlash va sotuvga tovarlar va xizmatlarni
iste’m olchilarning talabiga mos holda chiqarish orqali ularning
talabini qondirish maqsadida o ‘tkaziladigan chora-tadbirlar
m ajm uyidir” .
A m erika M arked ngAssotsiatsiyasining 1985-yildamarketingga
bergan ta ’rifi esa quyidagicha: “ M arketingning m ohiyati insonlar
va tashkilotlar talabini qondirish m aqsadida tovar va xizmatlar
ishlab chiqarishni rejalashtirish va uni amalga oshirish, narx
belgilash, tovarlar harakati va sotilishini uyushtirishdir” .
K eltirilgan ta ’riflardan ko‘rinibturibdiki, m arketing — serqirra
jarayondir. Shu bilan bir qatorda m arketing bozor munosabatlari
subyektlarining biznes falsafasi, fikrlash strategiyasi va taktikasi
faoliyati ekan desak xato qilmagan bo‘lamiz. D em ak, marketing
bir vaqtning o ‘zida “ham m ushohada va ham harakat jarayoni”
ekan. Hozirgi bozor iqtisodiyoti yuqori darajaga ko‘tarilgan
m am lakatlarda marketing tamoyillari oddiy tovar ishlab chiqa-
rishdan boshlab to murakkab texnologiyalargacha bo'lgan jara-
yonlarda yaqqol ko‘rinm oqda. Bugungi bozor iqtisodiyoti toboro
chuqurlashib borayotgan sharoitda firm alar, korxonalar va boshqa
bozor subyektlarining raqobatga bardosh berib, samarali faoliyat
ko‘rsatishining birdan bir yo‘li marketing im koniyatlaridan keng
foydalanish ekanligi hech kimga shubha tug‘dirmaydi.
Respublikam izda ham so'nggi yillarda m am lakatim izda ishlab
chiqarilayotgan tovarlarga talab va taklifni o ‘rganish bo'yicha
marketing tatqiqotlarini o ‘tkazish mexanizmini ishlab chiqish
borasida talaygina ishlar amalga oshirildi. Bu esa bizning dav-
latimizda ham marketingning bozor qonun-qoidalariga m u
vofiq xo‘jalik yuritish tizim ining asosiy vositasiga aylanish davri
boshlanganligidan dalolatdir.
Bunda marketingning quyidagi asosiy tamoyillariga amal qi
lish talab etiladi:
1. Iste’m olchilar ehtiyoji bo'yicha qarorlar qabul qilganda
talabning holati dinamikasi va bozor konyukturasini diqqat bilan
o ‘rganish. Bu tamoyilga amal qilish mavjud talab va kutilayotgan
talab darajasi bo'yicha bozor holatini, raqobatchilarning bozor
dagi faoliyatini, mijozlarning bozordagi xulq-atvori va ularning
mazkur korxona tovariga m unosabatlarini yaxshi bilishni ko‘zda
tutadi. Bu yerda marketingning bosh vazifasi mijozlarning nim ani
xohlashlarini tushunib yetishdan iboratdir.
2. Ishlab chiqarishning talab strukturasi va bozor talabiga
maksimal darajada mosligini ta ’m inlashga sharoit yaratish.
M arketingning hozirgi zam on konsepsiyasi korxonaning bu-
tun faoliyati (ishlab chiqarish, ilm iy-texnik, sotish va hokazolar)
iste’m olchilar talabi va uning kelgusidagi o'zgarishi bilan bog‘liq
bilimlarni o ‘z ichiga oladi. M arketing iste’m olchilar talabi mavjud
bo‘lgan tovarlarni yaratish, ishlab chiqarish va sotish jarayonlari
demakdir. M arketing xizmati korxonaning ishlab chiqarish, ilmiy-
texnikaviy, moliyaviy siyosatini belgilashda m uhim ahamiyat
kasb etadi. Bunda talabning holati va o ‘sish darajasini tahlil qi
lish asosida u yoki bu mahsulotni ishlab chiqarish zaruriyati bor
yoki yo‘qligi haqida xulosa qilinadi.
3. Asosiy iste’molchilarga m azkur korxonaning tovarlari h a
qida m a’lum ot berish va ularning aynan shu korxona tovarlarini
sotib olishlariga asosan reklama va ruxsat etilgan boshqa vositalar
orqali ta ’sir ko'rsatish.
Yangi sport tovarini yaratdim va ishlab chiqardim , bu yaratgan
va ishlab chiqargan tovarlarim bozorga o ‘zi yo‘l topadi, deb
o ‘ylaydigan korxona rahbarlari yangilishadilar. Albatta, ko‘pgina
korxonalarning asosiy vazifalaridan biri samara beradigan yan
gi tovarlarni ishlab chiqarish hisoblanadi. Lekin, bu tovarlarni
muvaffaqqiyat bilan bozorga siljitish ham muhim vazifalardan
sanaladi.