Jo’rayeva Ro’zixonning Ona tili fanidan 1 soatlik ochiq



Yüklə 1,12 Mb.
tarix14.03.2023
ölçüsü1,12 Mb.
#87768
Son-so\'z turkumi




O’zbekiston Respublikasi
Xalq ta’limi vazirligi
Andijon viloyati xalq ta’limi boshqarmasi
Asaka tumani XTMFMT va TE bo’limi tasarrufidagi 21-umumta’lim maktabi
Boshlang’ich sinf o’qituvchisi
Jo’rayeva Ro’zixonning
Ona tili fanidan 1 soatlik ochiq






I. Mavzu: Son-so'z turkumi
II. Maqsad:

  1. Ta'limiy maqsad: O'quvchilarning son, so'z turkumi uning so'roqlari qaysi so'z turkumlaridagi so'zga bog'lanishi haqidagi bilimlarini aniqlash, mustahkamlash. O'quvchilarni eslab qolish qobiliyatini oshirish.

  2. Tarbiyaviy maqsad: Vatanimiz hayotida ro'y bergan voqealar sanalarni o'quvchilar yodiga tushirish orqali ularda vatan ramzlari tarixiga qiziqish xissini uyg'otish.

III. Dars turi: Takrorlash, mustahkamlash.
IV. Dars metodi: Suhbat metodi.
V. Dars jihozi: Tarixiy sanalar bilan bog'liq narsalar rasmi
VI. Dars borishi:



Darsning bosqichlari.

Vaqt.

1.

Tashkiliy qism.

2

2.

Uy ishini tekshirish.

3

3.

O`tilgan mavzuni mustahkamlash.

5

4.

Yangi mavzu bayoni.

20

5.

Darsni mustahkamlash va yakunlash.

10

6.

O`quvchilarni rag`batlantirish.

3

7.

Uyga vazifa.

2




  1. Tashkiliy qism.

a) salomlashish
b) davomatni aniqlash
Sinfda men navbatchi
Muallimga yordamchi
Pok tutaman xonani
Hamda yozuv taxtani
Muallimjon shod bo'ling
Bugun hamma shu yerda
Darsingizni miriqib
Eshitish umidida
v) guruhlarga bo'lish.
4 xil ishtirokida guruxlarga ajratish

  1. Istiqlol.

Istiqlol zo'r ne'matdir
Bilsano katta xikmatdir
Istiqlolga istiqbol
Bermoq erzu niyatdir

  1. Orzu -

Orzular go'yo-go'yo
Bo'lmasin sira ro'yo
Chin inson bo'l hamisha
Yo'lingni yoritsin ziyo

  1. Kelajak

Kelajak qo'limizda
Fikrimiz o'yimizda
Farovonlik odoblik
Olgan bilimimizda



  1. Sog'lom avlod

Istiqlol zo'r ne'matdir
Bilsang katta xikmatdir
Istiqlolga istiqbol
Bermoq ezgu niyatdir.

  1. ona tili haqida she'rlar aytishdi.

Asqarali:-


Alla bo'lib jaranglagan


Ona tilim jonu dilim
Jahon bo'ylab buyuk Temur
Dovrug'ini solgan tilim
Miralisher boboilardan

Meros bo'lib qolgan tilim


Bobur Mirzo she'rlaridan
Rang va qiyos olgan tilim
Qiyma-qiyma bo'lsin tilim
Dildora:-
Onam aytgan allalaring
To'y bayramda yallalaring
Eshitganim ertak naxlim
Ona tilim, ona tilim.

Yassaviylar xitobisan


Qodiriylar kitobisan
Ey o'zimni mustaqilim
Ona tilim ona tilim
Pastlar seni yerga urdi
O'zlarinin ketdi burdi
Bo'lmagin hech tilim tilim
Ona tilim ona tilim

Jonimda yur qonimda yur


Tinglab, so'zlab qilay huzur
Sen bilan shod kun oy yilim
Ona tilim ona tilim

Qoshqariylar yangrayversin


Chin do'stingni anglayversin
Boyitadi seni nasling
Ona tilim ona tilim

ye) DTS bo'yicha III-chorakda necha ball yig'ish kerak.


Alijon- DTS bo'yicha II-sinf o'quvchilari ona tili fanidan
III- chorakda 396 ball bilim ko'nikma, malaka
Qobil- 19-ball qo'shimcha ball jami 55 ball yig'ishlari kerak.
j) DTS bo'yicha ona tili fanidan nimalarni bilishlari kerak.
O'tgangan mavuni mustahkamlash.
A)son deb nimaga aytiladi
B)misollar ayting
D)sannoq son bilan tartib sonning farg'i nimada
YE) son qaysi so'z turkumiga bog'lanadi
VII. Yangi mavzu bayoni: Son so'z turkumini mustaxkamlash.
Son deb shaxs va narsaningsanog'ini bildirgan so'zlar son deyiladi.
Son nechta qancha, nechanchi, so'roqlariga javob bo'ladi.
Besh, ikki, o't yetti, to'rt, bir, son sannoq va tartib sonlarga bo'linadi.
Sannoq songa inchi qo'shimchasini qo'shish bilan tartib son xosil bo'ladi
Yozuvda ba'zan inchi qo'shimchasini o'rniga chiziqcha qo'yiladi.

Uyga vazifalar bajarishdimi.


Dars davomida ko'rib baxolaymiz
Kitobingizni 140-betini ochib 342-mashqqa qarang. Alijon berilishini o'qing. O'quvchilar bu mashqni og'zaki bajarishadi.
Yozuv daftaringizni ochib 343-mashqni bajaramiz. Berilishini Abror o'qiydi. Men sizlarga tushuntirib qo'yaman. Sonlarni harflar yordamida yozar ekanmiz. Xusnixat bilan hamma sinf daftariga bajarsinchi:
Navbati bilan yozuv taxtasida bajaramiz.


Ikki o'quvchi, to'rt bola, olti bola, olti kun, yetti xafta,


sakkizinchi sinf, to'qqizinchi fevral, yigirma nafar, o'ttizinchi uy,


qirqinchi bet, ellik yosh, oltmish kishi.


Dam olish daqiqasi:


Sog'lom bo'lay desangiz


Bir qarorga kelsangiz
Bo'yim o'ssin desangiz
Sog'liq g'amin yesangiz
O'ynang doim basketboll

So'z turkumlarini qay darajada o'zlashtirganingizni tekshiramiz.


-4 ta guruhda 3 ta shart bo'yicha savol beriladi. Yozuv taxtasida bu
shartlar ilib qo'yilgan.



  1. So'z turkumlarini izoxlang.




  1. Misollar yozing.




  1. Gap yozing va sintaktik taxlil qiling

3 ta shartni bajarib bo'lib guruh sardorlari yozuv taxtasiga qog'ozlarni iladi.



    • Shu orada Turkiy tilda ijod qilgan ona tili faniga asos solgan bobomiz

    • Mir Alisher Navoiyni taklif qilamiz.

So'zdurki nishon o'likka jondir


So'zdurki, xabar berur jonga jonondir
Insonni so'z ayladi judo xayvondir
Bilgilkim guhari sharifroq yo'q ondin

Gap tugatildi. O'tilgan mavzular mustahkamlanadi. Dars davomida


aktiv ishtirok etgan o'quvchilar baxolanadi.

Siz tilni asrangiz xar nedan yagona ortiq


Yagona olamni asragansimon
Bobolardan qolgan noyob bu tortiq
Toki avlodlarga yetolsin omon.





Yüklə 1,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin