Kasbiy pedagogika



Yüklə 56,5 Kb.
səhifə1/8
tarix13.12.2022
ölçüsü56,5 Kb.
#74226
  1   2   3   4   5   6   7   8
53870d39e89b9


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI


KASBIY TA’LIM FAKULTETI

KIMYOVIY TEXNOLOGIYALAR II –KURS 206-GURUH TOLIBI


QILICHEV ISLOMNING

“KASBIY PEDAGOGIKA ” FANIDAN


MUSTAQIL ISHI


O'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalarini boshqarish

TEKSHIRDI: A.Rahmatullayev


Тermiz – 2014


O'RTA MAXSUS, KASB-HUNAR TA'LIMI MUASSASALARINI BOSHQARISH
Reja:
1. O'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalarini boshqarishning umumiy va ilmiy asoslari.
2. O'rta maxsus kasb-hunar ta'limi muassasalariga rahbarlik qilish.
3. O'rta maxsus kasb-hunar ta'limi muassasalari rahbarlari vazifalarining taqsimoti .
4. O'rta maxsus kasb-hunar ta'limi muassasalari rahbarlari ishini rejalashtirish.



  1. O'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalarini boshqarishning umumiy va ilmiy asoslari.

Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlariga tashkiliy, o’quv-uslubiy va ilmiy rahbarlik qilish, davlat ta‘lim standartini ishlab chiqish va joriy etish, o’quv ta‘lim va kasb-hunar dasturlarini birxillashtirish, pedagog kadrlar bilan ta‘minlash, ularni tayyorlash va qayta tayyorlash oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi (O’rta maxsus, kasb-hunar ta‘limi markazi), uning hududiy boshqarmalari tomonidan tarmoq vazirliklari, idoralar va korxonalar bilan birgalikda amalga oshiriladi.
Tarmoq vazirliklari, idoralar, korroratsiyalar, kontsernlar, uyushmalar va korxonalar kasb-hunar kollejlari ikki tomonlama bo’ysunishda bo’ladi. Tarmoq vazirliklari, idoralar, korroratsiyalar, kontsernlar, uyushmalar va korxonalar ularni moddiy va moliyaviy ta‘minlashni, o’quvchilarni kasbga o’rgatishni va ularda amaliy ko’nikmalarni shakllantirishni amalga oshiradilar, mutaxassislarga bo’lgan ehtiyojni aniqlaydilar, bitiruvchilarni ishga joylashtirish masalalarini hal qiladilar.
Madaniyat ishlari vazirligi, Badiiy akademiya, Sog’liqni saqlash vazirligi kasb-hunar kollejlari ularning tasarrufida bo’ladi.
Kasb-hunar kollejini boshqarish,oshkoralik,demokratiya va o’z-o’zini boshqarish asosida amalga oshiriladi.
Kasb-hunar kollejiga o’z-o’zini boshqarishning oliy organi bo’lib pedagogik kengash hisoblanadi va u:
- kasb-hunar kolleji rivojlanishining asosiy yo’nalishlarini,o’quvchi va mutaxassislar tayyorlash va tarbiyalash sifatini oshirish,va takomillashtirishni,qo’shimcha va moddiy mablag’larni jalb qilish va moddiy-texnika bazasini belgilaydi ;
- ta‘lim mazmunining turli variantlarini muhokama qilish va tanlab olish / o’quv rejalari, dasturlari, darsliklari/ o’quv-tarbiya jarayonining shakl va uslublarini, ularni amalga oshirish usullarini, o’quvchilarni qabul qilish, o’quv yurtidan chiqarish, o’tkazishni muhokama qiladi va tanlaydi ;
- muhandis-pedagog xodimlarning ijodiy tashabbuskorligini oshirish, ularning pedagogik tajribasini ommalashtirish bo’yicha malaka oshirish ishlarini tashkil qiladi;
- o’qituvchilarga kasbiy toifa berish to’g’risidagi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan Nizom asosida, o’quvchilar va ota-onalarning fikrlarini hisobga olib, takliflar kiritilgan holda muhandis-pedagog xodimlarni attestatsiyadan o’tkazadi;
- kollejning ilmiy-pedagog birlashmalari va qabul komissiyasining hisobotini eshitadi va muhokama qiladi.
- pedagogik kengash tarkibiga kollej pedagoglari va xodimlari, otaliq tashkilotlari vakillari kiradi.
Pedagogik kengash raisi-direktordir.
Pedagogik kengash majlislari bir oyda bir martadan ortiq o’tkaziladi. Kengash qarori umumiy ochiq ovoz berish orqali qabul qilinadi. Pedagogik kengash qarori kollej bo’yicha buyruq chiqqandan so’ng kuchga kiradi.
Kollejning faoliyatini boshqarish direktor tomonidan amalga oshiriladi.
Direktor oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi va vakolatli davlat organlari tomonidan tayinlanadi va kasb-hunar kollejidagi barcha ishlarning natijasi uchun javobgardir.
Kollej direktori ta‘lim muassasasi nomidan ish yuritadi va boshqa tashkilotlar oldida vakolatga ega.
Direktor kollejning mulki, moddiy bazasi va mablag’ining taqsimotchisi hisoblanadi, shartnomalar tuzadi, ishonch varaqalarini beradi, davlat banklarida hisob ochadi va kreditlarni boshqaradi.
Kollej direktori o’z o’rinbosarlarini, o’quv tuzilmalari rahbarlarini, bosh muhosib hamda barcha rahbar xodimlarni tayinlaydi va ishdan bo’shatadi, kasaba uyushmasi bilan kelishilgan holda barcha ishchilarning lavozim majburiyatlarini belgilaydi.
Direktor ma‘muriyat faoliyati natijalari bo’yicha pedagogik kengash va yuqori tashkilotlarga hisobot beradi.


  1. Yüklə 56,5 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin