Tug‘ma hali tili chiqmagan
go‘daklik davrida ikkala quloqning mutlaqo eshitmasligi karsoqovlikka
olib keladi. Eshitish qobiliyatining qisman buzilishi
natijasida nutqiy nuqsonga uchragan bolalar zaif eshituvchi bolalar
guruhiga
kiritiladi. Nutqi rivojlanib, shakllanib olgandan
38
so‘ng yaxshi eshitmaydigan bo‘lib qolgan bolalar keyinchalik
zaif eshituvchi bo‘lib qolganlar guruhiga kiradi. Bu nuqson nutq
tarkib topganidan so‘ng vujudga kelsa ham, quloqdagi nuqson tufayli
eshitishda xos kamchiliklar bo‘laveradi.
Turg‘un eshitish nuqsonlari kelib chiqish sabablariga ko‘ra
tug‘ma va orttirilgan bo‘lishi mumkin.
Kar bolalarning 25–30 foizida eshitish nuqsonlari tug‘ma
bo‘ladi. Bunga sabab: onaning homiladorlik davrida turli kasalliklar,
masalan, gripp bilan kasallanishi, ota-onalarning ichkilik
ichib turishi, onaning homiladorlik davrida bilar-bilmas doridarmonlarni
iste’mol qilishi (ayniqsa, streptomitsin, xinin singari
dorilarni), homilaning shikastlanishi; irsiyat, genetik faktorlar
(quloq tuzilishidagi patologik o‘zgarishlar bo‘lishi, masalan, eshitish
yo‘li atreziyasi – bituvi).
Eshitishdagi orttirilgan nuqsonlar quloq yoki eshitish analizatorining
tuzilishidagi kamchiliklardan kelib chiqishi mumkin.
Bunga oliy asab markazi, o‘tkazuvchi yo‘llar yoki quloq-
ning o‘zidagi o‘zgarishlar sabab bo‘ladi. Bolaning ilk yoshida
otit, parotit (tepki), meningit, meningoensefalit, qizamiq, qizilcha,
gripp kasalliklari bilan kasallanishi ba’zi hollarda kar-soqovlik
yoki turli darajalardagi zaif eshitishga olib kelishi mumkin.
Zaif eshituvchi bolalar o‘z navbatida
eshitish qobiliyatining nechog‘liq buzilganiga qarab yengil, o‘rta va
og‘ir darajali kamchiligi bor bolalarga bo‘linadi. Yengil darajadagi
zaif eshituvchi bolalar ovoz bilan gapirilgan nutqni 6–8 m masofadan
ovoz chiqarmay, shivirlab gapirilgan gapni quloq suprasidan
3–6 m masofada eshitadi. O‘rta darajadagi
zaif eshituvchi bolalar
ovoz chiqarib gapirilgan gapni 4–6 m, ovozsiz pichirlab gapirilganini
1–3 m masofadan eshitadi. Og‘ir darajali zaif eshitishda bola
o‘rta me’yorda ovoz bilan gapirilgan gapni quloq suprasidan 2 m,
shivirlashni 0,5 m masofadan eshitadi, xolos.
|