Ma’lumki , nutq nuqsonlari nafaqat logopediyaning , balki bir qator mustaqil tibbiyot fanlari: Nevropatologiya Psixiatriya Otorinolaringologiyaning ham ob’ekti hisoblanadi. Demak, ularga yordam ko’rsatish ham birgalikda amalga oshiriladi , tushunish va harakatning birligini talab qiladi
Psixika va nutq nuqson o’rtasida yuzaga keluvchi murakkab munosabatlarni tahlil qilish muayyan nazariyalarga asoslanishi kerak. Bunday nazariyalar qatoriga bemor psixologiyasini tavsiflashga qaratilgan , ya’ni “kasallikning ichki manzarasi” konsepsiyasini kiritish mumkin.
Psixik (shu bilan birga nutqiy) jarayonlarning shakllanishida biologic-ijtimoiy jarayonlarning birligi prinsipi – nutqiy sistemaning rivojlanishiga – nutqiy muhit, muomala, emotsional aloqa va boshqa faktorlarning ta`sirini aniqlash imkonini beradi. eshitishi normal bo`lgan bolaning kar-saqov ota-ona qo`lida tarbiyalanishi, surunkali kasal bo`lib tez-tez kasalxonalarda davolanuvchi bolalarda nutqning rivojlanmay qolishi, oilada uzoq vaqt davom etuvchi ruhiy shikastlanish va ikki tillilik – bolada duduqlanishning yuzaga kelishiga sabab bo`lishi, nuqtiy muhitning nutq rivojlanishiga salbiy ta`sir ko`rsatishiga misol bo`ladi.
Bolalardagi nutqiy nuqsonlarning asosiy sabablari:
1. Embrion rivojlanish davridagi turli xil patalogiyalar. 2. Homiladorlik vaqtidagi toksikozlar, virusli va endokrin kasalliklar, jarohatlar, qonning rezus-faktorga mos kelmasligi. 3. Tug`ruq vaqtidagi shikastlanish va asfiksiya. 4. Bola rivojlanishining birinchi yilidagi bosh miya kasalliklari (meningit, ensefalit). 5. Miyaning chayqalishi bilan birga sodir bo`ladigan bosh miya jarohatlari. 6. Nasliy faktorlar. Bunday hollarda nutq buzilishlari umumiy nerv sistemasi buzilishlarining bir qismini tashkil etib, intellektual va harakat kamchiliklari bilan birga kuzatiladi. 7. Ijtimoiy-maishiy sharoitning yomonligi. Bu holat mikroijtimoiy qarovsizlikka, vegetativ disfunksiyaga, emosional-irodaviy muhitning buzilishlariga va nutqning rivojlanmay qolishiga sabab bo`ladi.