Kreditning zarurligi funksiyalari, turlari va shakllari



Yüklə 146,5 Kb.
səhifə1/14
tarix21.06.2023
ölçüsü146,5 Kb.
#133342
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
kredit





Kreditning zarurligi funksiyalari, turlari va shakllari.

Kirish
1. Kreditning turlari va shakllari. Kreditning tarmoq yo‘nalishiga ko‘ra turlari.


2. Kreditning takror qayta ishlab chiqarish jarayoni bosqichlariga xizmat ko‘rsatishiga ko‘ra turlari. Kreditning kreditlash obyektlariga ko‘ra turlari.
3. Kreditning ta’minlanganligiga ko‘ra turlari. Kreditning muddatiga ko‘ra turlari. Kreditning to‘lovliligiga ko‘ra turlari.
4. Kreditning shakllari: pul shaklidagi kreditlar; tovar shaklidagi kreditlar; aralash shakldagi kreditlar.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar.


1. Kreditning turlari. Kreditning shakllari. Kreditning tarmoq yo‘nalishiga ko‘ra turlari.
Kredit (lot. creditum — qarz, credo — ishonaman, maqullayman) — pul mablagʻlari, tovar va xizmatlarni kelishilgan ustama (foiz) toʻlab qaytarib berish sharti bilan maʼlum muddatlarga qarzga berish.
Krеdit - bu vaqtincha bo’sh turgan pul mablarlarini ma’lum muddatga, haq to’lash sharti bilan qarzga оlish va qaytarib bеrish yuzasidan kеlib chiqqan iqtisоdiy munоsabatlar yig’indisidir.
Kredit o‘zining bir qancha belgilariga ko‘ra turlanadi:
I) muddatiga ko‘ra kredit 3 turga bo‘linadi: qisqa muddatli kreditlar; o‘rta muddatli kreditlar; uzoq muddatli kreditlar.
Dunyoning ko‘plab mamlakatlarida qisqa muddatli kreditlar deganda 1 yilgacha muddatga berilga kreditlar tushuniladi. O‘rta muddatli kreditlar deganda 1-3 yilgacha muddatda, uzoq muddatli kredit 3 yildan ortiq muddatga berilgan kreditlar tushuniladi. Lekin ayrim mamlakatlarda kreditlarning muddatlariga ko‘ra farqlanish mavjud. Masalan, AQSHda 1-8 yilgacha berilgan kreditlar o‘rta muddatli kreditlar hisoblanadi. Xalqaro moliy institutlarida 1-5 yilgacha muddatda berilgan kreditlar o‘rta muddatli kreditlar hisoblanadi.
O‘zbekistonda o‘rta muddatli kreditlar 2004-yilda bekor qilingan. 1yilgacha muddatga berilgan kreditlar qisqa, 1 yildan ortiq muddatga berilgan kredit uzoq muddatli kredit hisoblanadi.

Yüklə 146,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin