Kreditning zarurligi funksiyalari, turlari va shakllari



Yüklə 146,5 Kb.
səhifə8/14
tarix21.06.2023
ölçüsü146,5 Kb.
#133342
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
kredit

4. Kreditning shakllari.
Kreditning quyidagi shakllari mavjud: pul shaklidagi kreditlar; tovar shaklidagi kreditlar; aralash shakldagi kreditlar, bank, tijorat, davlat, iste,mol, ipoteka, хalqaro kreditlar.
Kredit obyektlarining iqtisodiy moxiyatiga qarab:

    • tovar moddiy boyliklari uchun beriladigan kreditlar;

    • ishlab chiqarish xarajatlari (maxsulotning yangi turini o‘zlashtirish, mavsumiy xarajatlarni amalga oshirish bilan bog‘liq xarajatlarni) uchun beriladigan kreditlar;

    • xisob-kitoblarni amalga oshirish uchun beriladigan kreditlar (akkredetiv ochilganda, tayyor maxsulotni junatganda va boshqa xollarda).

Qarz oluvchi tomonidan olingan kreditlar aniq bir maqsadni amalga oshirishga yo‘naltirilgan bo‘lishi zarur. Kreditning qaysi maqsadga yo‘naltirilganligi, masalan, tovar moddiy boyliklar sotib olishga yoki biror ishlab chiqarish xarajatlarini qoplashga va xakozo aniq biror obyektga maqsadli yo‘naltirilganligi korxona bilan bank o‘rtasida tuziladigan kredit shartnomada ko‘rsatilgan bo‘ladi. Korxona olgan kreditini fakatgina kredit shartnomada ko‘rsatilgan ishni bajarishga sarflashi kerak.
Bunda kredit muayyan, aniq obyektga: ishlab chiqarish xarajatlariga, ishlab chiqarish zaxiralariga, tayyor maxsulotga, junatilgan tovarlarga, xisob-kitob xujjatlariga va xakozolarga beriladi. Ssuda kapitali xarakatining o‘ziga xos xususiyatlaridan yana biri shundaki, ssuda kapitali xarakati sanoat va savdo kapitali xarakatidan farq qilib, “sotuvchi” (kreditor) va “xaridor” (qarz oluvchi) o‘rtasidagi munosabat, yani kapital xarakati, pul (P-T) ko‘rinishida bo‘ladi.
KREDITNING BAHOSI VA UNGA TA’SIR QILUVCHI
OMILLAR
Korxonalar foydalanilgan qarz mablag‘lari uchun kreditorga foiz shaklida to‘lovni o‘tkazadilar. Kreditning to‘lash uni to‘liq summada o‘z egasiga qaytarilishinigina emas, shu bilan kredit uchun foiz shaklidagi to‘lov bilan qaytarilishini ifodalaydi. Demak, kreditor o‘z mablag‘larini hech vaqt o‘z hajmida qaytarib olish sharti bilan bermaydi, bunda u mablag‘ni qarzga berganligi uchun muayyan to‘lov talab qiladi (foizsiz imtiyozli kreditlar bundan mustasno).
Kreditning to‘lovi nafaqat banklar xo‘jalik hisobi maqomiga, shu bilan birga, korxonalarni bevosita foydasi bilan bog‘liq xo‘jalik hisobiga rag‘batlantiruvchi ta’sir ko‘rsatadi.
Kredit uchun haq to‘lashning iqtisodiy mohiyati qarz beruvchi va qarz oluvchi o‘rtasidagi qo‘shimcha olingan foydaning taqsimlanishini qayd qilishda namoyon bo‘ladi. Ko‘rib chiqilayotgan tamoyilning amaliyotda uchta asosiy funksiyasini bajaruvchi bank foizi me’yorini o‘rnatish jarayonida namoyon bo‘ladi.
Tijorat banklarining foiz siyosati depozitlar va kreditlarning okilona foiz stavkalarini shakllantirish va foiz riskini boshkarish bilan boglik tadbirlar majmuasidir.
Tijorat banklarining foiz siyosatining asosiy jixatlari kuyidagilardan iborat:
1. Foiz siyosatining asosiy maksad va vazifalari: foiz siyosatining asosiy maksadi foiz siyosatida anik belgilab kuyilgan bo‘lishi lozim. Ayrim banklarda foiz siyosatining asosiy maksadi sifatida foiz risklarini boshkarish tizimini takomillashtirish belgilab kuyiladi, boshkalarida esa sof foizli daromad darajasini oshirish kursatiladi.
2. Foiz riskini yuzaga keltirishi mumkin bo‘lgan xolatlar: bunday xolatlar odatda kredit kuyilmalarining xajmini keskin oshirilishi natijasida yoki kreditlarning bozor stavkalarini sezilarli darajada oshishi natijasida yuzaga kelishi mumkin.
3. Foiz riskini boshkarish usullari: odatda bank amaliyotida foiz riskini asosiy boshkarish usullari sifatida foizli svoplardan keng foydalanadilar, kichik banklarda esa ko‘proq kredit riskiga limitlar o‘rnatish uslubidan foydalanadilar.
4. Foiz stavkalarini o‘stirmaslik makomini belgilash tartibini joriy kilish.
Tijorat banklarining daromad olish soxasi faoliyati uning foiz siyosati orkali amalga oshiriladi. Bank kredit bera turib mijozning foyda olishi uchun shart-sharoit yaratar ekan, demak, o‘zining manfaatini xam amalga oshirgan bo‘ladi. Banklar foiz siyosatini amalga oshirishda omonatlar bo‘yicha to‘lanadigan foizni ularning o‘zlari takdim etadigan ssudalar uchun oladigan ssuda foizidan pastroq qilib belgilaydi. Olingan va to‘langan foizlarning summalari urtasidagi farq banklarning foydasini tashkil etadi.
Tijorat banklari xar bir aniq kelishuvlarida foiz me’yorini xisoblaganda quyidagilar e’tiborga olinadi:
- ta’minlangan ssudalar bo‘yicha eng kreditga layokatli mijozlar uchun aniq muddatga beriladigan bazaviy foiz stavkasining darajasini;
- xar bir aloxida kelishuvning shartlarini inobatga olgan xolda tavakkalchilik uchun qo‘shimcha to‘lov.
Foiz stavkasi - jalb qilgan mablag‘lar bo‘yicha kelishilgan daromadlilik stavkasidir. Amalda mablag‘larni jalb qilish turlari qancha ko‘p bo‘lsa ularni foiz stavkasi turlari ham ham shuncha ko‘p bo‘ladi. Misol, qarz oluvchi uy sotib olish maqsadida berib turilgan qarz pul uchun mazkur zayom bo‘yicha foiz stavkasi to‘laydi, bu o‘z navbatida qo‘yilgan mablag‘(nakd, mulk va boshqalar) bo‘yicha foiz stavkasi deb yuritiladi; a bankni firmadan ushlayotgan stavkasi esa tijorat krediti bo‘yicha foiz stavkasi deyiladi. Foizlarni hisoblashda tartib bo‘yicha diskret(diskret foizlari) usulida; bunda ham hisoblash davrlari oy, chorak va yil sifatida qabul qilinadi. Ayrim hollar da har kunlik hisoblash qo‘llanilib, (misol, uzoq muddatli investitsiyalarni analiz qilish uchun)mijozlarga ma’qul kelishi uchun ayrim hollar da foizni o‘zluksiz hisoblash usuli qo‘llaniladi.
Foiz stavkani son jihatdan moliyaviy tahlil etishda nafaqat qarz summasini ko‘payish quroli ko‘rinishda, balki kengroq ma’noda bevosita mablag‘larni bir egasidan boshqasiga oqib o‘tish va ko‘payish orqali tijorat va moliyaviy faoliyatdan keladigan daromadlilik darajasini o‘lchash uchun joriy etiladi. Foiz stavkalar avvalgi u yoki bu boshlang‘ich summasiga yoki avalgi davlar uchun hisoblangan foiz summasiga ssudani mazkur muddatni barcha davlari(oddiy foiz stavka)ga qo‘llaniladi. SHunga o‘xshash hisob stavkalari ham qo‘llaniladi. Mos holda, asosiy foiz stavka 4 turi bir biridan tubdan farq qiladi: oddiy va murakkab foiz stavkalari, oddiy va murakkab hisob stavkalari.
Amaliyotda fiksirlangan stavkadan tashqari suzib yuruvchi yoki o‘zgaruvchan stavkalari mavjud. Ayrim holatlarda shartnomalarda ayrim bazaviy stavkalari(pul bozoridagi stavkani vaktlar bo‘yicha o‘zgarishidan, misol uchun London banki tomonidan o‘rnatilgan «LIBOR»stavkasi)ga fiksirlangan qo‘shimcha daromad-marja qo‘shiladi. SHunday qilib, umuman stavka qaysiki, foiz hisoblanayotgan stavka bazani o‘zgarishi hisobiga o‘zgarib turadi. SHartnomalardagi marjani hajmi vaqtlar bo‘yicha o‘zgarishi orqali ko‘rsatilishi mumkin.
Mavzuda keltirilgan formulani quyidagi belgilari qabul qilingan:
i - ssudani barcha muddati uchun foizlar.
K -yilni kunlardan iborat davomiyligi( vaqtinchalik baza)
R - ssudani avvalgi summasi.
S - ssudani qaytarishni ohirgi muddatidagi summa.
i - foiz stavka.
d - oddi hisob stavka.
p - ssudani yillardan iborat davomiligi.
d - ssudani foydalangan kunlar soni.
Moliyaviy aktivlarni asosiy formalariga qarzli majburiyatnoma, aksiya va xosilaviy qimmatli qog‘ozlar kiradi. Qarzli majburiyatnomalarni muomalaga pul bilan shug‘ullanuvchi davlat, korxona va boshqa xujaliklar (uy-xujaliklar) chiqaradi. SHunday qarzli majburiyatnomalar bozorida shunday davlat va korporativ obligatsiyalari va uy-joy va tijoratli avanslar; shuningdek, iste’mol zayomlarga o‘xshash aktivlar sotiladi. Qarzli majburiyatnomalar fiksirlangan daromadli instrumentlar deyilib, kelgusida fiksirlangan summani to‘lashga va’da beradi yoki qat’iy belgilangan foizli qimmatli qog‘ozlar deyiladi.
Qarzli majburiyatnomalar uni qaytarish muddatiga qarab quyidagi shakllarga bo‘linadi:
- qisqa muddatli qarzli majburiyatnomalar bozori-(qaytarish muddati 1 yilgacha) pul bozori deyiladi
- o‘zoq muddatli qarzli majburiyatnomalar va aksiya bozori-(qaytarish muddati 1 yildan yuqori) kapital bozori deyiladi
Pul bozorida davlat yoki ishonchi bo‘lgan xususiy sektor egasi tomonidan chiqarilgan foizli qimmatli qog‘ozga o‘xshash afzallikka ega instrumentlar (kaznachey veksellar, katta korxonalarni tijorat vekseliga o‘xshash veksellar)muomalada yuradi. Zamonaviy pul bozori integratsiyani globallashuvi va likvidlilik bilan harakterlanadi. Aktivlarni likvidlilik darajasi uning pulini konvertatsiya qilish jarayonini tezligi va kam harajatliligi hamda oddiyligiga bogliq holda aniqlanadi.
Qo‘shimcha bo‘lib esa taraflar kelishuvining predmeti hisoblanmish qat’iy belgilangan miqdor hisoblanadi va ushbu miqdor kredit shartnomasi muddati davrida odatda o‘zgarmaydi. Ushbu qat’iy belgilangan qo‘shimchaning miqdori shartnoma shartlari va tavakkalchilik darajasiga bog‘liq bo‘ladi.
Nominal foiz stavkasi deganda e’lon qilingan foiz stavkasi tushuniladi. Real foiz stavkasi deganda nominal foiz stavkasini pulning qadrsizlanish darajasiga muvofiqlashtirilgan darajasi tushuniladi. Foizning nominal stavkasi (i) va real stavkasi (r) deb belgilansa:

Yüklə 146,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin