Kurakli konveyerlar qismlari Kurakli konveyerlar tasnifi



Yüklə 134 Kb.
səhifə1/3
tarix11.04.2023
ölçüsü134 Kb.
#96186
  1   2   3
Kurakli konveyerlar qismlari Kurakli konveyerlar tasnifi


Kurakli konveyrlar

Reja

1 Kurakli konveyerlar qismlari
2 Kurakli konveyerlar tasnifi
3 Kurakli konveyerlarning afzalliklari va kamchiliklari, ularga qo’yiladigan talablar

Hozirgi vaqtda kurakli konveyerlar ko’mir konlarining lava, prosek, pech, oraliq hamda yig’uvchi shtreklar bo’ylab foydali qazilmani tashuvchi asosiy texnikaviy vosita hisoblanadi. Ular gorizontal hamda 25 gradusgacha bo’lgan qiya lahimlarda pastga va yuqoriga qarab yuk tashishda ishlatilishi mumkin.


Kurakli konveyerlar quyidagi tarkibiy qismlardan iborat:

Kurakli konveyer
1) konveyer stavini tashkil kiluvchi bir-biri bilan bog’lanadigan alohida – alohida sektsiya 1 lar;
2) bitta yoki ikkita (ba’zi hollarda uchta) uzluksiz zanjirdan iborat bo’lgan va ularga ma’lum bir hil masofada maxkamlanadigan kurakchalardan tashkil topgan tortish organi 4;
3) zanjir bilan ilashuvchi yulduzchalarning o’qlari o’rnatiladigan ohirlovchi konstruktsiyalar 1 va 3.
Odatda, ohirlovchi konstruktsiyalarning bittasida yurituvchi stantsiya 2, boshqasida esa - taranglovchi qurilma 3 yig’iladi. Konveyerlarning ba’zi turlarida yuritma va taranglovchi qurilma bitta ohirlovchi konstruktsiyaga joylashtirilgan bo’ladi, ba’zilarida - ikkala ohirlovchi konstruktsiyada yuritmalar joylashtiriladi.
Konveyer sektsiyalari yuk hamda tortish organining yukli shohobchasi joylashadigan novdan va tortish organining yuksiz shohobchasi joylashadigan nov yoki yo’naltirgichdan tashkil topadi.
Konveyerning tortish organi (kurakchalar bilan birgalikda) harakatga kelganda kurakchalar yukni nov bo’ylab sirpantirib siljitib boradi.
Oddiy kurakli konveyerlar (ular «eltuvchi» konveyerlar deb ataladi) lavadagi boshqa jihozlarga bog’liq bo’lmagan holda ishlatiladi. Eltuvchi konveyerlar, odatda, lavadan bir yoki ikki qator ustun bilan ajratilgan ikkinchi yo’lga o’rnatiladi va faqat yuk tashish uchun hizmat qiladi. SHuning uchun ular nisbatan yengil reshtak staviga ega bo’ladi.
Kurakli konveyerlarning boshqa turlari ham borki, ular qazish mashinalari va mexanizatsiyalashgan mustahkamlagichlar bilan ishlashga maxsus moslangan bo’lib, ular bilan birgalikda konstruktiv va tashkiliy jihatdan bog’langan yagona agregatni hosil qiladi. Bunday konveyerlar «agregat» konveyerlar deb ataladi. Ular ancha baquvvat va og’ir konstruktsiyaga ega bo’lib birinchi yo’lga bevosita zaboy ko’kragi oldiga o’rnatilgan bo’ladi, chunki zaboy ortidan doimo surilib yoki qayta o’rnatilib turadi.
Agregat konveyerlar, odatda, qazish mashinalari uchun yo’naltirgich vazifasini bajaradi va mexanizatsiyalashgan mustahkamlagichlarni zaboy tomonga surishda, ular uchun tayanch vazifasini ham bajarishi mumkin.
Konveyer butun uzunligi bo’yicha bir yo’la surilishi (ko’mir strug bilan qazilgan holda) yoki qazish mashinasi - kombayn ketidan asta - sekin surilib borishi mumkin. Ohirgi holda yonma-yon joylashgan sektsiyalarning bir - biriga nisbatan qandaydir kichik burchakka burilishi hisobiga konveyer stavi qatlam tekisligida egilishi joiz bo’lmog’i kerak.

Yüklə 134 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin