Kurs ishi Bajardi: M.X.Ahmadaliyeva
Ilmiy rahbar: A.Yuldashev
Andijon 2023
MUNDARIJA KIRISH………………………………………………………………..……3
I.bob. Yo’sintoifa (Bryophyta) o’simliklar umumiy tavsifi……………….…...5
1.1 Yuksak o’simliklarning umumiy tasnifi…………………………………...……5
1.2 Yo’sintoifa o’simliklarning kelib chiqishi………………………………………6
II.bob. Yo’sintoifa o’simliklar klassifikatsiyasi………………………….…...…8 2.1 Jigarsimon yo’sinlar ajdodi(sinfi) – Marchantiopsida……………..……….…10
2.2 Poyabargli yo’sinsimonlar ajdodi(sinfi) – Bryopsida………………….………15
2.3 Antotserotsimonlar ajdodi(sinfi) – Anthocerotopsida……………………...….24
XULOSA………………………………………………………………..…27 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI……………………28 ILOVALAR……………………………………………………………….30 Kirish Yo’sintoifa o’simliklar bo’limiga 25000 ga yaqin tur kiradi. Tur soni jihatidan yuksak o'simliklar orasida gulli o’simliklardan keyin 2-o'rinda turadi. Yo’sintoifa o’simliklar ancha oddiy tuzilganligi, ildizi va o’tkazuvchi sistemasi bo’lmasligi bilan boshqa yuksak o’simliklardan farq qiladi. Yo’sintoifa o’simliklarning oddiylari, tallomlilar bo’lib, ulaming tanasi yer bag’irlab yotadigan tallomdaniborat. Ancha murakkab tuzilgan yo’sintoifalarning tanasida esa poya va barglar, ildizlar o’mida rizoidlar bo’ladi. Yo’sinsimonlar eng qadimgi yuksak o‘simliklar hisoblanadi. Keyingi yillarda Boltiq bo’yidan ulaming sporalari topilgan. Mezozoy va kaynozoy erasining qoldiqlaridan esa ular ko’p topilgan. Riniyafitlarning ochilishi yo’sinsimonlaming kelib chiqishi haqidagi ko’pchilik olimlarning fikrini o’zgartirib yubordi. Keyingi flkrlarga ko’ra, yo’sinsimonlar riniyafitlar, ya’ni ularda sporafitning reduksiyalanishi va gametofitning jadal taraqqiy etishi tufayli kelib chiqqan.