Kurs ishi mavzu: badiiy matnda nisbiy so'zlar yordamida bog'langan qo'shma gaplar



Yüklə 32,49 Kb.
səhifə1/6
tarix10.01.2023
ölçüsü32,49 Kb.
#78848
  1   2   3   4   5   6
Matluba



O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI
DENOV TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA INSTITUTI
FILOLOGIYA FAKULTETI
"O'ZBEK TILI" TA'LIM YO'NALISHI " HOZIRGI O'ZBEK ADABIY TILI" FANIDAN
KURS ISHI
MAVZU: BADIIY MATNDA NISBIY SO'ZLAR YORDAMIDA BOG'LANGAN QO'SHMA GAPLAR
Talaba: 204-guruh talabasi
Xurramova Matluba
Ilmiy rahbar: __________________

Denov-2023

MUNDARIJA
I.KIRISH.................................................................................3-5
Leksikografiya haqida umumiy maʼlumot.............................6-12
Il.ASOSIY QISM........................................................................13
1.Lugʻatlarning oʻrganilishi va tuzilishi.................................13-15
2.Filologik lugʻatlar va ularning tuzilishi...............................16-25
3.Ensiklopedik lugʻatlar va ularning zamonaviy turlari........26-28
III.UMUMIY XULOSALAR.....................................................29-31
IV.FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI.................32-34

Kirish
Leksikografiya - lug’atshunoslikni o’rganuvchi fan har qanday xalqning betakror milliy boyligi uning o’z so’zlari hamda turg’un iboralaridir. Zamon va makon ta’sirida tilning lug’at boyligi doimiy ravishda rivojlanib boradi. Hayot, turmush tarzi taraqqiyot va kashfiyotlar yangi-yangi so’zlar, tushunchalarni dunyoga keltiradi , ba’zi so’zlar esa eskirib iste’moldan chiqadi.Ana shunday dinamik rivojdagi bebaho boylikni o’z vaqtida tarix zarvaraqlariga muxrlash, tilning oltin sahifalarini durlash bilan to’ldirib boorish faqat matonatli, zahmatkash, fidokor tilshunos siymolar gagina nasib etadi. Bunday buyuklarning nomi abadiy hurmatda bo’ladi.
Buning yorqin isboti uchun bobomiz Mahmud Koshg’iy nomini tilga olish kifoyadir. Uning qariyib 1000 yil ilgari yaratgan turkiy tillar tahliliga bag’ishlangan “Devonu lug’atit turk” asari barcha turkey xalqlarning betakror boyligi hisoblanadi. Mahmud Koshg’ariyning nomi esa tarix sahifalariga abadiy muxrlandi.
Darvoqe, til lug’at boyligining nisbatan to’liq tahlili faqat lug’atlar orqali amalgam oshirilishi mumkin. Lug’atlar tuzishning nazariy va amaliy sohalari bilan shug’ullanuvchi fan leksikografiya deb nomlanadi.
Lexikographie - grek tilidan olingan bo’lib, lexicon - Worterbuch, grapho- ich schreibe, ya’ni so’zni izohlash, ifodalash ma’nosini beradi.


Respublika mustaqilligi tufayli oʻzbek leksikografiyasi oldiga yangi davr talablariga javob beradigan ensiklopedik va lingvistik lugʻatlar yaratish vazifasi qoʻyilgan va bu vazifa oʻz oʻrni bilan amalga oshirilmoqda; 2) tilshunoslikning lugʻatchilik nazariyasiga oid sohasi, lugʻatshunoslik; lugʻat turlari va ularni tuzishning ilmiy asoslarini ishlab chiqish bilan shugʻullanadi. Nazariy Leksikografiya bir qancha muammolarni qamrab oladi: lugʻatlarning umumiy tipologiyasini va yangi turdagi lugʻatlarni ishlab chiqish; lugʻat makrostrukturasini ishlab chiqish (soʻzlarni tanlab olish, soʻz va lugʻat maqolalarini joylashtirish tartibi, omonimlarni belgilash, lugʻat tarkibiga havola materiallarni kiritish); lugʻat mikrostrukturasini, yaʼni har bir lugʻat maqolasini ishlab chiqish (soʻzga grammatik va fonetik izoh berish, soʻz maʼnolarini ajratish va tasniflash, dalil sifatidagi illyustratsiyalar turlari, taʼriflash turlari, belgilar tizimi, soʻz etimologiyasi haqidagi maʼlumotlar) va b.
Leksikografiya tilshunoslikning barcha boʻlimlari, ayniqsa, leksikologiya bilan oʻzaro bogʻliq. Leksikografiya ham amaliy, ham nazariy soha sifatida leksikologiya, uslubshunoslik, fonetikaga hamda til tarixi, tilning grammatik qurilishi haqidagi taʼlimotga suyangan holda ish koʻradi. Dunyo leksikografiyasi ming yillik tarihga ega bo’lsada, uning asosiy rivoji keyingi ikki-uch asrga to’g’ri keladi. Ilk bor oz sonli so’zlar va iboralardangina tashkil topgan qo’l yozmalardan boshlangan lug’atlar hozirgi kunga kelib tillarning yuz ming so’zlarni o’z ichiga olib, minglab adadda chop etilmoqda. Keyingi yillarda leksikografiyaning faqatgina amaliy tomoni emas, balki nazariy yo’nalishi, obyekti, predmeti shakllandi. Lug’at tuzish nazriyasi, amaliyoti tilshunoslikning mahsus sohasiga aylandi. Lug’atshunoslik tilshunoslikning mana shunday o’ta mashaqqatli, o’ta masulyatli sohasi bo’lganligi sababli ushbu savobli yo’nalish bilan yetuk, fidokor, millatparvar olimlar shug’ullanmoqdalar.



Yüklə 32,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin