Laboratoriya ishi-6 Organik modda tarkidagi azot va oltingugurt elementlarini aniqlash



Yüklə 16,08 Kb.
tarix02.01.2022
ölçüsü16,08 Kb.
#47717
Laborat-organika-6


Laboratoriya ishi-6

Organik modda tarkidagi azot va oltingugurt elementlarini aniqlash.

a). Organik moddalarga natriy metali qo’shib suyuqlantirish. Azot, oltingugurt va galogenlarni aniqlashda natriy metali qo’shib kuydirish usuli qo’llaniladi. Bu reaksiyada organic modda tarkibidagi azot natriy sianidga, oltingugurt esa natriy sulfidga, galogenlar natriy galogenidga aylanadi:
organik modda (C, N, S, CI,) + Na  NaCN + Na2S + NaCI

Reaksiya mahsuloti distillangan suvda eritiladi va ikki qismga bo’linadi, birinchi qismidan anionlar sifat reaktsiyalar yordamida aniqlanadi.

Kichikroq quruq probirkaga tekshiriladigan organic moddadan ozroq solinadi. Probirkani qiya holatda tutib turib, unga kerosindan va oksid pardasidan tozalangan no’xat kattaligidek natriy metali organik moddadan biroz yuqoriroqqa joylashtiriladi. Probirkani yog’och tutqichga mahkamlab, uni qiya ushlab turgan holda natriy metali gorelka alangasida ehtiyotlik bilan qizdiriladi.

Natriy metali suyuqlangandan keyin probirka vertikal holga keltirilib, natriy metali tomchisi organic modda ustiga to’kiladi.(o’t chaqnashi mumkin).

Keyin aralashma cho’g’languncha qizdiriladi.Ichiga 5-6 ml distillangan suv solingan chinni hovonchaga cho’g’langan probirka birdan botiriladi. Bunda probirka chirsillab darz ketadi. Probirka hovoncha ichida sindiriladi.

Suyuqlanmani hovonchada yaxshilab maydalab, probirkaga solinadi va qaynagunicha qizdiriladi. Hosil bo’lgan ishqorli eritma burma fil’tr orqali fil’trlanadi. Fil’tratdan azot, oltingugurt va galogenlar aniqlanadi. Agar fil’trat sariq yoki to’q jigar rang bo’lsa, bu holda organic modda to’liq parchalanmagan bo’ladi. Bunday holda natriyli suyuqlantirish takror bajariladi.

b). Azotni aniqlash. Oldingi tajribada hosil qilingan ishqoriy eritma – fil’tratning ikkinchi qismi boshqa probirkaga quyib olinadi. Unga temir (II)-sulfatning 5 % li eritmasidan 2-3 tomchi va temir (III)-xloridning 1% li eritmasidan 1 tomchi qo’shiladi. Bunda yashil rang temir (II)-gidroksid va qo’ng’ir rang temir (III)-gidroksid cho’kmalari hosil bo’ladi.

FeSO4 + 2NaOH = Fe(OH)2 +Na2SO4

FeCI3 + 3NaOH = Fe(OH)3 + 3NaCI

Bu eritmada NaCN mo’l bo’lsa, natriy geksasianoferrat (II) hosil bo’ladi:

2NaCN + Fe(OH)2 = Fe(CN)2 + 2NaOH

Fe(CN)2 + 4NaCN = Na4[Fe(CN)6]

Probirkadagi aralashma yaxshilab aralashtirilgach, unga muhit kislotali bo’lguncha 10% li xlorid kislota eritmasidan qo’shiladi. Bunda temir (II) va (III)-gidroksid cho’kmalari erib, berlin zangorisining rangi namoyon bo’ladi. Biroz vaqt o’tgach, probirkada ko’k rangli cho’kma hosil bo’ladi. Reaksiya quyidagi tenglama asosida boradi:

Fe(OH)3 + 3HCI = FeCI3 +3H2O

3Na4[Fe(CN)6] + 4FeCI3 = 3Fe4[Fe(CN)6]3 +12NaCI

v). Oltingugurtni aniqlash. Probirkaga 1 ml qo’rg’oshin nitrat eritmasidan solinadi, unga dastlab hosil bo’lgan cho’kma erib ketguncha o’yuvchi natriy eritmasidan tomchilab qo’shiladi va ustiga natriyni suyuqlantitishdan olingan ishqoriy eritmadan tomiziladi.

Eritma rangining qo’ng’ir tusga o’tishi yoki qora rangli qo’rg’oshin sulfid cho’kmasining hosil bo’lishi, tekshirilayotgan organik modda tarkibida oltingugurt elementi borligini bildiradi. Bunda quyidagi reaktsiya sodir bo’ladi:
Pb(NO3)2 + 4NaOH = 2NaNO3 + 2H2O + Pb(ONa)2
Na2S + Pb(ONa)2 + 2H2O = PbS + 4NaOH

ishqoriy eritma
Yüklə 16,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin