Laboratoriya mashg’uloti №9
VI guruh kationlari ( Cu2+ , Ni2+ ,Co2+ , Cd2+ , Hg 2+ ) ning analitik reaksiyalari.
Maqsad:
VI guruh kationlarini ochish reaksiyalarini bajarish uchun amaliy ko‘nikmalar hosil qilish.
Laboratoriya ishi uchun kerakli
Reaktivlar
1.Tuz eritmalari:
Nikel, kobalt (II), mis, kadmiy va simob (II); o'yuvchi ishqorlar—NaOH va KOH , natriy karbonat yoki boshqa ishqoriy metallarning eruvchan karbonatlari, kaliy yoki natriy nitrit (KN02 yoki NaNO2), vodorod sulfid, kaliy geksatsianoferrat (II), kaliy yodid, kaliy rodanid, temir (III) xlorid, segnet tuzi (kaliy natriy tartrat) — KNaC4H4O6, kupron (1-benzoinoksim), kaliy tetrayodidovismutat (III), ammoniy tiotsionat, natriy sulfid; yangi tayyorlangan qalay (II) xlorid; natriy tiosulfat, natriy gidrofosfatning to‘yingan eritmalalri
2.Kislota va asos eritmalari:
Sulfat kislota 1:3, xlorid kislota 1:1, sirka kislota 1:1, yangi tayyorlangan vodorod sulfidli suv
3.Organik reaktivlar va erituvchilar:
1-nitrozo-2naftolning sirka kislotasidagi 1%li eritmasi;glitserin izoamil yoki amil spirit, dimetilglioksimning etil spirtidagi 1%li eritmasi
4. Kaliy geksatsianoferrat shimdirilgan 5 x 5 sm o‘lchamli filtr qog‘oz
VI GURUH KATIONLARINING ANALITIK REAKSIYALARI
VI guruh kationlarini nitratlari, xloridlari, sulfatlari suvda eruvchan bo‘lib, kobalt (II) tuzlarini eritmasi – pushti, nikel (II) – yashil, mis (II) – ko‘k rangga ega. Kadmiy va simob (II) tuzlarini suvli eritmasi rangsiz. VI guruh kationlarini karbonatli, fosfatli, sulfidli tuzlari suvda kam eriydi.
Ishqor yoki ammiak ta’sirida VI guruh kationlari (simob (II) dan tashqari) gidroksid yoki asosli tuz xolida cho‘kmaga tushadi. Simob (II) ishqorlar ta’sirida HgO, ammiak ta’sirida [OHg2NH2]NO3 tarkibli cho‘kmalar hosil qiladi. Bu cho‘kmalar ortiqcha ishqor ta’sirida erimaydi, konsentrlangan ammiak ta’sirida esa [Me(NH3)4]2+ yoki [Me(NH3)6]2+ tarkibli kompleks birikma hosil qilib, erib ketadi. Kuchli oksidlovchilar (xlor, brom, kaliy permanganat, natriy vismutat, vodorod peroksid ishqoriy sharoitda) kobalt (II)ni kobalt (III) gacha oksidlaydi. Boshqa kationlar oksidlovchilar ta’siriga chidamli. Qaytaruvchilar mis (II), simob (II)larni quyi oksidlanish darajasigacha qaytaradi. Kaliy yodid mis (II)ni mis (I)gacha qaytaradi. Mis metali simob (II)ni metall xoligacha qaytaradi. Bu reaksiyadan boshqa kationlar ishtirokida ham simobni kasrli usulda ochishda foydalaniladi.
Dostları ilə paylaş: |