Laboratoriya xonalari bilan tanishish, laboratoriya jihozlari va moddalar bilan ishlaganda amal qilinadigan xavfsizlik qoidalari



Yüklə 22,47 Kb.
səhifə1/3
tarix06.05.2023
ölçüsü22,47 Kb.
#108491
  1   2   3
1-laboratoriya


1-MAVZU: TEXNIKA XAVFSIZLIGI QOIDALARI BILAN TANISHISH


LABORATORIYA XONALARI BILAN TANISHISH, LABORATORIYA JIHOZLARI VA MODDALAR BILAN ISHLAGANDA AMAL QILINADIGAN XAVFSIZLIK QOIDALARI

Biokimyo laboratoriyasida ishlaganda texnika-xavfsizlik qoidalariga rioya qilish talab etiladi, agar ehtiyot choralariga rioya qilinmasa xavfli oqibatlarga olib kelishi mumkin. Zaharli, yengil yonuvchi, portlovchi, kimyoviy kuydiruvchi xususiyatiga ega bo’lgan moddalar bilan ishlaganda, bu ehtiyot choralariga ayniqsa amal qilish kerak.


Pipetka bilan ishlaganda qisman suyiltirilgan va konsentrlangan kislotalar (azot, sulfat, xlorid, sirka kislotalari) va zaharli moddalarni og’iz bilan tortish mumkin emas, balki rezina nok yoki silindrdan foydalanish zarur. Xrom aralashmasini ishlatishda ham bunga amal qilish kerak.
Zararli gaz yoki bug’lar hosil qiladigan (azot, xlorid, sirka kislota va boshqalar), kukun holidagi changlanadigan moddalarni ishlatganda dokali respiratorlar va himoya ko’zoynagidan hamda mo’rili shkafdan foydalanish kerak. Turli asboblar 220V kuchlanishili elektr tokidan foydalanilganligi sababli laboratoriyada umumiy yerga ulanish kontur tizimi ta’minlangan bo’lishi kerak. Bu asboblardan foydalanishning nafaqat xavfsizligini, balki asboblar ko’rsatkichlarining aniqligini ham ta’minlaydi. Xavfsizlik maqsadida oxirgi paytda elektr asboblar qo’shimcha yerga ulanish –kontakt simlari bor maxsus vilka va rezetkalar bilan chiqarilmoqda. Shuning uchun ularni qo’shimcha yerga ulash shart emas.
Laborant material bilan ishlaganda ehtiyotlik va e’tibor bilan ishlashi kerak. Bu materiallar bilan ishlagandan so’ng darhol materialni va ishlatilgan idishlarni ham zararsizlantirish ya’ni kimyoviy va termik ishlov berish zarur.
2-3 jadvallarda eng ko’p ishlatiladigan zaharli, yonuvchan va portlovchi kimyoviy moddalarni saqlash qoidalari, kuyish va zararlanishda ko’rsatiladigan birinchi yordan haqida ma’lumot beriladi.
Shuni esda tutib turish lozimki, biokimyo laboratoriyalarida texnika xavfsizligiga rioya qilmaslik turli jarayonlarga olib kelishi mumkin. Zararlanganda va kuyganda shuni esda tutish kerakki, teriga, ayniqsa, ko’zga kislota, ishqor tekkanda tanada neytrallash reaksiyalarini qo’llab bo’lmaydi. Kimyoviy kuyishga termik kuyish eng yetarli va samarali choradir.



Yüklə 22,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin