M. UMAROVA, М. NABIYEVA
BAYONLAR TOTLAMI
(boshlang'ich s i n f o 'q itu vch ila r i va o ‘q u vch ila r i uchun)
T O S H K E N T
«Niso Poligraf» 2013
УДК: 811.512.133
ББК 8 1 .2 0 ‘z b —.
U -44
T aqrizchilar:
N. Ahmedova - RTM boshlang‘ich ta’lim boMimi boshlig‘i.
Sh. Yo‘ldosheva - Nizomiy nomidagi TDPU boshlang‘ich ta ’lim kafedra mudiri.
Muhtaram boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari! Hukmingizga havola etilayotgan ushbu «Bayonlar to‘plami» 0 ‘zbekiston Respublikasi Davlat ta’lim standartlari asosida tuzilgan bo'lib, u uzviylashtirilgan o‘quv dasturlariga, 1-4-sinf o‘quvchilarining boshqa fanlardan o'tadigan mavzular doirasiga, yosh xususiyatlariga, o‘zbek tilining grammatik qoidalarining o'rganilishidagi izchillikka muvofiqligi bilan e’tiborlidir. To’plamdan o‘rin olgan bayonlar matni nafaqat o‘quvchilaming og‘zaki va yozma nutqini shakllantirishga balki, mazmun-mohiyatiga ko‘ra ko‘plab tarbiyaviy masalalami ham qamrab olgandir. Xususan, ularda insoniy odob-axloq, ilm-ma’rifatga intilish, vatanparvarlik, halollik, mardlik va jasorat kabi fazilatlar kichik-kichik hayotiy voqealar, rivoyat va xalq ertaklari vositasida o‘quvchilar ongiga singdiriladi.
Kitobning bayon yozish turlari bo‘yicha darslami tashkillashtirish borasidagi metodik tavsiyalar o‘ta ixcham va puxta ishlanganligi mazkur to‘plamning pedagogik amaliyotda ham dasturilamal bo‘lishini ta’minlaydi.
Kitob garchi boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun tavsiya etilayotgan bo‘lsa-da, undan o‘z farzandlarining ravon og‘zaki nutqqa, izchil tafakkur qobiliyatiga hamda barkamol odob-axloqqa ega bo‘lishini istagan barcha ota- onalar, o‘zbek tili ixlosmandlari ham foydalanishlari mumkin.
Dostları ilə paylaş: |