M umarova, М. Nabiyeva



Yüklə 1,68 Mb.
səhifə9/104
tarix20.07.2023
ölçüsü1,68 Mb.
#136972
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   104
bayonlar toplami m. umarova

«gavjum» so‘zi esa o‘qish darsida o‘rganilgani eslatiladi.
0 ‘qituvchi o‘quvchilarning diqqatini savollar yordam ida ayrim so‘z va so‘z birikm alariga qaratadi. M asalan: «O na allasi» hikoyasida
« kuylashni aytibdi» so‘z birikm asi o‘rnida qanday so‘z ishlatish («buyiribdi» so‘zi). « Lola» hikoyasida «yovvoyi» so‘zi o‘rnida qanday so‘z («begona» so‘zi) berilgan? « B ahor sovg‘asi» hikoyasida «krindi» so‘zi o‘rnida qanday so‘z («yaltiraydi» so‘zi) berilgan? Shuningdek,
« totli tuyildi» iborasini qanday tushunish m um kin? Bu xildagi savollar orqali, asosan, reja savollariga javob tayyorlashda, m atnni hikoyalash va bayon yozishda o ‘q uvchilarning so‘zlardan ongli ravishda foydalanishi uchun zam in hozirlanadi. Ba’zan so‘zlarning m a’nosini, m atnni o‘qishdan oldin, ayrim vaqtda m atnni o‘qish jarayonida tushuntirish lozim. M asalan: « A nvar rassom » hikoyasida « chehrasiga tabassum» so‘zlari ishlatilgan. Bu so‘zlarning m a’nosi m atnni o‘qish jarayonida tushuntiriladi. Sababi, so‘zning m a’nosi m atnda bilinadi. B a’zi so‘zlarning m a’nosini tushuntirib borishda rasm lardan {qafas,fil, chipta, cho'pon, xokandoz, metro) foydalanish yaxshi natija beradi. Lekin rasm vositasida suhbat o‘tk azish o‘quvchilarning diqqatini m atn m azm unidan uzoqlashtirm asligi kerak.
0 ‘quvchilam i asta-sekin m atnda takrorlanadigan so‘zlam i almash- tirishga o ‘rgata borish foydalidir. Masalan: qo'zichoqlar, kichkintoylar, musicha, qushcha.
Bundan tashqari, darsda im lo xatolarining oldini olish uchun bayonlar o‘tkaziladi. B uning uchun yozuv taxtasiga yozilgan kichik hajmdagi m atnlar yaxshi yordam beradi. 0 ‘quvchilar yozuv taxtasidan kichik hajmdagi m atnni o‘qib, yangi so‘zlarning to‘g‘ri yozilishini eslab qoladilar va o‘zlariga tanish b o ig an boshqa qoidalarni tushuntiradilar. Yuqoridagi tayyorgarlik m ashqlarining ko‘pchiligida « 0 ‘zbek tili» darsligidagi juda ko‘p m ashqlar berilgan. M atnni imlo tom onidan tahlil qilishda quyidagi usullar, ya’ni o'quvchilarga gapdagi so‘z sonini aniqlashtirish; talaffuzi qiyin yangi so‘zlarni talaffuz qilishni m ashq qildirish; o‘tilgan qoidaga doir so‘zlarni toptirish; shuningdek, o'qituvchi tom onidan ajratib ko'rsatilgan so'zlarning talaffuzi, imlosi, m a’nosi ustida ish olib borish tavsiya etiladi.
14
Ikkinchi sinfda xatolarning oldini olish uchun o‘quvchilarga talaffuzi qiyin boMgan so‘zlarni bo‘g‘inlab aytishni m ashq qildirish m uhim aham iyat kasb etadi. Qator kelgan undoshli so‘zlarni yozishdan oldin bolalar so‘zni bo‘g‘inga bo‘ladilar, bo‘g‘inlardan so‘z yasaydilar, uni o'qiydilar yoki qisqa gap tuzadilar.
Agar m atn o'quvchilarga o'qib berilsa, u holda xatoning oldini olish uchun yozuv taxtasiga yozilgan reja savollaridan va matnning m azm unini ochadigan tayanch so'zlardan foydalanish mumkin. Aslo bu so'zlarning soni ko'p bo'lm asligi kerak, aks holda, o'quvchi chalg'ishi turgan gap. Reja savollari bilan bir qatorda, bayon m atnida uchragan imlosi qiyin bo'lgan so'zlarni yozuv taxtasiga yoki qalin qog'ozga yozib, ko'rinadigan joyga qo'yilsa, o'quvchiga qulaylik tug'diriladi. Ayrim vaqtlarda o'quvchilarga yozuv taxtasida yozilgan to'liq gaplarni ko'chirib yozishga ruxsat beriladi. C hunki bu gaplar matn mazmunini ochib berish uchun xizm at qiladi.
Bayon darsigacha va shu darsda o'tkazilgan imloviy tayyorgarlik o'quvchilarda bayon yozishga zam in hozirlaydi. O'quvchilar butun fikrlarini ishning m azm uniga qaratadilar, har bir so'z va gapni xotirjam o'ylab yozadilar.
Shunday bo‘lsa-da, ikkinchi sin f o'quvchilarining ishlarida xatolar uchraydi. X atolarni bartaraf qilish uchun o'qituvchi o'quvchilarning bilim iga mos alohida topshiriqlar beradi va ular yo'l qo'ygan xatolarni tuzatadi. Ikkinchi sinf o'quvchilarining tipi к xatolari ustida ishlash uchun navbatdagi ona tili darslarida ish olib boriladi. Tipi к xatolarga quyidagilar kiradi:

  1. O'quvchilar gapning boshi va oxirini aniqlashda qiynaladilar.

  2. Gapda bir so'zni takror ishlatadilar.

  3. Ba’zi h arf va bo'g'inlarni tushirib qoldiradilar.

Tipik xatolarni tuzatish tahlil va tarkibiy ish olib borishni talab qiladi.
Ikkinchi s in f o 'q u v ch ilari yozgan bayon o'qituvchi tom onidan
tekshiriladi va albatta, darsd a ta h lil qilinadi. Lekin unga alohida dars ajratilm aydi. B unga navbatdagi d arsn in g 10-15 daqiqasini ajratish kifoya. Y axshi tay y o rlan g an o 'quvchining ishida xato bo'lm aydi: k o 'p ch ilik o 'q u v ch ila r tayyor reja savollarigagina javob beradilar. M a ’lu m so 'z la rn ig in a ishlatadilar. Shuning uchun
15
yozilgan ishning m azm uni va uslubi tavsiya etilgan bayon m atniga y aq in bo ‘ladi. A gar ik k in ch i s in f o‘quvchilari bayonni oxirigacha yo za olm asalar, u la rn in g baholarini pasaytirish tavsiya etilm aydi, sababi, u lar hali ju d a sekin yozadilar. R ejada b erilgan b itta yoki ik k ita bandni tu sh irib qoldirish natijasida bayon izchilligi buziladi. B u esa qo‘pol xato h isoblanadi.
0 ‘qituvchi avval o‘quvchilar tom onidan bajarilgan ishga um um iy baho beradi. H ikoya m azm uni va topshiriqning m azm unini eslatadi. So‘ngra ikkita-uchta yaxshi yozilgan ishni o‘qib beradi. Ishga qo‘yilgan baho to‘g‘ri ekanligini asoslaydi. Shundan so‘ng 0‘qituvchi boshqa ishlardagi um um iy kam chilikni ko‘rsatadi, chunonchi, rejadan chiqib ketish, gapni noto‘g‘ri tuzish va boshqalarni sharhlaydi. X atosiz yoki xatosi juda kam bo‘lgan ishlardan bittasi m uhokam a qilinadi va o‘qituvchi o‘quvchilar ishiga qo‘yilgan bahoga loyiq-noloyiqligini tushuntiradi. 0 ‘quvchilar esa yo‘l qo‘yilgan xatolarni qanday tuzatish yo ‘lin i aniqlaydilar: gapni qanday tuzish; tushirib qoldirilgan so‘z yoki gapni o‘rniga qo‘yish; qaysi so‘zlarni alm ashtirish va boshqalar haqida fikr yuritadilar. K im ning ishi m uhokam a qilingan b o isa , o‘sha o‘quvchi o‘z bayonini yoki uning bir qismini so'zlab beradi. Shundan so‘ng o ‘qituvchi o‘quvchilarni rag‘batlantiradi va m uhokam ani tugatadi.
Ikkinchi sinfda birinchi yarim yilning boshidan qism larga bo‘lingan
m atnlar bilan og‘zaki m ashqlar o‘tkazish tavsiya etiladi.
0 ‘quvchilar qism lari aralash, ya’ni o‘rni alm ashtirilib berilgan gaplardan hikoya tuzishda m azm undagi ketma-ketlikni (izchillik) og‘zaki o‘zlashtiradilar. Shunday ish uchun beriladigan m atnlar yoki hikoyani hosil qiladigan gaplar tartibi buzilgan holda yozuv taxtasiga yoziladi. M ana shunday ish turiga misol qilib, quyida «Kuch birlikda» m atnini keltiramiz.

Yüklə 1,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin