M umarova, М. Nabiyeva



Yüklə 1,68 Mb.
səhifə3/104
tarix20.07.2023
ölçüsü1,68 Mb.
#136972
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   104
bayonlar toplami m. umarova

BAYON USTIDA ISHLASH
To‘la savodxonlikka erishishning muhim om illaridan biri, o ‘quvchilar nutq madaniyati ustida ishlash, ulam i og ‘zaki va yozm a nutqlaridagi kamchiliklami o‘z vaqtida aniqlash va tuzatishdan iboratdir. Shuning uchun 1 -4 -sinf o ‘quvchilariga dars berish jarayonida bir turdagi yozma ishlar bilan chegaralanib qolmay, balki yozma ishning barcha turlari ustida m ashg‘ulot olib borish, o ‘quvchilarda fikrni keng koTam da va xilma-xil ravishda bayon eta bilish qobiliyatini o ‘stirish lozim.
Yozma ish turlaridan biri bayondir.
Bayon o‘qib berilgan nam unaviy matn m azm unini m a’lum tayyor- garlikdan so‘ng yozma ravishda qayta hikoyalashdir.
Birinchi sinf dasturiga ko‘ra m atnni qayta hikoyalash mashqlari berilmaydi. Faqat aniq bir m avzuda rasm larga qarab gap va kichik hikoya tuzish (inshoga tayyorgarlik mashqlari) o‘rganiladi.
Tayyorgarlik mashqlarini o‘tkazish o‘quvchilarda sodda gap tuzish ko‘nikmasini hosil qiladi. 0 ‘quvchilar gapda so‘zlarning tartibini, gap oxirida nuqta qo‘yishni, bir gapni ikkinchi gapdan ajratishni o‘rganadilar.
Tayyorgarlik mashqlari uchun tanlanadigan m atnda gapdagi so‘zlar soni ko‘pi bilan 4 - 5 ta bo‘lishi m um kin. Bunday m atnlarni bolalar uchun yozilgan asarlardan (kitoblardan) tanlash qiyin. Shuning uchun tayyorgarlik mashqlariga mos m atnni o‘qituvchining o‘zi tuzishi yoki
« A lifbe» kitobida berilgan m atnlardan tanlashi m um kin. Tayyorgarlik mashqlarining aksariyatida « A lifbe» kitobidagi m atnlar berilgan.
Tayyorgarlik m ashqlarining dastlabki bosqichida matn yoki hikoyani hosil qiladigan gaplar tartibi buzilgan holda (aralash) sinf yozuv taxtasiga yoki karton qog‘ozga yoziladi. Bu birm uncha qulaylik tug‘diradi. Sinf yozuv taxtasida ishlash, o‘quvchilarning qoMyozma matnlarini o‘qish ko‘nikm alarini m ustahkam laydi, hikoya mazmunini tushunishni osonlashtiradi.
0 ‘quvchilar aralash berilgan gaplardan hikoya tuzishda bog‘lanishli nutqning muhim talabini - m azm undagi ketm a-ketlikni og‘zaki o‘zlash- tiradilar. Masalan, «Bahorda» matnidagi gaplar tartibi buzilgan holda sinf yozuv taxtasiga yoziladi.
Qushlar uchib keldi. Olim taxtachaga don sepdi. Olim qushlarni
sevadi. U daraxtga in o'rnatdi. Olim boqqa bordi.

Yüklə 1,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin