Makroiqtisodiy muvozanatlilikning mohiyati va unga
erishish yo‘llari
Reja
1. Iqtisodiy muvozanatlik, uni ta'minlash shart-sharoitlari va aniqlash
usullari.
2. Iqtisodiy mutanosiblik va uning turlari.
3. Makroiqtisodiy beqarorlik va iqtisodiyotning siklligi. iqtisodiy inqirozlar.
4. O'zbekistonda makroiqtisodiy barqarorlikni ta'minlash va iqtisodiyot
tarkibiy tuzilishini o'zgartirish vazifalari.
Iqtisodiy muvozanatlik, uni ta'minlash
shart-sharoitlari va aniqlash usullari
Iqtisodiyot barqaror rivojtanishi uchun uning tomonlari tasida ma'lum
muvozanat bo'lishini taqozo qiladi.
Iqtisodiy muvozanat deb iqtisodiy jarayonllar, hodisalarning ikki yoki
bir necha tomonining bir — biriga teng bo'lgan holatiga aytiladi. Shuning uchun
ham butun iqtisodiyotining muvozanati tug'risida gap borganda eng avvalo yalpi
talab va yalpi taklif o'rtasidaga tenglik e'tiborga olinadi.
Makroiqtisodiyotda iqtisodiy muvozanatlikning shakllanish jarayoni va uni
ta'minlash ancha murakkab va ziddiyatli. Chunki u o'z ichiga xususiy va umumiy
xarakterdagi bir qator muvozanatlar tizimini oladi.
Xususiy muvozanatlik — bu ikkita o'zaro borliq bo'lgan iqtisodiy
miqdorlar yoki iqtisodiyot tomonlarining miqdoran teng kelishi. Xususiy
muvozanatlik ishlab chiqarish va istmol, aholining sotib olish layoqati va tovar
taklifi masalalari, budjet daromadlari va xarajatlari, aholida tovarlarga talab va taklif
o'rtasidagi muvozanatliklar ko'rinishida chiqadi. Bu muvozanatliklar ichida
Prezidentimiz A. Karimov ta'kidlab o'tganlaridek: «...ichki bozorda talab bilan taklif
o'rtasida mutanosiblikka erishish, ya'ni qarilgan pul miqdori bilan unga sotib
olinadigan mollar salmog'i o'rtasida to'g'ri nisbatni ta'minlash g'oyat katta rol
o'ynaydi.»
Dostları ilə paylaş: |