PAXTACHI TUMAN XTBGA QARASHLI 38- UMUMTA’LIM MAKTABI BO’YICHA BUYRUQ
Maktabda ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari va sinf rahbarlari faoliyati samaradorligini oshirish haqida 0‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalq ta’limi tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 5-sentyabrdagi PQ-3931-son qarori hamda Vazirlar Mahkamasining “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida “Tarbiya” fanini bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 6-iyuldagi 422-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, umumiy o‘rta ta’lim muassasasining ma’naviy- ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari va sinf rahbarlari faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida buyuraman:
Quyidagilar:
Maktabda ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida nizom 1-ilovagq muvofiq;
Maktabning sinf rahbarlari faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida nizom 2-ilovaga muvofiq;
Maktabi ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarining namunaviy ish rejasi 3-ilovaga muvofiq;
Maktablarida o‘tkaziladigan sinf soatlarining 2020 - 2021 o‘quv yiliga moijallangan namunaviy mavzular rejasi 4-ilovaga muvofiq;
Sinf rahbari daftari 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2020-2021-o‘quv yilidan boshlab 1 -11-sinflarda haftaning juma kunidagi birinchi darsni sinf rahbarlari va tegishli mutahasisslar tomonidan “Sinf soati” sifatida o‘tilishi yo‘lga qo‘yilsin.
MMIBDO’ (O. Xolmurodov)ga bir kun muddatda mazkur buyruqni barcha sinf rahbarlarga yetkazsin va o‘quv yili davomida ijrosini nazorat qilsin.
Maktabda:
uch kun muddatda mazkur buyruqning ijrosini ta’minlash maqsadida uning mazmun-mohiyatini keng pedagogik jamoaga yetkazish maktabning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari va sinf rahbarlari faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha tashkiliy choralarni ko‘rish;
Maktabning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari va sinf rahbarlari faoliyatini tashkil etishda ushbu hujjatlar talablariga qat’iy amal qilinishini ta’minlash vazifalari yuklatilsin.
Xalq ta’limi vazirligining quyidagi buyruqlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin:
“Xalq ta’limi muassasalarida “Ma’naviyat kuni”ni tashkil etish to‘g‘risida”gi 2012-yil 6-dekabrdagi 350-son buyrug‘i;
“Umumiy o‘rta ta’lim muassasasining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari va sinf rahbarlari faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi nizomlami tasdiqlash haqida” 2019-yil 29-avgustdagi 282-son buyrug‘i.
Mazkur buyruqning ijrosini nazorat qilish MMIBDO’ O. Xolmurodov zimmasiga yuklatilsin.