Maktabgacha taʼlim jarayonida pedagogik jarayonni tashkil etish mundarija: Kirish i-bob. Maktabgacha talim muassasalarida pedagogik jarayonni tashkil etish
Maktabgacha taʼlim jarayonida pedagogik jarayonni tashkil etish MUNDARIJA: Kirish .. I-bob. Maktabgacha talim muassasalarida pedagogik jarayonni tashkil etish
Maktabgacha talim tashkilotida bolalar hayotini tashkil etish .
Bolalar faoliyatida talim-tarbiya vazifalarini amalga oshirish va rahbarlik qilish
II-bob. Maktabgacha talim muassasalarida pedagogik jarayonni tashkil etishda tarbiyachining orni va roli 2.1. Kunning birinchi va ikkinchi yarmida bolalar hayotini tashkil etish…
2.2.Maktabgacha talim tashkilotida tarbiyachilarning kun tartibini togri taqsimlash
Xulosa va tavsiyalar.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.
Kirish Mavzuning dolzarbligi. Yangi Ozbekistonda Uchinchi renesansning ustunlaridan biri hisoblangan maktabgacha talim tizimida yangicha yondashuv, ozgarishlar jarayoni kechmoqda. Maktabgacha talim tizimidagi islohotlar natijasida farzandlarimiz 2-3 yoshdan boshlab talim-tarbiya olmoqdalar. Uzluksiz talim tizimining birlamchi bogini hisoblangan ushbu soha har tomonlama soglom va barkamol bola shaxsini tarbiyalash va maktabga tayyorlashda goyat muhim ahamiyat kasb etadi. Maktabgacha yoshdagi bolalarni kelajakda mustaqil hayotga kafolatli tayyorlash, shaxs sifatida ozini-ozi rivojlantirish, dunyoqarashi keng, ijtimoiy munosabatlarga muvaffaqiyatli kirishuvchan shaxslar etib tarbiyalash maqsadida 2019-yil 3-mayda Uzluksiz manaviy tarbiya konsepsiyasi1qabul qilindi. Ushbu konsepsiyaning 5-bobi maktabgacha talim tizimida uzluksiz manaviy tarbiyani amalga oshirishga qaratilgan, yani 3-7 yoshli bolalarga xos xususiyatlar jumladan oz tuygularini boshqarish konikmalarining rivojlanishi; oz xatti harakatlarini axloqiy boshqarish konikmalarining yuzaga kelishi; shaxsiy fazilatlar asoslarining paydo bolishi,ozini namoyon qilishga intilish; ijtimoiy motivlar va milliy ananalarga qiziqishning paydo bolishi, muvaffaqiyatga erishish ehtiyojining paydo bolishi va oz- oziga baho berish; oz xulqini axloqiy boshqarish malakalarining yuzaga kelishi kabilar. Uzluksiz manaviy tarbiya konsepsiyasini amalga oshirish boyicha qator chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqilgan, jumladan, Sogliqni saqlash vazirligi, Oila ilmiy-amaliy tadqiqot markazi, Respublika manaviyat va marifat markazi bilan hamkorlikda 3-yoshgacha bolgan bolalarning ruhiy-psixologik holatini muntazam nazorat qilish tizimi yolga qoyilgan. Tarbiya-godak va bolalarning manaviy-axloqiy fazilatlarini, kompetensiyalarni shakllantiruvchi, maqsadga yonaltirilgan uzluksiz jarayon. Maktabgacha yoshdagi bolalarning har tomonlama rivojlanishi, mustaqil hayotda avvalambor ozini, songra atrofdagilarni hurmat qiladigan shaxs bolib shakllanishida ijtimoiy kompetensiyalarning ahamiyati kattadir. Zamonaviy pedagogik adabiyotlarda bolalikdanoq ona shahriga, ona yurtiga, ona madaniyatiga mehr uygotish zarurligi haqida kop yozilgan. Bu tushunchalarning barchasi bolalarda oz ona yurti, ona yurtidan faxrlanish, unga chuqur hurmat tuygularini tarbiyalaydi. Shu sababli, o'z xalqi madaniyatini, o'z mintaqasi, shahri tarixini o'rganish zamonaviy dunyoda zarur.
O'zbekiston Respublikasining 2019 yil 16 dekabrdagi Maktabgacha ta'lim va tarbiya to'g'risidagi O'RQ-595-son Qonuni, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 maydagi PQ-4312-son Qarori asosidagi O'zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasi, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 9 sentyabrdagi Maktabgacha ta'lim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risidagi PQ-3261-son Qarori, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 10 iyundagi Qamrov darajasi past bo'lgan tumanlarda maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarmog'ini kengaytirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risidagi PQ-5144-son Qarori, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 30 yanvardagi Maktabgacha talim sohasida davlat-xususiy sheriklikni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari togrisidagi PQ-4581-son Qarori, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 12 apreldagi Maktabgacha talim sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirishga doir qoshimcha chora-tadbirlar togrisidagi PQ-5071-son Qarori, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 24 dekabrdagi Nodavlat talim tashkilotlari faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari togrisidagi 1028-son Qarori, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 28-dekabrdagi Pedagog xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risidagi 1026-son Qarori, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 13 maydagi Maktabgacha ta'lim tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risidagi 391-son Qarori, Maktabgacha ta'lim vazirining 2020 yil 26 oktyabrdagi Maktabgacha ta'lim xodimlari asosiy lavozimlarining malaka tavsiflarini tasdiqlash to'g'risidagi 173-sonli buyrug'i ijrosini ta'minlash maqsadida ushbu o'quv dastur ishlab chiqilgan. Shuningdek, pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish mazmuni, sifati va ularning tayyorgarligiga qo'yiladigan davlat talablari asosida оilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkiloti hamda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etilgan nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagoglarini malakasini oshirish jarayonlarining mazmunini takomillashtirish va ularning kasbiy kompetentligini muntazam oshirib borishni taqozo etadi.