Maktabning yer maydoni, sinf xonasi, jismoniy tarbiya va sport zonasi, sport zali, sinf xonasi, o`quv stol-stullariga gigiyenik talab, o`quvchilarni stol-stuldda o`tirish qoidalari, kun tartibi
O’quvchilar sog’lom turmush tarzining fiziologik asoslari. Jismoniy mashqlar sog’lom turmush tarzining asosi sifatida
Reja:
Maktabning yer maydoni, sinf xonasi, jismoniy tarbiya va sport zonasi, sport zali, sinf xonasi, o`quv stol-stullariga gigiyenik talab, o`quvchilarni stol-stuldda o`tirish qoidalari, kun tartibi, haftalik dars jadvalini tuzishga gigiyenik talablar.
Harakat - sog’lom turmush tarzining asosiy omili.
O`quvchi-talabalarni jismoniy tarbiya darsida sog`liq guruhlariga ajratish.
Bolalarni yoshiga qarab sport turlarini tavsiya etish.
Bolalarni tana tuzilishiga qarab sport turlarini tavsiya etish.
Maktab yer maydoni va binosi gigiyenasi. Gigieyna talablariga ko‘ra maktab, katta savdo inshoatlari, kinoteatr, katta transport qatnovi bo‘lgan ko‘cha, zavod, fabrika, ferma, garaj, bozor kabilarning yaqiniga joylashmasligi kerak. Bu qoidalarga amal qilish maktabni shovqindan, ortiqcha ifloslanishdan, o`quvchilar o`rtasida yuqumli kasalliklarning tarqalishidan, transport harakati yo`lidan shikastlanishlardan ma`lum darajada himoya qiladi.
Maktab yer maydoni 1,5-3,0 gektargacha bo‘lishi maqsadga muvofiq.
Maktabning yer maydoni shartli ravishda quyidagi 6 ta zonalarga bo‘linadi:
1.Maktab binosi joylashgan zona. Bu yerning tuprog‘i quruq, u atrofdagi maydonlarga nisbatan biroz balandroq bo‘lishi kerak. Bu yomg‘ir, qor suvlarini atrof maydonlarga oqib ketishiga, binoning zaxlamasligiga imkon beradi.
2.Dam olish zonasi – maktab binosi yonida joylashadi. Bu zonaga o‘rindiqlar, suv ichadigan idishlar o‘rnatiladi.
3.O‘quv-tajriba zonasi -maktab binosidan chetroqda ko‘kalamlashtirilgan joy bo‘lib, unda geografiya, botanika, zoologiya, fizika kabi fanlarning burchaklari tashkil etiladi.
4.Jismoniy tarbiya va sport zonasi – maktab yer maydonining markaziy qismida joylashgan bo‘lib, o‘rtasida futbol maydoni, atrofida yugirish yo‘lagi, uning chekkasida voleybol, basketbol, tennis va boshqa sport maydonchalari joylashadi. Sport turlarining maydoni sathi quyidagicha:
5.Xo‘jalik zonasi – maktab binosidan kamida 25-30 metr chetroqda bo‘lib, unda xojatxona, o‘tin-ko‘mir, omborxona, transport vositalari joylashadi.U pastroq devor va darvoza bilan chegaralangan bo‘ladi.
6.Himoya zonasi - bu maktab binosi bilan ko‘cha o‘rtasidagi kengligi 20-30 metr maydon bo‘lib, unga chinor, terak kabi baland o‘sadigan daraxtlar ekiladi. Daraxtlar maktab binosini shamoldan, o`ta o`tkir quyosh nuridan, ko‘cha shovqini va changdan to‘sib turadi. Daraxtlar ekiladigan maydon cheti bilan maktab binosi o‘rtasida 6-8 metr oraliq bo‘lishi kerak. Bu daraxtlar sug‘orilganda bino poydevorini zahlashdan saqlaydi.
Sinf xonasi gigiyenasi. Ko`p qavatli maktab binosida boshlang`ich sinflar pastki qavatda joylashtiriladi. Sinf xonasining pol sathi 50 m² bo‘lishi tavsiya etiladi.Odatda boshlang‘ich va o‘rta sinflarda 40 o‘quvchi o‘qiydi.Demak, har bir o‘quvchiga 1,25 m², yuqori sinflarda bir sinfda 36 o‘quvchi o‘qiydi, ya`ni har bir o‘quvchiga -1,40 m² pol sathi to‘g‘ri keladi.
Sinf xonasining uzunligi 8,2 metrdan oshmasligi kerak, bundan uzun bo‘lsa keyingi partalarda o‘tirgan o‘quvchilar doskadagi yozuvlarni yaxshi ko‘ra olmaydi. Sinf xonasining kengligi 6,2 metrdan oshmasligi kerak, aks holda derazalarning qarama-qarshi tomonidagi partalarga yorig‘lik kam tushadi va bu partalarda yil davomida o‘tirgan o‘quvchilarning ko‘zi xiralashib qolishiga sabab bo‘ladi.
Sinf xonasida harorat +18-20 daraja, nisbiy namlik 40-60% bo‘lishi kerak. Sinf havosi tarkibi xuddi atmosfera havosidek toza bo‘lishi tavsiya etiladi. Havo tarkibidagi karbonat angidrid miqdori 0,04-0,07% dan oshmasin. U 0,1 % dan ko‘payib ketsa, bosh miya nerv hujayralarining faoliyati pasayib, o‘quvchilarda bezovtalanish, darsga nisbatan e`tiborsizlik, esnash, mudrash, o‘zlashtirishning pasayishi kabi charchash belgilari yuzaga keladi.
Dars paytida o‘quvchilarning o‘zlashtirishi yaxshi bo‘lishini ta`minlash uchun sinf xonasining havosini yangilab turish zarur.Buning uchun ob-havoning sovuq kunlari, har bir dars paytida deraza darchasi 2 marta 1-2 minutdan ochilib, havo yangilanadi.Ob-havo issiq kunlarida esa deraza darchasi doim ochib qo‘yiladi.Tanaffus paytida navbatchi o‘quvchidan boshqalar tashqariga chiqishlari, eshik-derazalar ochib qo‘yilishi talab etiladi.