Mirzacho‘l iqtisodiy rayoni



Yüklə 75,64 Kb.
səhifə1/16
tarix08.04.2023
ölçüsü75,64 Kb.
#94836
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Mirzacho\'l iqtisodiy rayoni uz-assistant.uz



MIRZACHO‘L IQTISODIY RAYONI
Mirzacho‘l iqtisodiy rayoni o‘tgan asrning 80-yillarida Jizzax hamda Sirdaryo viloyatlari negizida tashkil topgan. Uning maydoni 25,4 ming kv. km. bo‘lib, respublika hududining 5,7 foiziga tengdir. Maydoni bo‘yicha bu ikki maʼmuriy hudud bir-biridan keskin farq qiladi: Jizzax viloyatining maydoni 21,2 ming kv. km. bo‘lib, Sirdaryonikidan deyarli 5 marta katta.
Iqtisodiy rayon aholisi 1990,5 ming kishi yoki O‘zbekiston aholisining 6,5 foiziga yaqini shu hududda yashaydi. Maydoni bo‘yicha ham, demografik salohiyati bo‘yicha ham Sirdaryo viloyati mamlakatimizda eng kichik hisoblanadi. Bu yerda rayon hosil qiluvchi asos sifatida yangi yerlarni o‘zlashtirish xizmat qilgan. Binobarin, hududiy mehnat taqsimotida Mirzacho‘l respublikamizda eng avvalo o‘zining agrosanoat majmuasi bilan ajralib turadi. Rayon xo‘jaligi paxta, poliz ekinlarini yetishtirishga, g‘allachilikka ixtisoslashgan. Uning hissasiga O‘zbekiston yalpi ichki mahsulotining 4,1 foizi, sanoat ishlab chiqarishining 3,7 % va qishloq xo‘jalik mahsulotining 8,9 foizi to‘g‘ri keladi. Umuman olganda, Mirzacho‘l endi shakllanayotgan, hududiy ishlab chiqarish majmuasi to‘liq siklga ega bo‘lmagan iqtisodiy makon hisoblanadi.
Hududi ham aniq chegaraga ega emas (odatda, har qanday geografik chegara maʼlum maʼnoda shartlidar); agar Sirdaryo tumani Toshkent viloyatining davomidek tuyulsa, Jizzax viloyatining Baxmal, G‘allaorol va, xatto Jizzax shaxrining o‘zi ham ancha Samarqandga “o‘xshash”. Biroq, qo‘shni hududlardan farq qilib, Mirzacho‘l iqtisodiy rayoni tabiiy resurslarga, xususan foydali qazilmalarga uncha boy emas. Bunga uning geologik o‘tmishi, yer usti ham o‘z taʼsirini ko‘rsatgan.
Rayonning kuchli tomonlari uning nisbatan qulay iqtisodiy geografik o‘rni, mehnat resurslari, infratuzilma hamda qurilish va elektr energiya baʼzasining mavjudligida namoyon bo‘ladi. Zaif tomonlari esa qazilma resurslarining ozligi, iqtisodiy “zanjirining” to‘liqsizligi, qayta ishlash sanoatining rivojlanmaganligidir. Boshqacha qilib aytganda, Mirzacho‘l Toshkent va Zarafshon iqtisodiy rayonlari o‘rtasida o‘ziga xos “vakuum” hisoblanadi. Ayni vaqtda, rayon o‘zining bunday oraliq geografik mavqesidan ham foydalanishi mumkin.

Jizzax viloyati


Jizzax viloyati O‘zbekiston Respublikasi tarkibida dastlab 29 dekabr 1973 yilda tashkil etilgan va u 6 sentyabr 1988 yilda qo‘shni viloyatlar tarkibiga kiritilgan. Hozirgi holatda esa Jizzax viloyati 16 fevral 1990 yilda qayta tiklangan. Viloyat o‘zining maydoniga ko‘ra, mamlakatimizda o‘rta mavqeni egallaydi (respublikada 13 ta maʼmuriy mintaqalarning har biriga o‘rtacha 34,5 ming kv km yer to‘g‘ri keladi). Uning hududi 21,2 ming kv km bo‘lib, bu borada Surxondaryo viloyati bilan deyarli tengdosh hisoblanadi. O‘zbekistonga nisbatan viloyat maydoni 4,7 foizga barobar holda bu yerda, 2014 yil maʼlumotlariga qaraganda 1226,8 ming yoki mamlakatimiz aholisining 4,0 foizi yashaydi. Bu ikki nisbiy raqamlarning qiyosiy tahlili Jizzax viloyatida aholi joylashuvi respublika o‘rtacha ko‘rsatkichidan biroz pastligidan guvohlik beradi. Darhaqiqat, viloyat aholisining zichligi 1 kv. km ga - 58 kishi, mamlakatimizda esa - 68 kishi.
Maʼmuriy jihatdan Jizzax viloyati 12 ta qishloq tumanidan iborat. Ularning eng kattasi Forish tumani - 9,8 ming kv. km yoki viloyat hududining 46,2 %, eng kichik maydon esa Zafarobod tumanida qayd etiladi - 0,33 ming kv. km. Shunday qilib, viloyat hududining geografiylik koeffitsiyenti, yaʼni eng katta maydonga ega bo‘lgan tumanning eng kichigiga nisbati 29,7 га barobar.
Viloyat qishloq tumanlarining dastlabkisi Jizzax va Zomin, eng so‘nggisi Yangiobod tumani bo‘lib, u 1999 yilda qo‘shni Sirdaryo viloyatining tutash hududi hisobidan tashkil etilgan. Jizzax viloyati mamlakat hududiy mehnat taqsimotida paxta, poliz, g‘alla va bog‘dorchilik mahsulotlarini yetishtirish, chorvachilikning jun va go‘sht yo‘nalishlari bilan ajralib turadi. Sanoatida tog‘-kon, yengil va oziq-ovqat tarmoqlari respublika ahamiyatiga ega.

Yüklə 75,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin