Mirzacho‘l iqtisodiy rayoni



Yüklə 75,64 Kb.
səhifə3/16
tarix08.04.2023
ölçüsü75,64 Kb.
#94836
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Mirzacho\'l iqtisodiy rayoni uz-assistant.uz

Qishloq tumanlari

Tashkil topgan sanasi

May-doni, ming kv km

Maʼmuriy markazi

Aholisi (2014 y.)

Ming kishi

Zichli-gi, 1 kv km/
kishi

1

Arnasoy

26.12.1975

0,49

G‘oliblar sh-cha

41,9

85,5

2

Baxmal

31.08.1971

1,86

O‘smat sh-cha

136,4

73,3

3

Do‘stlik

16.10.1970

0,45

Do‘stlik sh.

58,9

131,0

4

Jizzax

29.09.1926

1,32

Uchtepa sh-cha

188,9

143,1

5

Zarbdor

04.12.1973

0,51

Zarbdor sh-cha

60,3

118,2

6

Zafarobod

12.07.1973

0,33

Zafarabod sh-cha

45,0

136,4

7

Zomin

29.09.1926

2,87

Zomin sh-cha

158,7

55,3

8

Mirzacho‘l

09.01.1967

0,43

Gagarin sh.

44,9

104,4

9

Paxtakor

09.01.1967

0,38

Paxtakor sh.

66,7

175,5

10

Forish

09.12.1935

9,81

Yangiqishloq sh-cha

83,3

8,5

11

G‘allaorol

22.02.1964

1,95

G‘allaorol sh.

152,9

78,4

12

Yangiobod

15.04.1999

0,72

Balandchaqir sh-cha

25,5

35,4

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika ko‘mitasi maʼlumotlari .

Mintaqada turli xil qazilma boyliklar ham bor. Ular jumlasiga oltin, volfram, qo‘rg‘oshin, rux, molibden, ohak, granit, marmar kabilar kiradi. Qo‘ytoshning volfram, Marjonbuloqning oltin, Uchqulochning polimetal konlari sanoat ishlab chiqarishida katta ahamiyatga ega. Viloyatda temir rudasi (Temirkon), sement va g‘isht xom ashyosi (G‘allaorol, Qo‘shkent), bazalt (Osmonsoy) kabi boshqa qazilma resurslari ham bor.


Iqlimi kontinental, asosiy gidrografik shaxobchasi Sangzor daryosi bo‘lib, u sug‘orma dehqonchilikda foydalaniladi. Shimolda joylashgan Aydarko‘l va Arnasoy ko‘llari baliqchilikni rivojlantirishga imkon beradi. Turkiston, Nurota, Pistalitog‘, G‘o‘bdin tog‘ tizmalari o‘ziga xos landshaft turlarini shakllantirgan.
1976 yilda Zomin tumanida yaqin 50 ming gektarni egallagan Milliy bog‘ (park) tashkil etilgan. Shu hududda Zomin qo‘riqxonasi ham mavjud. Umuman olganda, Zomin, Baxmal, G‘allaorol, Forish tumanlarida rekreatsiya resurslari ko‘p va bu yerda ekoturizm uchun ham sharoitlar qulay. Ushbu hududlarning yozi nisbatan salqinroq, namgarchilik esa tabiiy holda lalmikor dehqonchilikni, xususan bug‘doy yetishtirishga qulaylik yaratadi.
Aholisi va mehnat resurslari geografiyasi. Viloyat mamlakatimizda o‘zining demografik salohiyati bo‘yicha oxirgi o‘rinlarning birini egallaydi (Navoiy va Sirdaryo viloyatlaridan oldinda, xolos).
21-jadval
Jizzax viloyati aholisining o‘sishi va hududiy tarkibi.

t/r

Qishloq tumanlari

Aholisi, ming kishi

O‘sish, %

O‘rtacha bir yillik ko‘payish, %

2001y.

2014 y.

1

Arnasoy

38,4

41,9

109,1

0,70

2

Baxmal

102,1

136,4

133,6

2,25

3

Do‘stlik

49,5

58,9

119,0

1,35

4

Jizzax

142,3

188,9

132,7

2,20

5

Zarbdor

46,4

60,3

130,0

2,05

6

Zafarobod

40,7

45,0

110,6

0,80

7

Zomin

120,0

158,7

132,3

2,20

8

Mirzacho‘l

-

44,9

-

-

9

Paxtakor

50,2

66,7

132,9

2,20

10

Forish

72,5

83,3

114,9

1,05

11

G‘allaorol

119,8

152,9

127,6

1,90

12

Yangiobod

21,5

25,5

118,6

1,30




Jizzax shahri

132,5

163,4

123,3

1,65




Jami viloyat bo‘yicha

991,0

1226,8

123,8

1,65

Jadval O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika ko‘mitasi maʼlumotlari asosida hisoblab chiqilgan.

Aholisining o‘sish surʼati ham respublika o‘rtacha darajasi atrofida. Aholining tabiiy ko‘payishi bo‘yicha Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlaridan keyingi, taxminan Xorazm, Namangan va Buxoro viloyatlari bilan bir qatorda turadi. 21-jadval maʼlumotlari tahlili shuni ko‘rsatadiki, so‘nggi 13 yil mobaynida viloyat aholisi 123 foizga o‘sgan holda, o‘rtacha bir yillik ko‘payish 1,60 foizga teng bo‘lgan.


Eng yuqori ko‘rsatkich Baxmal, Jizzax va Paxtakor tumanlarida ko‘zga tashlanadi, bu holat ularning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi bilan bog‘liq bo‘lgan. Arnasoy, Zafarobod va Forish tumanlarida demografik rivojlanish sustroq. Aholi soni bo‘yicha Yangiobod respublikamizda faqat Tomdi tumanidan (Navoiy viloyati) oldinda turadi, xolos. Demografik xususiyatlar, o‘z navbatida, aholining tabiiy hamda mexanik harakati tufayli yuzaga kelgan. Viloyatda tug‘ilish va tabiiy ko‘payish ko‘rsatkichlari yuqori. Jizzax viloyati aholisi yiliga, 17-18 ming kishiga ko‘payib bormoqda. Bunday ko‘payish to‘liq tabiiy harakat natijasida yuzaga kelgan, migratsiya aloqalari esa salbiy natijalarga ega bo‘lib, tabiiy ko‘payish bu manfiy qoldig‘ini to‘ldiribgina qolmay, umumiy aholi o‘sishini ham taʼminlaydi. 2013 yilda viloyat aholisining tabiiy ko‘payishi 18,6 promille, migratsiya qoldig‘i esa minus 0,6 ‰. 2012 yilda ko‘chib kelganlar 7748 kishi, ko‘chib ketganlar 10016 kishi. Har ming kishiga hisoblaganda, tug‘ilish viloyat bo‘yicha 22,6 kishini, vafot etganlar 4,0 kishini tashkil qilgan. 22-jadval maʼlumotlari ko‘rsatishicha, tug‘ilish va tabiiy ko‘payishning yuqori darajalari Baxmal va Zarbdor tumanlarida qayd etiladi.
22-jadval
Jizzax viloyati aholisining tabiiy va mexanik harakati
(har ming kishiga nisbatan, 2013 y.)

t/r

Hududlar

Tabiiy harakat

Mexanik harakat

tug‘ilish

o‘lim

tabiiy ko‘payish

kelgan
lar

ketgan
lar

migratsiya saldosi

1

Arnasoy

20,6

3,1

17,5

11.2

14,6

-0,6

2

Baxmal

25,4

4,4

21,0

5,3

5,7

-3,4

3

Do‘stlik

20,7

3,4

19,3

11,2

11,5

-0,3

4

Jizzax

24,3

4,4

19,9

5,8

4,7

1,1

5

Zarbdor

25,1

3,7

21,4

9,4

7,8

1,6

6

Zafarobod

21,5

3,0

18,5

11,9

11,9

0,0

7

Zomin

23,4

4,4

19,0

3,3

4,5

-1,2

8

Mirzacho‘l

19,5

2,6

16,9

21,6

14,6

7,0

9

Paxtakor

23,0

4,0

19,0

7,6

8,0

-0,4

10

Forish

20,8

3,8

17,0

6,2

7,4

-1,2

11

G‘allaorol

23,1

4,5

18,6

3,3

5,1

-1,8

12

Yangiobod

21,1

4,0

17,0

4,8

8,4

-3,6




Jizzax shahri

19,2

3,8

15,4

8,8

11,3

-2,5




Viloyat bo‘yicha

22,6

4,0

18,6

7,0

7,6

-0,6

Jadval O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi maʼlumotlari asosida tuzilgan.
Viloyat markazi - Jizzax shahrida tug‘ilish 19,2 ‰, tabiiy ko‘payish 15,4 ‰ yoki 1,54 %. O‘lim ko‘rsatkichlari Arnasoy, Mirzacho‘l, Zafarobod, Do‘stlik tumanlarida qolgan hududlarga nisbatan pastroq. Tabiiy ko‘payish esa, o‘lim geografiyasida uncha katta tafovut bo‘lmaganligi sababli, asosan tug‘ilish darajasi bilan belgilanadi. Viloyatning nozogeografik vaziyati ham o‘ziga xos; bu yerda, xususan, Baxmal, G‘allaorol tumanlarida toza ichimlik suvi bilan taʼminlanganlik darajasi pastligi tufayli turli xil yuqumli kasalliklar uchrab turadi.
Jizzax viloyatida migratsiya jarayonlari anʼanaviy xususiyatga ega. Dastavval, o‘tgan asrning 60-70 yillarida Mirzacho‘l dashtini o‘zlashtirish munosabati bilan bu yerga respublikamizning boshqa viloyatlaridan, ayniqsa qo‘shni Samarqand viloyatining Jomboy, Poyariq, Bulung‘ur, Pastdarg‘om, Navoiy viloyatining Nurota tumanlaridan ko‘plab aholi ko‘chib kelgan. So‘nggi yillarda esa migratsiya oqimi teskari yo‘nalishda kuchayib bormoqda. Xususan, yangi o‘zlashtirilgan hududlarda kelganlarga nisbatan ketganlar ko‘p.
Jadvaldan ko‘rinib turibdiki, 2013 yilda viloyatning deyarli barcha qishloq tumanlari va Jizzax shahrida migratsiya intensivligi yuqori bo‘lgan holda uning natijasi manfiy bo‘lgan. Ayni vaqtda, Mirzacho‘l tumanida har ming kishiga 21,6 kishi kelgan, 14,6 kishi ketgan, migratsiya qoldig‘i musbat 7,0 promillega teng bo‘lgan. Umuman olganda esa, Jizzax va Zarbdor tumanlarida ham aholi almashinuvining natijasi ijobiy, eng katta yo‘qotish Yangiobod va Arnasoy tumanlarida kuzatiladi.
Viloyatda 2013 yilda urbanizatsiya darajasi 47,5 % (respublikada 51,2 %), 2008 yilda esa u 29,2 foiz bo‘lgan. Shaharliklar 6 ta shahar 43 ta shaharchalarda istiqomat qiladi. “Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili” Davlat dasturining ijrosiga binoan viloyatda 34 ta qishloq aholi punktlariga shaharcha maqomi berilgan. Jumladan, Jizzax tumanida ularning soni 7 ta: Jizzaxlik, Gandumtosh, Qorayantoq, Tokchilik, Mulkanlik, Kangli va Uchtepa; Baxmal tumanida 6 ta: Mug‘ol, Novka - 1, Alamli, Tongotar, Oqtosh hamda Baxmal; G‘allaorolda 4 ta: Abdukarim, Lalmikor, Chuvilloq, Kangli - 1. Qolgan tumanlarda bunday shaharchalar ozroq, Paxtakor va Do‘stlik tumanlarida esa atigi bittadan (Gulzor va Navro‘z).
Yangi shaharchalar orasida G‘oliblar (12,0 ming kishi), Jizzaxlik (15,6 ming), Tokchilik (15,8 ming), Mulkanlik (11,0 ming), Yuksalish (11,5 ming kishi) aholi soni bo‘yicha ajralib turadi. Umuman olganda esa, Jizzax shahridan tashqari qolgan shahar joylar ko‘proq kichik sinflarga taalluqli. Bu yerda urbanistik tarkibning o‘rta bo‘g‘ini nihoyatda zaif: 50-100 ming aholiga ega bo‘lgan birorta shahar yo‘q, Paxtakor, G‘allaorol, Dashtobod shaharlari aholisi 20-25 ming atrofida.
Jizzax viloyatida 500 dan ortiq qishloq aholi punktlari bor. Yangi shaharchalar paydo bo‘lganligi sababli qolgan qishloqlar yanada maydalashgan; har bir qishloqqa o‘rtacha 1100-1200 kishidan to‘g‘ri keladi. Nisbatan yirikroq qishloqlar Sangzor daryosi hamda Toshkent - Samarqand avtomagistrali bo‘yida, Jizzax shahri atrofi va yangi o‘zlashtirilgan joylarda uchraydi.
Mehnatga layoqatli yoshdagi aholi 694 ming kishi, iqtisodiy faol aholi 424 ming, iqtisodiyotda band aholi 403 ming kishi. Bir yilda jami 43-45 mingta yangi ish o‘rinlari yaratiladi, ularning 3/5 qismidan ko‘prog‘i qishloq joylariga to‘g‘ri keladi. Bu o‘rinlar, asosan, chorvachilik va kasanachilik doirasida tashkil etilgan. Band bo‘lgan aholining 2/3 qismi moddiy ishlab chiqarish sohasiga mansub. 2012 yil yakunlariga ko‘ra, sanoatda band bo‘lganlar ulushi 7,5 %, qurilishda 6,9 %, savdo, umumiy ovqatlanish sohalarida 8,1 %, transport va aloqada 3,7 %. Iqtisodiyotda band bo‘lganlarning eng katta qismi qishloq va o‘rmon xo‘jaligida qayd etiladi (42,4 %).
Aholining milliy tarkibida mahalliy millat vakillari, yaʼni o‘zbeklar ko‘pchilikni tashkil qiladi (88,5 %, 2013y.). Shuningdek, bu yerda qozoqlar (Forish, Arnasoy, Mirzacho‘l) va qirg‘izlar (Do‘stlik, Baxmal, Zomin) ham biroz ko‘proq. Boshqa millat vakillari tojik, rus, tatarlardan iborat.
Xo‘jaligi. Jizzax viloyati o‘zining mintaqaviy iqtisodiyot tuzilmasiga ko‘ra rivojlanib borayotgan agrar-industrial hudud hisoblanadi. Uning hissasiga respublika yalpi ichki mahsuloti qiymatining 2,2 foizi, sanoat ishlab chiqarishining 1,3, qishloq xo‘jalik mahsulotlarining 5,0, chakana savdo aylanmasining 3,2 va pullik xizmatning 2,3, eksportning 10,2 va importning 1,0 foizi to‘g‘ri keladi. Bu nisbiy raqamlar viloyatning demografik salohiyati bilan taqqoslaganda (4,0 %) vaziyat yanada oydinlashadi. Demak, aytish mumkinki, viloyatning faqat agroiqtisodiyot tizimida ahvol birmuncha yaxshiroq.
Yalpi hududiy mahsulot tarkibi esa quyidagicha (2013 y.): sanoat ishlab chiqarishi 10,2 %, qurilish 8,4 %, qishloq xo‘jaligi 37,8 %, transport va aloqa 10,4 %, savdo va umumiy ovqatlanish 8,9 %, soliqlar 3,5 %, boshqa sohalar 18,8 %.
So‘nggi yillarda barcha asosiy iqtisodiy ko‘rsatkichlarda o‘sish kuzatiladi. Kichik biznes (tadbirkorlik) yalpi hududiy mahsulotning 80,1 foizini taʼminlagan bo‘lib, bu sohada iqtisodiyotda jami band bo‘lganlarning 82,0 foizi xizmat qiladi. Uning hissasiga 99,8 % qishloq xo‘jaligi mahsuloti, 89,6 % qurilish, 34,2 % savdo, 34,2 % sanoat mahsuloti to‘g‘ri keladi. Kichik biznesning asosiy qismi xususiy tadbirkorlar faoliyatidan iborat.
Sanoati. Jizzax viloyati sanoati uncha rivojlanmagan. Faoliyat ko‘rsatayotgan jami sanoat korxonalarining soni 1170 ta, shu jumladan, yirik sanoat korxonalari 19 ta. Bu makroiqtisodiy sohada 7,2 ming kishi ishlaydi. Tarmoqlar tarkibida yengil va oziq-ovqat sanoati yetakchilik qiladi. Mazkur ikki tarmoq viloyat yalpi sanoat mahsulotining 2/3 qismini beradi (6-rasm).

2013 yilda 70,2 ming tonna paxta tolasi, 115 ming t chigit, 12,6 ming t o‘simlik yog‘i, 56,9 ming t un, 47,3 ming t omuxta yem, 530 ming dona akkumlyatorlar ishlab chiqarilgan. Shuningdek, 85,4 ming t go‘sht va go‘sht mahsulotlari, 400,2 ming t sut mahsulotlari ham olingan.


Akkumulyatorlar Jizzax akumlyator zavodida, un mahsulotlari Jizzax va Do‘stlik shaharlarida joylashgan don mahsulotlari kombinatlarida, plyonka va trubalar “Jizzax plastmassa” AJda ishlab chiqariladi. Paxtani qayta ishlash zavodlari paxta yetishtirishga ixtisoslashgan qishloq tumanlari markazlarida joylashgan (Paxtakor, Do‘stlik, Mirzacho‘l).
Viloyat sanoati akkumulyator, plastmassa mahsulotlari, trikotaj buyumlar, ohak, gips, paxta yog‘i, un kabilarni ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Ayni vaqtda bu yerda elektr energetika bazasi nihoyatda sust rivojlangan; elektr energiyani Sirdaryo IES dan oladi.
Tog‘-kon sanoati Qo‘ytosh (volfram, molibden), Marjonbuloq (oltin), Uchquloch (qo‘rg‘oshin, rux) va boshqa “resurs” shaharchalarda tashkil etilgan. Kimyo, turli hajmdagi plastmassa trubalar, mashinasozlik va metallni qayta ishlash, qishloq va yo‘l xo‘jaligi mashinalarini taʼmirlash, akkumulyatorlar ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi. Viloyatda qurilish materiallari sanoati ham birmuncha rivojlangan (Jizzax, Dashtobod, G‘allaorol). Zafarobod tumanida yirik sement zavodi ishga tushirilgan. 2013 yilda uning qurilishiga 120 mln AQSH dollari sarflangan.
15-ilovada keltirilgan maʼlumotlar tahlili ko‘rsatishicha, Jizzax shahri viloyat sanoati mahsulotining 36,0 foizini va Do‘stlik tumani 19,3 foizini taʼminlaydi. Bu soha Zomin va Paxtakor tumanlarida ham ko‘zga ko‘rinarli darajaga ega. Qolgan qishloq tumanlarida esa sanoat ishlab chiqarishi rivojlanmagan (ayniqsa Mirzacho‘l va Yangiobod tumanlarida). Xalq isteʼmol mollarining 46,6 foizi birgina viloyat markazi – Jizzaxga to‘g‘ri keladi. Qishloq tumanlari orasida Do‘stlik hamda Jizzax va G‘allaorol, Baxmal tumanlari ajralib turadi.
Umuman olganda esa, viloyat sanoatining tarmoqlar va hududiy tarkibi uncha rivojlanmagan. Binobarin, bu yerda mavjud xom ashyo va mineral resurslardan, boy mehnat zahiralaridan samarali foydalanish asosida sanoat ishlab chiqarish salohiyatini yuksaltirishga katta eʼtibor qaratish lozim. Bu borada mahalliylashtirish hamda ishlab chiqarishni modernizatsiya va diversifikatsiyalash mintaqa sanoatini rivojlantirishning muhim omili bo‘lib xizmat qiladi. Xususan, “Jizzax” maxsus industrial zonasining barpo etilishi mintaqa sanoat salohiyatini keskin ko‘taradi.

Yüklə 75,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin