Ма’ruza №10 Web texnologiyalari haqida tushuncha wеb-texnologiyalarning asosiy tushunchalari reja



Yüklə 74,5 Kb.
səhifə1/7
tarix22.12.2023
ölçüsü74,5 Kb.
#189702
  1   2   3   4   5   6   7
Ма’ruza №10 Web texnologiyalari haqida tushuncha wеb-texnologiya


Ма’ruza №10 Web texnologiyalari haqida tushuncha

WЕB-TEXNOLOGIYALARNING ASOSIY TUSHUNCHALARI

Reja:



  • Web-texnologiyalar haqida tushuncha

  • WWW haqida tushuncha

  • Web-dizayn tushunchasi

  • Internetda ishlashni ta’minlovchi dasturlar. Brauzer dasturlari

  • Brauzer dasturlarining qisqacha tarixi, imkoniyatlari va kamchiliklari

  • Web 2.0 texnologiyalar


Internet resurslarini, jumladan, Web sahifalar yoki web sayt yaratish, shuningdek, web-hujjatlarni yaratish va ularni Internetda chop etish texnologiyalari web-texnologiyalar asosini tashkil qiladi. Web-texnologiyalarning asosiy tushunchalari - bu web sahifa va web saytdir.

Web-texnologiyalar inson hayotining ta’lim, kommersiya, siyosat, ko‘ngil ochar va boshqa bir necha sohalariga kirib bormoqda.
HTML formatida tayyorlangan elektron hujjat HTML hujjat web hujjat yoki web sahifa deb ataladi. Agar elektron hujjatni tayyorlash haqida gap borsa, u holda hujjat HTML hujjat deb ataladi, ushbu elektron hujjatni internetda e’lon qilish yoki tarqatish haqida gap borsa, u holda bunday elektron hujjat web sahifa deyiladi.
Dastlabki web-sahifalar juda sodda tuzilishga ea bo‘lib, ular matnni formatlash va giperko‘rsatkichlardan tarkib topgan edi. Web texnologiyalar rivojlanishi natijasida Web sahifalar tarkibida Plug-in dasturlar joylashtirila boshlandi, natijada Web sahifalarga interaktiv xususiyati berildi.

Web sayt - bu hujjatlar yig'indisi bo'lib, barcha ma'lumot HTML kodi yordamida kiritiladi, hujjatlar esa asosan *.html, *.css, *.php, *.js formatida papkalarga joylashgan bo'ladi. Har bir sayt domen va xostga ega.


Domen – bu web saytning adresi (mail.ru, yandex.ru, ziyonet.uz). Xosting- bu web sayt joylashgan hudud. Provayder kompaniyalari kelishuv asosida sizning saytingiz uchun web serverdan joy ajratadi.
Har qanday sayt HTML (HyperText Markup Language – Gipermatnni belgilash tili), JavaScript, PHP kabi bir talay tillarga oid kodlardan tashkil topgan sahifalar yig‘indisidan iborat bo‘ladi. HTML – bu sayt sahifalarini tashkil etishda ishlatiladigan eng asosiy va eng kerakli til hisoblanadi.
Web texnologiyalarning rivojlanishining oxirgi natijalaridan biri bu skript tillaridir (Script Languages). Ularni ishlatishdan maqsad, Web serverning ishini yengillashtirish, har-xil mayda ishlar uchun Web serverni bezovta qilmasdan, bunday masalalarni foydalanuvchi kompyuterining o‘zida yaratishdir.

Yüklə 74,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin