Ma`ruza №4 4-Mavzu: “Kolloid eritmalarning molekulyar-kinetik xossalari”



Yüklə 199,49 Kb.
səhifə1/6
tarix13.04.2023
ölçüsü199,49 Kb.
#97016
  1   2   3   4   5   6
portal.guldu.uz-колоид системалрнинг молекуляр кинетик хоссалари

1. broun harakati. kolloidlarning diffuziyasi. 2. broun harakati animatsiyasini ko`rsatish 3. kolloid eritmalarning osmotik bosimi. 4. donnanning membrana muvozanati. 5. kolloid eritmalarning osmotik bosimi animatsiyasini ko`rsatish.

Ma`ruza №4

4-Mavzu: “Kolloid eritmalarning molekulyar-kinetik xossalari”

1. Broun harakati. Kolloidlarning diffuziyasi.

1. Broun harakati. Kolloidlarning diffuziyasi.

 

Molekulyar – kinetik xossalar colloid eritmalar to`g`risidagi dastkabki nazariyalarga binoan faqat molekulyar eritmalarga tegishli deb hisoblanar edi. Fanning rivojlanishi natijasida molekulyar-kinetik hodisalar eritmalarga ham xos ekanligi ma`lum bo`ldi. Bu xossalar colloid eritmalarda asosan ular zarrachalarini o`lchamlariga va shakliga bog`liq ekan. Bu ma`noda dispers sistemalarda Broun harakatining ochilishi muhim ahamiyatga ega bo`ldi.

Kolloid eritmalarni ultranikroskop orqali ko`zdan kechirib, kolloid zarrachalar doimo harakatda ekanligini ko`ramiz. Ultramikroskop kashf qilinishidan bir qancha vaqt ilgari (1827 yilda) ingliz botanigi Broun mikroskopdan foydalanib, suyuqlikka aralashgan gul changlarining to`xtovsiz va tartibsiz harakatda bo`lishini aniqladi. Keyinchalik bu hodisa Broun harakati deb ataladigan bo`ldi. Broun shu hodisani xilma-xil moddalarda kuzatib, bu tartibsiz harakat modda tabiatiga bog`liq bo`lmay, suyuqlikka aralashgan zarrachalarning katta-kichikligiga bog`liqligini topdi. Broun harakatining sababi uzoq vaqtgacha aniqlanmay keldi. XIX asrning ikkinchi yarmida, gazlar kinetik nazariyasining muvaffaqiyatlari asosidagina Broun harakati sababini toppish mumkin bo`ldi. Bu nazariyaga muvofiq, Broun harakatining sababi shundaki, suyuqlik molekulalari hamma vaqt harakatda bo`ladi, ular suyuqlikka tushirilgan zarrachaga kelib to`xtovsiz uriladi va uni bir tomondan ikkinchi tomonga tartibsiz harakatlantiradi.

Demak, Broun harakatining sababi suyuqlik molekulalarining o`z kinetik energiyasi hisobiga ro`y beradigan harakatidir (11-rasm).


Yüklə 199,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin